O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

Affiksoidlar. Ba‘zi soʻzlar qoʻshimcha vazifasini bajarib, ergash morfemaga 
aylana boshlagan boʻlsa ham, hali qoʻshimchaga aylanib yetmagan boʻladi. Bular 
affiksoid sanaladi. Masalan, Bu uyda toʻrt xona bor. Biz ishxonaga bordik. Misollardagi 
xona elementi oʻrni bilan soʻz boʻlib ham, qoʻshimcha boʻlib ham qoʻllangan. U bir 
oʻrinda oʻzak morfema, boshqa oʻrinda ergash morfema. Keyingi holda oʻrin bildiradigan 
qoʻshimchaga juda yaqin. Chogʻishtiring: muzxona-muzlik, sartaroshxona-sartaroshlik. -
jon, -xon, -oy elementlari ham xuddi shunday: jon qizlar-qizlarjon, jonim otam-otajonim 
kabi.Qoʻshimchalarning har biri oʻziga xos ma‘noga ega: -chi soʻz yasovchi, -lar koʻplik, 
-ga kelishik va h.k. Ammo ular bajaradigan vazifasiga koʻra ikki turga boʻlinadi:
1. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar.
2Shakl yasovchi qoʻshimchalar. 
Yangi leksik ma‘noli soʻz hosil qiladigan qoʻshimchalar soʻz yasovchi 
qoʻshimchalar deyiladi: ish+la, ish+chi, kurs+dosh.
Soʻz yasovchi qoʻshimchalarning oʻziga xos xususiyatlari "Soʻz yasalishi" bobida 
batafsil bayon etiladi. 


Soʻzning grammatik ma‘nosini hosil qiluvchi qoʻshimchalar shakl (forma) 
yasovchi qoʻshimchalar deyiladi: gullarga soʻzidagi -lar koʻplik ma‘nosini, -ga kelishik 
(joʻnalish) ma‘nosini hosil qilayotgan shakllardir. Ishlamayapti soʻzida -ma inkor, -yap 
zamon, -ti shaxs -son ma‘nolarini ifodalayapti. 
Soʻz yasovchi qoʻshimchalar soʻzning material qismiga, leksik ma‘no ifodalovchi 
qismiga kiradi. Shakl yasovchilar esa soʻzning formal qismida boʻladi: 
Masalan: terimchilarga soʻzida terimchi-material qism, -larga formal qism -soʻz 
shakli hisoblanadi. 
Shakl yasovchi qoʻshimchalar asosiy xususiyatlariga koʻra ikki turga boʻlinadi: 
1. Kategorial shaklni yasovchi qoʻshimchalar. 
2. Nokategorial shaklni yasovchi qoʻshimchalar. 
Ma‘lum soʻz turkumidagi biror grammatik kategoriyaga xos shakl yasash uchun 
xizmat qiladigan qoʻshimchalar kategorial shakl yasovchi qoʻshimchalar deyiladi: 
otlardagi koʻplik, egalik va kelishik shaklini yasovchi qoʻshimchalar, fe'lning mayl, 
zamon shaxs -son shaklini yasovchi qoʻshimchalar bunga misol boʻla oladi, 
Grammatik kategoriyaga oid boʻlmagan ma‘noni ifodalovchi, ma‘lum sintaktik 
vazifaga xoslangan soʻz shaklini hosil qiluvchi qoʻshimchalar nokategorial shakl 
(funksional shakl) yasovchi qoʻshimchalar deyiladi: otning kichraytirish, erkalash shakli, 
fe'lning sifatdosh, ravishdosh shaklini hosil qiluvchi qoʻshimchalar (-cha,
-choq, -chak, -ar, -ib). 
Bu oʻrinda soʻzning morfema strukturasi va soʻzning morfologik strukturasi 
tushunchalarini izohlash ham oʻrinli. Soʻzning morfema strukturasi – soʻzning 
morfemalardan iboratligi: ish+chi+lar. 
Soʻzning morfologik strukturasi soʻzning shakl yasalishi uchun asos boʻladigan 
qism bilan shakl yasovchi qismdan iborat strukturasi: terimchi+lar, ishchi+ga, kitob+dan. 
Soʻz tarkibi yoki soʻz strukturasiga uch nuqtay nazardan yondashiladi: 
1. Morfema strukturasi - necha morfemadan iborat: ish+chi soʻzi ikki morfemali. 
2. Soʻz yasalish strukturasi - yasalish asosi va yasovchi: ish+chi, terim+chi. 
3. Shakl yasalish strukturasi yoki morfologik strukturasi -yasalish asosi va shakl 
yasovchi: ish+lar, ishchi+lar. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin