6-modul. OʻQuvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatish


Oʻqish darslarida matn ustida ishlashda PIRLS topshiriqlari



Yüklə 407,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix14.06.2023
ölçüsü407,75 Kb.
#130134
1   2   3   4   5   6
6-modul. O Quvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni

 
Oʻqish darslarida matn ustida ishlashda PIRLS topshiriqlari. 
 
PIRLS(Progress in International Reading Literacy Study - xalqaro oʻqish 
savodxonligini oʻrganishdagi yuksalish)-bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda 
tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunush darajalari sifatini 
baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5yilda bir marta 
oʻtkazishga moʻljallangan boʻlib, 2021-yil uchun moʻljallangan tadqiqotlarda 
Oʻzbekiston oʻquvchilari ham ishtirok etishi boshlangʻich ta’lim oʻqituvchilariga 
katta mas’uliyat yuklaydi.
Bu muhim vazifani amalga oshirish oʻqituvchidan ta’limga yangicha 
yondashuvni, faollikni talab etadi. Shu oʻrinda oʻquvchini xalqaro baholash 


12 
darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash mumkun degan savol 
koʻpchilikni oʻylantiradi.
PIRLSga tizimli tayyorlashda sinfdan tashqari oʻqish, mustahkamlash, 
takrorlash darslari hamda toʻgaraklarning oʻrni juda muhim. Bunda oʻquvchining 
dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashi, obrazli tafakkurini rivojlantirish 
oʻta muhim hisoblanadi. Albatta bu ishda ota- onaning oʻz oʻrni bor. Oilada kattalar 
kitob oʻqisa, bola ham bora-bora ularga ergashadi. Yoshiga munosib kitoblarni olib 
berishda oʻqituvchi tavsiyasiga amal qilish foydali hisoblanadi. Boʻsh vaqtida bola 
oldi-qochdi seriallar, multfilmlar emas, bolalar uchun ishlangan mantiqqa boy 
filmlar, hayvonot va nabotot dunyosi haqidagi koʻrsatuvlarni kuzatib borishi ham 
yaxshi samara beradi.
Sportning deyarli barcha turlari, ayniqsa shaxmat oʻquvchining diqqatini 
oshirishiga, maqsad sari olgʻa intilishga, mustaqil qaror qabul qilish layoqati 
shakllanishiga yordam beradi.
Dars jarayonida yoki bola bilan muloqot qiladigan tanaffuslar chogʻida uning 
toʻgʻri yoki notoʻgʻri fikrini tinglab, toʻgʻri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarish 
oʻta muhim. Oʻqituvchining oʻquvchidan adabiy tilda gapirishini talab etishi 
oʻquvchining oʻz ustida yanada izlanishini taqozo etadi va bu kitobxonlik sari yoʻl 
ochib beradi.
Sinfdan tashqari oʻqish darslarini tashkil etishda, oʻquvchiga oʻqiladigan 
materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, oʻquvchi dam oladigan shanba, yakshanba 
kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati oʻta muhim. .
I. 
Asar mazmuni bilan tanishgan oʻquvchi tayyorgarlikning keyingi 
bosqichlarida qiynalmaydi.

Yüklə 407,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin