qoʻshimchalar tashqi tomondan fonetik strukturasiga koʻra bir unli (tinch+i), bir
undosh (tila+k, tuga+l), unli va undosh (daftar+im), undosh va unli (xato+si), undosh -
unli -undosh (yaxshi+lik) va boshqalarga boʻlinadi.
qoʻshimchalarning kelib chiqishi. Bu hodisa soʻzlarning taraqqiyot yoʻli bilan
bogʻliq.
1. qoʻshimcha mustaqil soʻzdan kelib chiqqan (boradigan -borib turgan -turgan -
digan; -dir
2. Bir qoʻshimchaning fonetik varianti bora-bora ma‘no va vazifa jihatidan
farqlanib ikki qoʻshimcha tugʻilgan (-gan sifatdosh uchun, -qin ot va sifat uchun:
qochqin, toshqin, qizgʻin, yongʻin).
3. Bir qoʻshimchaning urchib, ikki qoʻshimcha boʻlib ketishi kitobcha (kichik
kitob), mingtacha (taxmin: -cha urgʻusiz).
4.
qoʻshimchalarning
qoʻshilishidan
(-chilik:
moʻlchilik,
-garchilik:
yogʻingarchilik). Koʻpgina qoʻshimchalarning paydo boʻlish yoʻllari hali aniq emas.
Boshqa tillardan ham qoʻshimchalar olinadi (-zor, -bon, -don tojik tilidan olingan).
Prefikslar haqida. qoʻshimchalar oʻzbek tilida suffiks xarakteridadir. Oʻzak
ketiga qoʻshiladi. Prefikslar boshqa tillardan kirgan (antifashist, beish, notoʻgʻri kabi).
qop-qora, kap-katta kabi soʻzlarning bosh qismi (kop, kap) prefiks emas. Ular aslida
oʻsha oʻzakning bir qismining takrorlanishidir. Oʻzbek tilida infiks (oʻzak ichiga
qoʻshiladigan qoʻshimcha) yoʻq. Demak, qoʻllanish oʻrniga koʻra qoʻshimchalar ikkiga
boʻlinadi: suffikslar va prefikslar.
Dostları ilə paylaş: