qoʻshma soʻz soʻz birikmasidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
1. qoʻshma soʻzning komponentlari - morfema; soʻz birikmasining komponentlari
soʻzlardir.
2. qoʻshma soʻz
komponentlari birikib, yaxlitligicha bir ma‘no ifodalaydi. Soʻz
birikmalarida komponentlar leksik mustaqilligini saqlaydi. Chogʻishtiring: tuyaqush,
oybolta; qora portfelli, oʻn besh qavatli.
3. Mustaqil ma‘noli soʻz bilan yordamchi soʻzning birikishidan qoʻshma soʻz hosil
boʻlmaydi. Shunga koʻra yetakchi va koʻmakchi fe'ldan tashkil topgan: oʻqib bermoq,
yoza boshlamoq, yotib qolmoq kabilar qoʻshma soʻz emas. Soʻz birikmasi ham emas.
Chunki bularning ikkinchisi oʻz ma‘nosimi saqlamagan. Bular fe'lning analitik
formalaridir.
4. qoʻshma soʻz stabil boʻlib, nutqda tayyor boʻladi. Soʻz
birikmasi nutq
jarayonida yaratiladi: shakarkon (qoʻshma soʻz) - shakarning koni (soʻz birikmasi).
5. qoʻshma soʻz turgʻun birikmaga oʻxshaydi. Ammo turgʻun birikmalar koʻchma
ma‘no ifodalaydi: yer yongʻoq, bosh barmoq (qoʻshma soʻz) - zangori olov (gaz), zangori
kema (mashina), gapning tuzi (ma‘nosi), koʻzi ochildi (tushundi).
6. qoʻshma soʻz soʻz birikmasi bilan omonimlik tashkil qiladi: oqqovun (qovun
turi) - oq qovun (rang ifodasi), qizil urugʻ (rang ifodasi) – qizilurugʻ (qovun turi).
7. qoʻshma otlarning bir qismi (bir leksik-grammatik kategoriyadagi soʻzlarning
boshqa kategoriyaga koʻchishi) konversiya hodisasi bilan bogʻliq: muz yorar (muzni
yorib oʻtadigan paroxod), qoʻsh quloq (qoʻsh quloqli idish).
8. qoʻshma soʻzning komponentlari oʻz turgʻun tartibiga ega. Masalan otlarda,
odatda, aniqlovchi aniqlanmish: tishchoʻtka, kirsovun.
Soʻz yasash borasida qoʻshma soʻz atamasi juft soʻzlarni: yosh-qari (hamma)
qovun-tarvuz (poliz), erta - kech (doim); qisqartmalarni (BMT, XXR), shuningdek, soʻz
takrori yoʻli bilan hosil qilingan soʻzlarni ham oʻz ichiga oladi.
Abbreviatsiya yoʻli bilan soʻz yasash oʻzbek tilining keyingi davrda erishgan
yutuqlaridan biridir. Abbreviatura qoʻshma qisqartma soʻzlar boʻlib, ular bir soʻz kabi
qoʻllanadi. Oʻzi maxsus qoʻshimchalar ham oladi: Rayijrokomdan keldi. Soʻz yasashning
bu turi ot turkumiga xosdir.
Takror yoʻli bilan soʻz yasash (paqpaq, bibip, kuku) qadimgi koʻrinishdir.
Takror ikki xil:
1. Odatdagi takror.
2. Ikkilanish (udvoyeniya).
Oddiy takror ma‘noni kuchaytiradi, ekspressivlik beradi: tezroq-tezroq yur.
Oʻylab-oʻylab bir fikrga keldi. Ikkilanish soʻz qoʻshishning bir koʻrinishi boʻlib
takrorlanayotgan elementlarining bir xilligi bilan xarakterlanadi: Tur-turi boshlandi, bibip
kelyapti, qoch-qoch tugadi.
Takror soʻz yasash vositasi boʻlganida, soʻz qoʻshish hodisasi bilan oʻxshashlik
tugʻdiradi. qiyoslang: Kuku (qush), Koʻksuv (joy oti). Grammatik vosita boʻlganida esa
affiksatsiya bilan yaqinlashadi: Kim-kim keldi? - Kimlar keldi? – koʻplik ma‘nosi
ifodalanadi.
Takror yoʻli bilan yasash bir qancha koʻrinishlarga ega.
1. Taqlid soʻz ikkilanib, shu tovush bilan xarakterlanadigan
predmetning nomi
hosil qilinadi: shaqshaq (qush), tutu (tovuq), pat-pat (motosikl).
2. Ot turkumiga xos soʻzlar ikkilanib, shu soʻz ifodalagan predmet bilan
bogʻlangan oʻyin nomi hosil qilinadi: ot-ot, xola-xola, kino-kino.
Juft soʻzlar strukturasiga koʻra ikkilanish yoʻli bilan yasalgan soʻzlarga ancha
oʻxshasa qam, aniqlovchilik tipidagi qoʻshma soʻzlardan
bir qancha tomonlari bilan
ajralib turadi. Ular quyidagilar:
1. Juft soʻzlar orasidagi bogʻlanish tenglanish asosida, qoʻshma soʻzlarda esa
tobelanish asosidadir. Chogʻishtiring: eski-yangi eski va yangi (har xil), katta-kichik,
katta va kichik (hamma); belbogʻ, koʻzoynak.
2. Juft soʻzlar bir turkum doirasida boʻladi. qoʻshma soʻzlar turli soʻz
turkumlaridan ifodalangan boʻlishi mumkin. Chogʻishtiring: qovun-tarvuz, eski-yangi,
beshotar, oqtepa.
3. qoʻshma soʻz bir bosh urgʻuga ega boʻladi, juft soʻzlarda
har ikki komponent
ham urgʻuli boʻladi.
Juft soʻzlarning asosiy semantik xususiyati umumlashtirish, jamlikni bildirishdir:
erta-kech (doim), olma-oʻrik (hoʻl mevalar), jiyda-mayiz (quruq mevalar).
Demak, juft usuldagi soʻz yasalishida birinchidan, juftlangan soʻz yangi ma‘no
berishi kerak. Ikkinchidan, shu tilda umumlashtiruvchi leksik ma‘no ifodalashi kerak:
ota-ona, er-xotin, kelin-kuyov juft soʻz yasalishi emas. Ular rus tilida roditeli, suprugi,
molodojyoni ma‘nosini beradi. Bularda umumlashtiruvchi leksik ma‘no yoʻq.