Sinonim qoʻshimchalarning oʻziga xos xususiyatlari Y.Tojiyev tomonidan maxsus
tadqiq etilgan.
Qoʻshimchalar antonimiyasi. qarama-qarshi ma‘no bildiruvchi qoʻshimchalar
antonim qoʻshimcha deyiladi. qoʻshimchalar
antonimiyasi, asosan, soʻz yasovchi
qoʻshimchalar doirasida uchraydi: -li, -siz: aqlli, aqlsiz; -li, be-: suvli, besuv; be-, ba-:
bedavlat, badavlat.
qoʻshimchalar antonimiyasining oʻziga xos xususiyatlari B.Isabekov
tomonidan
ilmiy tekshirilgan.
Qoʻshimchalar polisemiyasi. Birdan ortiq leksik yoki grammatik ma‘noni hosil
qiluvchi qoʻshimcha koʻp ma‘noli qoʻshimcha deyiladi. Masalan, -chilik qoʻshimchasi
quyidagi ma‘nodagi otlar yasaydi:
1. Asosdan anglashilgan narsani yetishtiradigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik,
uzumchilik, urugʻchilik. 2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning
borlik holatini
bildiradi: pishiqchylik, arzonchilik. 3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bogʻliq
boʻlgan ishni anglatadi: ulfatchilik, oʻrtoqchilik.
Joʻnalish kelishigi shakli -ga: 1. Harakat yoʻnaltirilgan tomonni ifodalaydi: uyga.
2. Atalganlik ma‘nosini anglatadi: ukamga oldim. 3. Payt ma‘nosini bildiradi: yozga
chiqdi.
Dostları ilə paylaş: