O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi


-mavzu. O‘zbek adabiy tilining talaffuz me’yorlari.O’zbek grafikasi haqida



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

3-mavzu. O‘zbek adabiy tilining talaffuz me’yorlari.O’zbek grafikasi haqida 
ma’lumot 
Reja: 
1. Orfoepiya haqida umumiy ma‘lumot. 
2. Unli tovushlar talaffuzi.
3. Undosh tovushlar talaffuzi 
4. Ayrim qo‗shimchalar talaffuzi. 
5. Boshqa tildan o‗zlashgan ayrim so‗zlar talaffuzi. 
Orfoepiya haqida umumiy ma‘lumot. Orfoepiya (yunoncha orthos - "to‗g‗ri" 
epos-"nutq" demakdir) adabiy talaffuz qoidalari to‗plami bo‗lib, u milliy til 
doirasida yagona talaffuz me‘yorini belgilaydi. Shunga ko‗ra, orfoepiya adabiy 
tilning og‗zaki shakli bilan bevosita bog‗liqdir. 
O‗zbek milliy tilining tarkibi nihoyatda rang-barang va murakkab bo‗lib, u 
o‗zida uchta yirik lahjani birlashtiradi. Bu lahjalardagi so‗zlar talaffuzi o‗ziga xos 
fonetik, leksik va morfologik belgilari bilan farqla-nadi: 1) qipchoq lahjasida so‗z 
boshida adabiy tildagi y undoshi o‗rnida j talaffuz qilinadi: yo‗q //jo‗q, yigit//jigit; 
adabiy tildagi g‗ o‗rnida v undoshi aytiladi: tog‗//tov sog‗//sov; so‗z oxirida k, q 
undoshlari tushiriladi: kichik//kichchi, qattiq//qatti; 2) o‗g‗uz lahjasida esa so‗z 
boshida keladigan t, k jarangsiz undoshlari d, g tarzida talaffuz qilinadi: tog‗//dag‗, 
kel//gal kabi; 3) qarluq - chigil - uyg‗ur lahjasining o‗ziga xos fonetik xususiyatlari 
so‗z oxiridagi q undoshning g‗ tarzida aytilishi, ba‘zan tushirilishida kuzatiladi: 
qovoq//qovog‗, shuningdek, bu lahjada 
a unlisining o tovushiga o‗zgartirilishi ham kuzatiladi: aka//oka kabi. 
O‗zbek lahjalaridagi bu kabi lahjaviy xilma-xilliklar, shubhasiz, adabiy tilning 
talaffuz me‘yoriga ham o‗zining ta‘sirini ko‗rsatadi. Ana shunday nutqiy 
tafovutlarni bartaraf etish, lahjalardagi eng maqsadga muvofiq so‗z shakllarini 
tanlagan holda qoidalashtirish orfoepiyaning muhim vazifalaridandir. 
Albatta, orfoepiya boshqa tillardan o‗zlashtirilgan so‗zlar talaffuzi-ni ham 
qamrab oladi. Xususan, o‗zlashma so‗zlarning orfoepiya qonun-qoidalariga mos 
ravishda talaffuz qilinishi qoidalashtirilgan. Masalan, fabrika, fakt so‗zlari pabrika, 
pakt tarzda aytilsa ham, ular asliga muvofiq talaffuz qilinishi lozim. 


Adabiy talaffuz me‘yorlari tilning tovush tizimi asosida yaratiladi. Bu esa 
orfoepik me‘yorlarni belgilashda tovush tizimi, uning nutqiy jarayonda turlicha
o‗zgarishini hisobga olishni taqozo etadi. 
Ayrim unli va undoshlar orfoepiyasi 1. I unlisi atir, ayrim, bilan kabi so‗zlarda 
qisqa, biyron, siyrak kabi so‗zlar tarkibida y undoshdan avval kelganda o‗ta 
cho‗ziq; qirq, qir, qiz, kabi so‗zlar tarkibida qattiq i tarzida talaffuz qilinadi. 
Ayrim so‗zlarda i o‗ta qisqa talaffuz qilinib tushiriladi: qobiliyat//qobilyat, 
quyidagi //quydagi; azm, adl, ayol so‗zlari talaffuzida esa orttiriladi, biroq
yozilmaydi. 
2. U unlisi, buvi, buloq so‗zlarida qisqa; xusumat, quvvat kabi so‗zlarda esa 
cho‗ziq talaffuz qilinadi; gul, guvoh, kuyov kabi so‗zlarda yumshoq; qum, qurol, 
g‗ussa kabi so‗zlarda esa qattiq talaffuz qilinadi. 
Ko‗rinadiki, unlilarning qattiq yoki yumshoq talaffuz qilinishi ko‗p hollarda 
yonma-yon kelgan undoshning til oldi yoki orqa ekanligi bilan bevosita bog‗liq 
bo‗ladi. Xususan, q, g‗, x kabi til orqa undoshlari ishtirok etadigan so‗zlarda ular 
qattiq, boshqa undoshlar (til oldi, sayoz til orqa undoshlari) ishtirok etgan 
so‗zlarda esa yumshoq talaffuz etiladi. Qiyoslang: qo‗pol, g‗o‗za, o‗rda, go‗dak, 
do‗l, jo‗yak, ko‗ngil. 
3. B, v, g, d, z undoshlari urg‗usiz bo‗g‗inda, so‗z oxirida jarangsiz undoshlar 
yonida kelganda jarangsizlashgan holda talaffuz qilinadi: ketdi//ketti, kitob//kitop, 
zavod//zavot, barg//bark, aktiv//aktif, peshvoz//peshvos, izhor//ishor. 
4. D, s, t, l, n, ch, sh, m undoshlaridan oldin qo‗llangan chuqur til orqa, 
portlovchi q undoshi x tarzida talaffuz qilinadi: naqd//naxt, maqsad//maxsat, 
vaqt//vaxt, baliqchi//balixchi, oqsoq/oxsog‗, nuqson// nuxson, qaqshamoq 
//qaxshamoq, cho‗qmor//cho‗xmor. 
5. K, g, ng undoshlari oldida kelgan n sonori ng, ng‗ tarzida aytiladi: 
ko‗lanka//ko‗langka, ko‗tarinki//ko‗taringki, dengiz//dengngiz, nonko‗r// 
nongko‗r,yong‗oq//yongngoq//yongg‗oq, to‗ng‗illamoq//to‗ng‗g‗ilamoq. 
6. Ikki unli yonma-yon kelgan so‗zlarda ko‗pincha y undoshi orttiriladi:oila// 
oyila, shoir//shoyir, rais/rayis, radio//radiyo kabi. 
Ayrim grammatik shakllar orfoepiyasi 1.Tushum kelishik affiksi talaffuzda -di, -
ti, -zi, -ri kabi fonetik variantlarga ega bo‗ladi: otni//otti, toshni//toshti, 
gulni//guldi, gapni//gapti//gappi, tuzdi//tuzzi. 


2. Men, sen olmoshlariga -ning, -ni, -niki affikslari qo‗shilganda qo‗shimcha 
tarkibidagi bitta n undoshi tushiriladi va shunday yoziladi : mening, seni, meniki. 
3. U, bu, shu, o‗sha kabi olmoshlarga -ga,-da,-dan,-day,-cha affikslari 
qo‗shilganda n undoshi orttirilib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: unga, 
unda, bundan, shundan, shunday, o‗shancha kabi. 
4. Oxiri z undoshi bilan tugaydigan sonlarga dona son yasovchi -ta affiksi 
qo‗shilganda z undoshi s tarzida talaffuz qilinadi: to‗qqizta // to‗qqista, o‗ttizta // 
o‗ttista; oxiri z, sh bilan tugaydigan otlarga -siz sifat yasovchi qo‗shilganda ham 
bu 
undoshlar 

tarzida 
talaffuz 
etiladi: 
boshsiz//bossiz, 
izsiz//issiz, 
ovozsiz//ovossiz; bunday holni oxiri z bilan tugaydigan ba‘zi so‗zlarga ot 
yasovchi - chi affiksi qo‗shilganda ham kuzatish mumkin: zakazchi//zakaschi, 
arazchi//araschi, taqrizchi// taqrischi kabi. 
5. Tarkibida - n, -in, -lan affiksi bo‗lgan so‗zlarga -la affikslari qo‗shilganda 
-n, -in, -lan affikslari oxiridagi n undosh m tarzida talaffuz qilinadi: kiyin-
moqda//kiyimmoqda, burkanmoqda//burkammoqda, ovqatlandi// ovqallandi. 
Tilshunoslik lug‗atlarida grafika tushunchasiga ikki xil ta‘rif berishadi: 1. Nutq 
tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tizimi. 2. Tilshunoslikning 
alifbodagi harflar tarkibini, shaklini, harf va nutq tovushlari orasidagi munosabatni 
belgilash bilan shug‗ullanuvchi amaliy sohasi‖7. Grafika grekcha grafikos 
so‗zidan olingan bo‗lib, yozuv degan ma‘noni bildiradi. 
Grafika og‗zaki nutqni turli shakllar, belgilar, raqamlar va chiziqlar yordamida aks 
ettiruvchi tilshunoslik sohasi hisoblanadi. Grafik vositalarga harflar, belgilar va 
tinish belgilari kiradi. Harf – tovush ifoda etuvchi shakl.
Til va yozuv o‗zaro uzviy bog‗liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir 
vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo‗lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz 
jamiyat bo‗lmaydi. 
Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining 
keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. 
Yozuv ham til kabi jamiyat a‘zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida 
xizmat qiladi. Ko‗p hollarda yozuv tilning o‗rnini bosadi. Lekin til va yozuvning 
o‗ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jihatidan 
7 A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. T.: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy 
nashriyoti. 2002. 33-bet. 


chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin 
masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi. 
Yozuv madaniy, ma‘rifiy va adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga meros 
sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Og‗zaki nutq esa aytilayotgan paytdagina 
qabul qilinadi. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt va shartli belgi
shakllarni talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi. Shunga 
qaramay, jamiyatda yozuvning o‗z o‗rni bor; yozuv masofa bilan ajralgan odamlar 
orasida aloqa munosabatini ta‘minlashda, barcha uchun tushunarli bo‗lgan adabiy 
tilning yuzaga kelishida, madaniy-adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga 
yetkazishda katta imkoniyatlarga ega. 
Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Messopotamiya degan joyda paydo 
bo‗lgan va bu yozuv tarixga mixxat nomi bilan kirgan. Bu xat eramizdan oldingi 
V–IV asrlarda O‗rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida
ishlatilgan. Hozirgi eramizdan boshlab taxminan VI asrgacha so‗g‗d yozuvi 
ishlatilgan. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar runik yozuvidan 
foydalanishgan. Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari dastlab Janubiy Sibirning 
Enasoy daryosi havzalarida va Mo‗g‗ulistonning O‗rxun vodiysida topilgan. 
Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv O‗rxun-Enasoy obidalarining yozuvi deb 
ham yuritiladi. 1893-yili daniyalik olim N. Tomsen va rus olimi V. V. Radlov 
qadimgi turkiy yozuvni o‗qishga muvaffaq bo‗ldilar. O‗rxun-enasoy yozuvlari 
Rim yozuvlariga o‗xshab ketganligi uchun run (runik) yozuvlari yoki dulbarchin
deb ham yuritiladi.
O‗rta Osiyoning bizga ma'lum bo‗lgan eng qadimgi mahalliy xalqi sak va 
massaget urug‗lari bo‗lib, ularning ham o‗z yozuvlari mavjud edi. Ana shu 
yozuvdan qadimiy xorazmiy va so‗g‗d yozuvlari yaratilgan. Xorazmiy yozuvi ham 
o‗zbek xalqi ajdodlari tomonidan qo‗llanilgan yozuv bo‗lib, bu yozuv II asrning 
oxiri III asrning boshlarida xorazmshoh chiqargan pullarda uchraydi. 
1970-yillargacha turkiy yozuv eramizning VI-VII asrlarida shakllangan degan 
fikr yetakchi edi. Keyingi topilmalar turkiy yozuvning ildizlarini ikki yarim ming 
yillik o‗tmishdan izlamoq kerak, degan xulosani chiqarishga asos bo‗ldi. 1988- 
yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Lo‗mbitepa yodgorligidan ko‗za 
topildi. Uning bandi sirtiga qadimiy turkiy bitik o‗yib tushirilgan ekan. Bu bitik 
VII-VIII asrlarga oid turkiy obidalardan yosh jihatidan qariyb I-II asrcha 
qadimiyroqdir.
VI-VII asrlardan to XV asrlargacha turkiylar va mo‗g‗ullar uyg‗ur 
yozuvidan foydalanishgan. Bu yozuvda bitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi 


Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‗u bilig" asarining Vena kutubxonasidagi 
nusxasidir. Ahmad Yugnakiyning "Hibat-ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar armug‗oni"), 
Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she'rlari 
uyg‗ur yozuvida yozilgan. Uyg‗ur yozuvi X-XV asrlarda mavjud bo‗lib, arab 
yozuvi bilan ma'lum davrgacha baravar ishlatilgan. 
720-yildan boshlab arab yozuvi tarqala boshlagan. Arab yozuvida bitilgan 
eng qadimgi turkiy yodgorliklar XI asrga taalluqlidir. Bular Yusuf Xos Hojibning 
―Qutadg‗u bilig‖ asarining Namangan va Qohira nusxalaridir. Mahmud 
Koshg‗ariyning "Devonu-lug‗otit-turk" nomli asari ham arab yozuvida yozilgan. 
Xalqlarimiz taxminan 1200 yildan ko‗proq vaqt davomida arab alifbosidan
foydalangan. 1929-yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o‗tilgan edi. 1940- 
yildan boshlab esa rus (kirill) grafikasi asosidagi yangi o‗zbek alifbosiga o‗tildi. 
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu 
yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi bo‗lib, jahon xalqlarining 30 
foizidan ziyodi shu yozuvni qo‗llaydilar. 1993 yil 2-3 sentyabrda bo‗lib o‗tgan 
Oliy Kengash yig‗ilishida o‗zbek yozuvini lotin alifbosiga o‗tkazish to‗g‗risida 
qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-maydagi Oliy Majlis sessiyasida bu alifboga ayrim 
o‗zgarishlar kiritildi va bu yozuvga to‗liq o‗tish muddati 2005-yil sentabr oyi deb 
belgilandi. 2004-yilda chiqarilgan qonunga ko‗ra esa lotin yozuviga to‗liq o‗tish 
muddati 2010-yil sentabriga qadar cho‗zildi8. Isloh qilingan yangi o‗zbek 
alifbosida 29 ta harf bor. Shulardan 3 tasi harfiy birikma: sh, ch, ng:
Aa(1) Bb(2) Dd(3) Ee(4) Ff(5) Gg(6) Hh(7) Ii(8) Jj(9) Kk(10) Ll(11)
Mm(12) Nn(13) Oo(14) Pp(15) Qq(16) Rr(17) Ss(18) Tt(19) Uu(20) Vv(21)
Xx(22) Yy(23) Zz(24) O‗o‗ (25) G‗g‗ (26) Sh sh(27) Ch ch(28) Ng ng(29). 
Muayyan tartibda joylashtirilgan shakllar yig‗indisi alfavit deyiladi. 
Kirill grafikasi asosidagi o‗zbek yozuvi 
Kirill yozuviga asoslangan alfavitda 35 ta shakl bo‗lib, bu shakllardan 33 tasi 
harf, 2 tasi belgidir. Har bir harfning bosh va kichik shakli (Aa), bosma va yozma 
shakllari bor. Har bir harf o‗z nomiga ega. Harf nomini bilish va uni to‗g‗ ri 
talaffuz qilish muhim amaliy orfoepik ahamiyat kasb etadi, chunki tildagi 
8 “Qalqon” jurnali, 2004-yil, 7-son. 


qisqartma so‗zlarni to‗g‗ri o‗qish uchun harf nomlarini bilish zarur. Masalan: BMT 
– be – em – te. 
Kirill grafikasi asosidagi alifbo quyidagicha tartiblashtirilgan: 
а, Бб, Вв, Гг, Дд, эе, Ёѐ, Жж, Зз, Ии, Йй, Кк, Лл, Мм, Нн, Оо, Пп, Рр, Сс, Тт, 
Уу, Фф, Хх, Цц, Чч, Шш, ъъ, ьь, эе, Юю, Яя, Ўў, Җҗ, Ғғ, Ҳҳ. 
Bu alifboda 10 ta unli harf (а, о, и, у, ў, э, э, ѐ, ю, я) bo‗lib, ular 6 ta unli tovushni 
ifodalaydi. Bulardan to‗rttasi (е, ѐ, ю, я) yolashgan (grafema) tovushlar bo‗lib, 
ularning 2 holati farqlanadi: 
1. Ba‘zi so‗zlarda undoshdan keyin kelib, u bilan birga bitta bo‗g‗inni hosil 
qiladigan va bir tovushni (a, u, e, o) ifoda etadigan holati: тер-тер, сюжет-сужет, 
сентябр-сентабр, режиссѐр-режиссор kabi. 
2. So‗z boshida va bo‗g‗in boshida kelib, ikki tovushni (ye, yu, ya, yo) ifoda 
etadigan holati: ѐстиҗ - йостиҗ, юрак - йурак, җуѐш - җуйош, январ - йанвар
va hokazo. 
Yuqoridagi alfavitga o‗zbek tilining tovushlari tabiatidan kelib chiqib, 4 ta 
harf (ў, җ, ғ, ҳ) qo‗shilgan. Kirill yozuvida 2 ta belgi (ъ, ь) bo‗lib, ular 
tovush bildirmaydi. Ayirish belgisi (ъ) unlidan keyin kelganda o‗sha unlining 
cho‗ziq aytilishi (маъно, эьлон kabi), undoshdan keyin kelganda bo‗g‗inlarning 
ajratib aytilishini (сурьат, журьат kabi); yumshatish belgisi (ь) esa ruscha-
internatsional so‗zlarda o‗zidan oldingi undoshning yumshoq aytilishi uchun 
(альбом, циркуль) xizmat qiladi. 
Alfavitdagi ж harfi 2 tovushni, portlovchi ж (жайрон) va sirg‗aluvchi ж 
(журнал) tovushini ifodalaydi. Alfavitdagi н va г harflari alohida н va г 
tovushlarini yozuvda ifodalash bilan birga, birikma shaklida sayoz til orqa burun 
tovushini (нг) ifodalash uchun ham xizmat qiladi (тонг, бодринг kabi). 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin