7- mavzu. Gramatika.Punkuatsiya. Uslubiyat
Reja:
1. Gramatika haqida.
2. Punkuatsiya. Uslubiyat
Grammatika (grekcha: harf, oʻqish va yozish san'ati) tilshunoslik fanining
bir qismi boʻlib, tilning grammatik qurilishini tekshiradi.
Grammatika (m-s) soʻzlarning oʻzgarishi va gapda soʻzlarning birikuvi
haqidagi qoidalar yigʻindisidir.
Grammatika soʻzlarning qoʻshimchalar vositasi bilan oʻzgarishini,
soʻzlarning oʻzaro bogʻlanib gap boʻlib kelishini, gapni toʻgʻri, savodli tuzish
qoidalarini ham oʻrgatadi,
Lugʻat tarkibidagi soʻzlar oʻz holicha fikr mazmunini ifodalamaydi. Chunki
soʻzlar faqat ma‘no (tushuncha) bildiradi. Soʻzlar, iboralar grammatika qonun-
qoidalar asosida tegishli qoʻshimchalar yoki yordamchi vositalar bilan oʻzaro
ma‘lum tartibda birikib kelgan taqdirdagina fikr ifodalovchi gaplar shakllanadi:
Bolalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishida oʻqituvchilarning ham roli
kattadir.
Agar biz yuqorida keltirilgan gapdagi soʻzlarni lugʻatdagi holatida, ya‘ni
grammatik jihatdan uyushmagan tarzda keltirsak (bola, Vatan, muhabbat, ruh,
tarbiyalash, ish, oʻqituvchi, ham, rol, katta deb aytsak), biror fikr kelib chiqmaydi.
Demak, soʻzlar vositasi bilan fikrni maqsadga muvofiq ifoda etishda, mazmunli
nutqni vujudga keltirishda grammatika va grammatik formalarning ahamiyati
gʻoyat muhimdir,
Oʻrganish obyekti, materiali va vazifasi nuqtayi nazaridan grammatikaning
bir necha tipi farqlanadi: 1) tarixiy grammatika, 2) tasviriy grammatika, 3) qiyosiy
grammatika. Biz bu kursda tasviriy grammatikani oʻrganamiz.
Har bir tilning oʻziga xosligini uning fonetik, leksik va grammatik
strukturalari aks ettiradi. Bu strukturalarning hammasi bir butun sistemani hosil
qiladi. Demak, tilning grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi hamda leksik
sistemasi bilan uzviy bogʻliqdir. Grammatika soʻzlarni shakllantiradi, biriktiradi,
ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini roʻyobga chiqaradi. Bu
ma‘lum qoidalar, normalar asosida boʻladi: Bola yugurdi. qiz kuyladi. Bedana
sayradi. gaplarining hammasi bir yagona qoida – model asosida tuzilgan gaplardir.
Koʻpgina tillarning grammatik qurilishida oʻxshashlik va farqlar mavjud.
Tillarning grammatik qurilishidagi oʻxshashlik nisbatan sintaksisda kuchli
(ayniqsa, qoʻshma gaplar strukturasida), farqlanish esa soʻz formalarida kuchlidir.
Tilning grammatik va tovush tomoni oʻzaro yaqin munosabatda. Har bir
grammatik hodisaning tovush bilan ifodalanishi grammatikaning fonetika bilan
munosabatini koʻrsatadi. qiyoslang: gapning xarakterli belgilaridan biri —
intonatsiyadir. Yoki soʻz urgʻusining turli boʻgʻinlarga tushishi uning turkumini
oʻzgartiradi: qushcha - ot, kichraytish, qushcha ravish, -day, -dek shakli. Hozir —
tayyor, hozir payt ma‘nosida — ravish.
Tilning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi oʻzaro munosabatda. Soʻzning
morfologik va sintaktik xususiyatlari haqidagi ta‘limot grammatikaning asosidir.
Soʻzning leksik-grammatik xususiyatlari jihatidan oʻxshashliklari ot, sifat fe'l kabi
soʻz turkumlarning ajralishiga asos boʻladi. Soʻz ma‘lum shaklga kiradi va boshqa
soʻzlar bilan munosabatga kirishadi.
Grammatikaning asosini soʻz turkumlari va gap haqidagi ta‘limot tashkil
qiladi. Bu grammatikaning ikki qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat
ekanligini koʻrsatadi.
Morfologiya (grekcha: morfe — shakl va logos—soʻz, ta‘limot) soʻzning
grammatik
shakllari
haqidagi
ta‘limotdir.
Morfologiyada
soʻzlarning
turkumlanishi, grammatik oʻzgarishi, soʻz formalarining hosil boʻlish yoʻllari
oʻrganiladi. Fonetikaning asosini unli-undosh, jarangli-jarangsiz kabi fonetik
oppozitsiyalar tashkil qilganidek, morfologiyaning asosini bir-biriga zid, lekin
oʻzaro bogʻlangan, shartlangan grammatik oppozitsiyalar tashkil qiladi (birlik -
koʻplik, boʻlishli - boʻlishsizlik kabi).
Morfologiya va sintaksis bir-biri bilan uzviy bogʻliqdir.
Sintaksis (grekcha: sintaksis — tuzish, qurish) soʻzlarning birikishini, gap va
uning tuzilishini hamda turlarini tekshiradi. Tilning qurilishi yaxlit bir sistema
boʻlib, u morfologik va sintaktik hodisalarning oʻzaro bir butun sistemani hosil
qilishdan tashkil topadi. Chogʻishtiring: soʻzlar oʻzaro bogʻlanish talabi bilan,
demak, sintaktik xususiyat natijasida, turli formalarga kiradi: teatrning binosi,
teatrga bordik kabi. Gap boʻlaklari bilan soʻz turkumlari orasida bogʻlanish bor.
Jumladan, soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalarning vazifasi sintaktikdir. Soʻzlarni ot,
sifat, fe'l turkumlariga ajratishda bir asos sintaktik funksiyadir.
Grammatik ma‘no
Demak, soʻz fonetikada ham, leksikologiyada ham tekshirilar ekan.
Leksikologiyada, asosan, soʻzning leksik ma‘nosi, grammatikada soʻzning
grammatik ma‘nolari oʻrganiladi.
Soʻzning ob'yektiv borliq (narsa, belgi, harakat kabilar) haqidagi
tushunchani anglatishi uning leksik ma‘nosidir.
Grammatik ma‘no deganda nima tushuniladi?
Grammatik ma‘no deganda har bir tilning qurilish tizimi nutqda
ifodalanishini zaruriy va majburiy deb talab etadigan va turli xil shakliy
koʻrinishlar bilan beriladigan umumlashgan ma‘nolar tushuniladi.
Chunonchi, "Bolalar qiziqarli kitobni oʻqiydi" gapini olsak, "Bolalar"
soʻzida 2 xil ma‘no ajralib turadi: 1) lugʻaviy ma‘no - ya‘ni bu soʻzning borliqdagi
odam jinsiga mansub boʻlgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga
yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) koʻplik sonda, bosh kelishikda,
gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma‘nolardan birinchisi lugʻaviy, leksik
ma‘no boʻlsa, ikkinchisi grammatik umumlashgan ma‘nodir. Grammatik ma‘nolar
har bir tilda oʻziga xos boʻladi va rang-barang shakliy usullar bilan ifodalanadi.
Tabiatan agglyutinativ va sintetik boʻlgan oʻzbek tilida qoʻshimchalardan
aloqa-munosabat qoʻshimchalari va lugʻaviy shakl hosil qiluvchi qoʻshimchalar,
asosan, grammatik ma‘no ifodalaydi. Masalan, kitobi soʻz shakliga e'tibor bersak.
Bu shakidagi -i qoʻshimchasi kitobning qandaydir uchinchi bir shaxsga
tegishliligini ifodalasa, "Oʻlgan kimlar" kitobi" birikmasida tur va jins norhini
oʻzaro bogʻlab birikma hosil qilyapti. Shu ma‘nolar -i qoʻshimchasida
mujassamlangan va shu ma‘no ushbu qoʻshimcha morfema orqali yuzaga
chiqmoqda.
Kelishik qoʻshimchalari grammatik ma‘no ifodalaydi. Masalan, "Javondagi
kitoblardan oldi" gapida -dan qoʻshimchasi ma‘lum bir manbadan biror narsa
ajralayotganini ifodalasa, "Vijdondan qoʻrqing" gapida -dan vijdon va "qoʻrqmoq
soʻzlarini bir-biriga bogʻlashga xizmat qilyapti, ―Anvar uydan chiqdi" gapida esa
Anvar degan shaxsning chiqish joyini koʻrsatmoqda. Yuqorida keltirgan
misollarimizdan shunday xulosaga kelish mumkinki, grammatik ma‘no lisoniy va
nolisoniy munosabatlarning muayyan shakl (qolip)da mujassainlangan mavhum
in'ikosidir. Chunki, yuqoridagi kitobi soʻzidagi -i qoʻshimchasida, "Javondagi
kitoblardan oldi" gapidagi -dan qoʻshimchasida nolisoniy munosabat yotsa,
"Oʻtgan kimlar" kitobi" birikmasidagi -i va "Vijdondan qoʻrqing" gapidagi -dan
qoʻshimchasida sof lisoniy munosabat mujassamlangan. Shuning uchun grammatik
ma‘no tarkiban murakkab boʻlib, lisoniy va nolisoniy munosabatlar in'ikosirling
birikishidan iboratdir.
Fe'l zamonlari ham grammatik ma‘no ifodafaydi. Bu zamonlar faqat
nutqdagi, matndagi soʻzlarning qaysi zamonga oid ekanini koʻrsatish bilan
chegaralanmay, balki tashqi dunyoda sodir boʻladigan voqea va hodisalarning
qachon boʻlib oʻtganini, ya‘ni aynan gapirilayotgan vaqtda yoki gapirilayotgan
vaqtdan oidin yo keyin sodir boʻlayotganligini ifodaiash uchun ham xizmat qiladi:
Lola oʻqidi; Lola oʻqiydi; Lola oʻqiyotir.
Sifat darajalari ham grammatik ma‘no anglaladi. Ular narsa, predmet,
hodisalarning borliqdagi nisbiy farqini aks ettiradi:
tor/ torroq /eng tor; goʻzal/ goʻzalroq/ eng goʻzal.
Mana shunday ma‘lum bir shaklda mujassamlangan va tilda ifodalanishi
zarur be'lgan umumlashgan, lugʻaviy ma`no ustidagi ustama ma`no grammatik
ma‘no sanaladi.
Grammatik shakl (soʻz formasi)
Soʻzning ma‘lum bir grammatik ma‘no ifodalovchi shakli (koʻrinishi)
soʻzning grammatik formasi deyiladi.
Grammatik ma‘no aytib oʻtganimizdek, rang barang usullar bilan
ifodalanadi. Oʻzbek tilida, jumladan, grammatik ma‘nolar quyidagi usullar bilan
ifodalanadi:
1. Affiksatsiya.
2. Yordamchi soʻzlar.
3. Soʻz tartibi.
4. Takror.
5. Ohang.
6. Juftlash.
7. Ichki fleksiya.
8. Urgʻu.
9. Suppletivizm.
Biz bu usullarni tilimizda tarqalganlik doirasiga koʻra joylashtirdik. Usullar
mohiyati sizga "Tilshunoslikka kirish" kursidan ma‘lum.
1. Affiksatsiya tilimizda grammatik ma‘noni ifodalashning eng keng
tarqalgan usuli boʻlib, tilimizga xos boʻlgan grammatik ma‘nolarning deyarli
barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat,
nisbat, tarz (harakatning sodir boʻlish usuli), boʻlishli-boʻlishsizlik (tasdiq-inkor),
mayl-zamon, shaxs-son affikslar-qoʻshimchalar yordamida ifodalanadi. Oʻzbek
tilida, asosan, suffikslar, ya‘ni oʻzak yoki asosdan keyin qoʻshiladigan
qoʻshimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator be-, bo-, ser-,
no-, ba- kabi prefikslar-oʻzak va asosdan oldin keladigan qoʻshimchalar ham
oʻzlashib qolgan. Lugʻaviy shakl va aloqa- munosabat qoʻshimchalari vositasida
yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi.
Chunonchi, kitoblar, akamga, uylarimizda, kelmasaydingiz, yaxshiroq, oʻnta kabi
shakllar sintetik shakl sanaladi.
2. Yordamchi soʻzlar. Bular ham grammatik ma‘no-ifoda qilish uchun
qoʻllaniladi. Koʻmakchi otlar, ma‘nosi toraygan soʻzlar bilan birga ketib, oʻzi
aloqador boʻlgan soʻzni boshqa soʻz bilan munosabatga kiritadi: Biz kelajakka
ishonch bilan qaraymiz (A.q.) – holat ma‘nosi voqelangan; Telefon orqali
gaplashdim – vosita ma‘nosi voqelangan; Doʻstlik biz uchun hamisha ilhom va
kuch-quvvat manbai bolib kelgan (Oʻ.U.) – atalgahlik ma‘nosi voqelangan. Oʻzbek
tilida yordamchi soʻzlar juda katta guruhni tashkil etib, koʻmakchi, bogʻlovchi va
yuklamalarning yarim bogʻlovchi, yarim koʻmakchi, yarim yuklama kabi turlari
mavjud boʻlib, bunday soʻzlar ham mustaqil, ham yordamchi ma‘noga ega.
Chunonchi, Ishning boshida Abdurahim turar edi.
Yordamchi soʻzlar sifatida oʻzbek tilida juda, eng, bagʻoyat, nihoyatda, oʻta,
sal, birmuncha kabi ravishlar ham, olmoq, bernoq, qolmoq, oʻtirmoq, chiqmoq,
ketmoq, boshlamoq, bolmoq kabi 40 dan ortiq fe'llar ham keng qoʻllaniladi.
Yordamchi soʻzlar vositasida yasalgan shakllar analitik shakllar deb ataladi.
Tilimizda juda koʻp holatlarda ayni bir grammatik ma‘no sintetik shakl bilan ham,
analitik shakl bilan ham ifodalanishi mumkin. Chunonchi, Kitobni akamga (akam
uchun / akamga deb / akamga atab / akamga moʻljallab / ...) oldim.
3. Takror (reduplikatsiya) - bir soʻzni aynan ikki marta takrorlash sanalib,
bunda ham turli grammatik ma‘nolar hosil qilinadi: predmetning koʻpligi,
belgining oshirilishi, ma‘noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi hamda uzoq
davom etishi va boshqalar. Chunonchi,
etak-etak paxta- miqdoriy koʻplik;
ayta- ayta charchamoq- harakat davomiyligi.
Tilimizda bu usulning toʻliq takror (etak- etak paxla) va qisman takror (qip-
qizil, koʻm- koʻk, yam-yashil) va tilimizgagina xos boʻlib, fanda "sadodosh
takror" (slovo-exo) deb atalgan koʻrinishi ham keng tarqalgan (mayda-chuyda,
she'r-pe'r, kitob-mitob, koʻk-moʻk, qizil-pizil).
4. Soʻz tartibi - grammatik ma‘no anglatishning yana bir vositasi.
Soʻzlarning gapda ma‘lum tartibda oldinma - keyin joylashtirilishi ham grammatik
ma‘no ifodalash uchun xizmat qiladi. Tilimizda ba‘zan shu vosita orqali soʻzning
qaysi kelishikda ekanligi aniqlanishi mumkin. Masalan, bunday holatlar xususan
poetik nutqda keng uchraydi. Soʻz tartibi soʻz birikmalari hosil qilishda yetakchi
omillardan biri sanaladi. Chunonchi, keng dalalar (soʻz birikmasi) - Dalalar keng
(gap). Soʻz tartibi grammatik omili nutqda hamisha ohang bilan birga ish koʻradi.
Shuning uchun yuqoridagi hosilalarning ohangi bir-biridan tubdan farq qiladi.
Chunonchi, bir, ikki kitob va bir- ikki kitob birikmalarining ohangi har xildir.
5. Ohang ham grammatik ma‘no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita
yordamida
a) gapning turini ajratish mumkin: Imtihon topshirdi. Imtihon topshirdi?
Imtihon topshirdi!
b) gap boʻlaklarini ajratish mumkin:
Gulnora, singlim keldi. Gulnora, singlim keldi! Gulnora singlim keldi.
Birinchi gapda "Gulnora "va "singlim" soʻzlari uyushib kelgan boʻlsa, ikkinchi
gapda "Gulnora" soʻzi undalma vazifasida kelgan, uchinchi gapda esa ism
ma‘nosida kelgan. Ohangning soʻz tartibi, soʻzlarni bir-biriga bogʻlash bilan uzviy
aloqa¬dor¬likda voqelanishini takroran eslatib oʻtish joiz. Yuqoridagilar buning
yorqin dalilidir.
6. Juftlash har xil soʻzlarni - ma‘nodoshlarni (baxt-saodat), zid ma‘nolilarni
(yaxshi-yomori), giponimlarni ulov (ot-eshak), darajalanuvchilarni (qoy-qoʻzi),
umumiste'mol soʻz va arxaizmlarni (bola-chaqa, choʻpon-choliq) oʻzaro qoʻshish
orqali har xil grammatik ma`nolarni ifodalash ham tilimizda anchagina.
Yuqorida sanalgan olti usul tilimizning ichki qurilishiga xos boʻlgan
grammatik ma`nolarni ifodalashning yetakchi usulidir. Shular bilan birga tilimizda
juda kam qoʻllaniladigan suppletivizmlar, chunonchi, (men-biz, sen-siz; eski
oʻzbek tilida u- alar, anga, anda, ani, aning), arabcha soʻzlar orqali oʻzlashgan ichki
fleksiya usullari mavjud:
Kitob -kutubxona
xabar -axbor fikr -afkor
ilm -ulum
taraf-atrof va boshqalar.
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma‘noni alohida til hodisasi sifatida
oʻrganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma‘no grammatik shaklning
bir tomoni sifatida oʻrganilib kelindi. Grammatik ma‘noni ifodalashning rang -
barang usullarini koʻrib oʻtgach, biz ayta olamizki. ayni bir grammatik ma‘no
xilma- xil vositalar bilan ifodalanishi mumkin.
Chunonchi, son ma‘nosi oʻzbek tilida affiksatsiya a/-lar, ya‘ni birlik/koʻplik
son shakllari paradigmasi doirasida koʻrib chiqilgan. Son shakllarining ma‘nosi
deganda mana shu ikki morfema nazarda tutligan. Tilimizda son ma‘nosining
ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali roʻyobga chiqadi. Chunonchi, koʻplik
ma‘nosi takror, juft soʻzlar bilan ham, birlik ma‘nosi juz'iy reduplikatsiya (takror)
yoki soʻz-soʻzsimon (kitoh-mitob, non-pon, meva-cheva) bilan ham ifodalanishi
mumkin.
Hozirgi fanimizda son ma‘nolarining oʻxshashlik va farqli tomonlari,
shuningdek, "Kitobni akam uchun oldim" va "Kitobni akamga deb / atab oldim"
kabi hosilalar orasidagi ma‘no farqlari deyarli oʻrganlimagan. Ya‘ni ayni bir
ma‘noni turli xil vositalar bilan ifodalash yoʻllari fanimizning oʻrganilmagan,
muammolari sirasiga kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir.
Soʻzning morfologik strukturasi
Soʻzning morfologik strukturasi soʻzning forma yasalishi uchun asos
boʻladigan komponenti bilan shakl yasovchi komponentlaridan iborat
strukturasidir: paxta+lar, paxtakor+lar+ra. Paxta — forma yasalish asosi, -lar
koʻplik shakli, paxtakor — forma yasalish asosi, -lar, -ga koʻplik va joʻnalish
kelishigi shakllari.
Soʻz formasining asosi tub, yasama, qoʻshma soʻz boʻlishi hatto soʻz
birikmasiga teng boʻlishi ham mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida.
Bir soʻzda birdan ortiq shakl yasovchi ishtirok etishi mumkin:
temirchi+lar+ni Bunda tushum kelishigi uchun shakl yasovchi asos temirchilardir.
Koʻplik uchun asos temirchidir.
Grammatik kategoriya. Grammatik kategoriyalar tasnifi
Grammatik kategoriya (GK) va grammatik shakl masalasi grammatika
fanida koʻp tilshunoslarni oʻylovga qoʻygan masalalardandir. GK mohiyati
nimadan iborat? Bu savolga tilshunoslar turlicha javob beradi. Buning mohiyalini
bilish uchun dastlab kategoriya atamasining oʻzi nimaligi haqida fikr yuritaylik. Bu
atama falsafadan tilshunoslikka kirib kelgan boʻlib, falsafada bu tushuncha
quyidagicha izohlanadi: "...ob'yektiv borliq va bilishdagi mohiyatan koʻproq
qonuniy aloqa va munosabatlarni aks ettiruvchi umumiy tushuncha".
Falsafada ham, tilshunoslikda ham kategoriya bir xil narsani ataydi, ya‘ni
kategoriya uchun juftlik va yakkalik mavjud bolishi shart va zarur. Falsafada
juftlikni sabab-natija, mohiyat-hodisa, butun-qism; yakkalikni borliq, miqdor,
makon tashkli etsa, tilshunoslikda kategoriya atamasi ostida qat'iy zidlangan ikkilik
(son kategoriyasi) yoki koʻplik (kelishik kategoriyasi) tushuniladi.
GK boʻlishi uchun aloqa va aloqaga tushuvchi birliklar zarur. Muayyan
ma‘no umumiyligi asosida birlashgan va oʻzaro zidlanuvchi shakllar sistemasi GK
hisoblanadi. GK deganda, asosan, morfologik kategoriyalar (MK) anglahsiladi.
GK grammatik shakllarning oddiy arifmetik yigʻindisi emas, balki ma‘lum
turdagi formalarning barqaror munosabatlari tizmasidan iborat boʻlgan yangi bir
butunlikdir. Shuning uchun grammatik kategoriya oʻzi uchun xos boʻlgan umumiy
ma‘noga ega, bu ma‘no shu kategoriya shakllarida ma‘lum koʻrinishlarda, turlarda
parchalanib, aniqlanib voqelanadi. Shuning uchun kategoriya UGMsi bilan shu
kategoriya birliklari shakllari XGMlari oʻzaro tur-jins munosabatlarida turadi.
Masalan, oʻzbek tilida ravishdoshlarning UGMsi " fe'lni fe'l bilan aloqaga kiritish"
sifatida tavsiflanadi. Lekin ravishdoshlarning xususiy koʻrinishlari quyidagi
paradigmani hosil qiladi:
I. 1. -gach - boshqa bir harakatning boshlanish chegarasini koʻrsatish;
2. -guncha - boshqa bir harakatning tugallanish chegarasini ifodalash;
3. -ganda - boshqa bir harakat sodir boʻlish fonini ifodalash;
II. 4. -b/-ib - davomli va davomsiz harakatni fe'l bilan bogʻlash;
5. -a/-y -davomli harakatni fe'l bilan bogʻlash;
III. 6.-gani/-gali - maqsad ma‘noli harakatni boshqa harakat bilan bogʻ lash.
Yuqorida koʻrsatilgan barcha ravishdoshlarda ravishdoshning umumiy
ma‘nosi mavjud: fe'lni fe`lga bogʻlaydi. Lekin bu uch qatorning xususiy ma‘nolari
ham bor: birinchi qatorda payt-zamon, ikkinchi qatorda davomli-davomsizlik,
uchinchi qatorda sabab-maqsad UGMlari mujassamlangan. Keyingi tadqiqot
ishlarida (qarang: Mengliyev B. Morfologik vositalarning ma‘noviy xususiyatlari
va sintaktik imkoniyatlari. ND. Buxoro, 1994) yuqorida koʻrsatib oʻtilgan (-gach,-
guncha, -ganda, -b/-ib,-a/-y, -gani/-gali) shakllar ravishdoshlarning turli zamon
yoki tarz formalari emas, balki har xil zamon va tarz kategoriyalarining
ravishdoshlarda koʻrinishi sifatida talqin qilingan. Boshqacha qilib aytganda,
zamon ma‘nolari ravishdoshlarga va ravishdoshlik vazifasi zamon ichiga singib
ketgan. Bunday hodisalarni oʻrganish bugungi tilshunosligimiz oldiga koʻndalang
qilib qoʻyilgan.
Sh.Shahobiddinova morfologik kategoriyalarni oʻrganar ekan, oʻzbek tilida
ularning quyidagi turlarini beradi:
1. Son kategoriyasi - 0: -lar
2. Egalik kategoriyasi - 0: -i/m:-i/ng...
3. Kelishik kategoriyasi -0: -ning:-ni:...
4. Subyektiv munosabat kategoriyasi - 0: -jon:-xon...
5. qiyoslash kategoriyasi -0:-roq...
6. Nisbat kategoriyasi -0:-t/-dir:-il...
7. Oʻzgalovchi kategoriyasi -0:-ish:-i/b:-gan...
8. Kesimlik kategoriyasi - 0 aniqlik, buyruq, shart mayli...
Ushbu grammatik kategoriyalar bir necha jihatdan tasnif qilinadi:
1. Kategoriyadagi shakllarning ma‘noviy tarkibiga koʻra.
2. Morfologik kategoriya (MK)larning soʻz turkumlari yoki gap boʻlaklariga
xosligi jihatidan.
3. MK sintaktik qobiliyatlarining yoʻnalishlariga koʻra.
Endi shular ustida qisqacha toʻxtab oʻtaylik. Birinchi tasnifga koʻra
kategoriyalar sodda va murakkab kategoriyalarga ajratiladi. Son, qiyoslash,
kelishik, nisbat, sub'yektiv munosabat kategoriyalari sodda kategoriyalar
jumlasidandir. Chunki ularda ma‘no sodda boʻlib, faqat bir kategoriyaga mansub
boʻlgan ma‘noni ajratamiz. Chunonchi, son kategoliyasining ma‘nosi miqdoriy va
sifatiy belgilarning ma‘lum yigʻindisidan iborat boʻlsa, kelishik kategoriyasi
tobelikni ifodalaydi. qiyoslash kategoriyasi belgining qiyosan ekanligini koʻrsatsa,
nisbat kategoriyasi fe'l anglatgan bajaruvchining tavsifini ifodalaydi.
Murakkab kategoriyalarning formalarida ma‘no murakkab boʻlib, ularda bir
necha kategoriyalarga mansub boʻlgan ma`nolarni ajratish mumkin. Murakkab
kategoriyalar sirasiga egalik, oʻzgalovchi, kesimlik kategoriyalarini kiritish
mumkin. Masalan, egalik kategoriyasida uch xil ma‘no mujassamlangan boʻiadi:
a) lisoniy va nolisoniy munosabatni ifodalash (egalik kategoriyasi uchun
kategorial ma‘no);
b) shaxs ma‘nosi (nokategorial ma‘no);
d) son ma‘nosi (nokategorial ma‘no).
Kesimlik kategoriyasi ham murakkab boʻlib, unda tasdiq-inkor, mayl-
zamon, shaxs-son ma‘nolari birlashgan boʻlib, ular bitta qoʻshimchada yoki bir
necha qoʻshimchada roʻyobga chiqadi. Masalan," Olmani ol" gapida "ol"
soʻzshakli tasdiq, buyruq mayli, hozirgi zamon, ikkinchi shaxs, birlik son
ma‘nolarini voqelantirib kelmoqda va bu ma‘nolar 0 bilan ifodalanmoqda.
"Kitobni olmadingiz" gapida inkor ma‘nosi -ma qoʻshimchasi bilan, ma‘yl, zamon
ma‘nosi -di bilan, koʻplik ma‘nosi -iz bilan ifodalanmoqda.
Oʻzgalovchi kategoriya ham murakkab boʻlib, unda ravishdosh, sifatdosh va
harakat nomi shakllari ma‘nolari bir butunlikni hosil qiladi.
Morfologik kategoriyalarning soʻz turkumlari yoki gap boʻlaklariga xosligi
jihatidan tasnifiga koʻra MKlar ikkiga boʻlinadi: leksik-morfologik va funksional -
morfologik. Leksik-morfologik kategoriyalar soʻzlarning ayrim guruhlari -
turkumlariga xos. Bular sirasiga son, subyektiv munosabat, qiyoslash, daraja,
nisbat, oʻzgalovchi kategoriyalari kiradi. Chunki son kategoriyasi, asosan, ot,
olmoshlarga, qiyosiash, daraja kategoriyalari sifatlarga, nisbat, oʻzgalovchi
kategoriyalari fe'llarga xos leksik -morfologik kategoriyalar sifatida ajratiladi.
Funksional - grammatik kategoriyalarga kelishik, egalik, kesimlik
kategoriyasi kiradi. Chunki kesimlik kategoriyasi gap markazi - kesimni
shakllantirsa, kelishik uning boshqa boʻlaklarini shakllantiradi. Egalik kategoriyasi
esa soʻz birikmasi qurilishini ta‘minlash uchun xizmat qiladi.
MKlar sintaktik qobiliyatlarining yoʻnalishlariga koʻra tasnifida "birin
ketinlik", ya‘ni grammatik kategoriyalarning sintaktik qobiliyatlarining "oldingisi
bilan‖ va "keyingisi bilan" sifatida belgilanishi nazarda tutiladi. Masalan,
"kitobning" so"z shaklidagi \-ning\ oʻzidan keyin egalik shaklini olgan ot kelishi
shartligini, "kitobi‖ soʻzidagi \-i\ bu soʻzshaklidan oldin qandaydir qaratqich
aniqlovchi boʻlishi zarurligini koʻrsatadi.
Oʻzbek tilida egalik, nisbat, kesimlik, qiyoslash, son kalegoriyalari
soʻzshaklning "oldingisi bilan" aloqalarini koʻrsatsa, kelishik kategoriyasi
soʻzshaklning "keyingisi bilan" aloqasini koʻrsatadi. Shaxsiy baho shakllari bu
jihatdan moʻtadildir.
Dostları ilə paylaş: |