6-modul. OʻQuvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatish



Yüklə 407,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix14.06.2023
ölçüsü407,75 Kb.
#130134
1   2   3   4   5   6
6-modul. O Quvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni

AXBOROT MATNI 
Pingvinlar sayyoramizning janubiy 
yarimsharida yashovchi gʻaroyib, bir 
qarashda besoʻnaqay boʻlib koʻrinuvchi 
jonivorlardir. 
Lekin 
ular 
faqat 
quruqlikdagina besoʻnaqaydir. Hayotining 
katta qismini suvda oʻtkazadigan bu 
qushlar, suvdagina oʻzlarini yaxshi his 
qiladilar 
va 
mohirona 
ov 
qiladilar. 
Pingvinglar hayoti juda mashaqqatli, juda 
past harorat sharoitidan ularniteri ostidagi 
qalin yogʻ qatlami va qalin patlari sovuqdan 
asraydi. Patlarning oq- qora ranglari ham 
ularni asraydi. Orqa tomonidagi qora rang 
quyosh 
issiqligini 
yutib 
qoʻshimcha 
energiya toʻplaydi. Pingvinlar qanday 
yuradi?
Pingvinlar 
boʻyi 
1metrgacha, 
ogʻirligi 
30 
kilogrammgachayetadi. 
Albatta ularga yurish qiyin. Yurishda 
qushlarga tayanch vazifasini bajaruvchi 
dumi yordam beradi. Pingvinlarning 
koʻpayishi 
hayotidagi 
juda 
qiziq 
bosqichdir. Urgʻochi pingvin 1 ta tuxum 
qoʻyadi. Erkagi uni bostirib turadi. Ona 
pingvin bu paytda oʻziga yemish topish 
uchun dengiz tomon yoʻl oladi. Baxtli 
ota tuxumni qorin xaltasida yashirib 
qoʻyadi. Energiyani tejash maqsadida 
pingvinlar birbiriga juda yaqinlashib, 
ba’zan joy almashlab toʻda hosil 
qiladilar. Ikki oydan keyin esa uzoq 
kutilgan polapon dunyoga keladi.
Agar toʻda yuzlab, ba’zan minglab qushlardan iborat boʻlsa, bu jarayonda 
tushunmovchilik kelib chiqadi. Pingvinlar bolasini qanday tanib oladi?Hammasi 
juda oddiy. Pingvinlar bizga turlicha koʻrinsada, bolasini qichqirigʻiga qarab taniydi. 
Mitti pingvin onasi chaqirgandan keyin biror mazali narsa bilan siylashini biladi. 
Urgʻochi pingvin kichkintoyini oshqozonidagi ezilgan baliq, krevetka, mayda 
qisqichbaqasimonlar bilan oziqlantiradi. Bu jarayon polapon 2 oylik boʻlgunicha 
davom etadi. Pingvinlar qanday raqsga tushadilar?
Buni ular nima uchun va qachon qilishadi?


18 
Pingvinlaroʻz raqslarini urgʻochi pingvin uchun, hudud uchun, yemish uchun, 
ba’zan shunchaki yakkakurashalrda ga’laba qozongach ijro etadilar. Shuning uchun 
bu raqslarni gʻalaba raqslari ham deb ataydilar. Raqs paytida erkak pingvin u bilan 
hazillashmaslik kerakligi haqida qichqiriqlar yordamida izhor qilib turadi. Boshqa 
pingvinlar bu ogohlantirishlardan keyin raqqos bilan jangga kirishishga jur’at ham 
qilolmay qoladilar.
Pingvin matniga savollar
1. Pingvinlar sayyoramizning qaysi yarimsharida yashaydilar?
a. shimoliy yarimsharida
b. janubiy yarimsharida
d. shimoliy va janubiy yarimsharida
2. Pingvinlar hayotining asosiy qismini qayerda oʻtkazishadi? 
a. quruqlikda
b. suvda
d. muzlikda
e. togʻda
3. Juda past haroratsharoitida hayot kechirishda pingvinlarga nima yordam 
beradi?
a. toʻyimli ozuqa
b. qalin patlar va qalin yogʻ qatlami
d. tezsuzish mahorati
e. patlarning oq-qora rangi
4. Pingvinlarga yurishga nima yordam beradi?
a. qanoti
b. gavdasi
d. dumi
e. panjasi
5. Urgʻochi nechta tuxum qoʻyadi?
a. 2
b. 3
d. 1
e. 4
6. Pingvinlar bolasini qanday taniydi?
a. rangiga qarab
b. ovoziga qarab
d. hidiga qarab
e. koʻziga qarab
7. Pingvinlarga yurish nega qiyin ekanligini tushuntir?
8. Qanday voqea munosabati bilan pingvinlar gʻalaba raqsini ijro etishadi?
9. Urgʻochisi bolasini nima bilan boqadi?
a. suvoʻtlari va oʻsimliklar
b. ezilgan baliq va krevetka
d. goʻsht bilan
e. sut bilan


19 
10. Erkak pingvinlar tuxum bosayotganda bir-biriga yopishib, ba’zan joy 
almashib toʻda qilsh sababini tushuntir.
11. Gʻalaba raqsini ijro etib pingvin nima haqida ogohlantiradi?
12. Pingvin boʻyi va ogʻirligini yoz?
13. Pingvin toʻdasining miqdorinibelgila?
14. Nima deb oʻylaysan, pingvinlar bizning mahalliy sharoitda yashay 
oladimi? Nima uchun?
Testlarga javobni izlashda, savol strukturasiga ahamiyat berish juda muhim. 
Tajribali kitobxon savolning oʻzidan javobni topa olishi mumkin boʻladi.
Tajribasiz kitobxon esa bu borada qiynaladi. Har bir oʻqilgan asarni nafaqat 
oʻqib balki, uni miyada chuqur “hazm qilish” va baholay olish yaxshi samara beradi. 
Bolada tanqidiyva mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda kattalar tomonidan oilada, 
maktabda uning ham shaxs sifatida oʻz fikri borligini inobatga olish juda muhim. 
Xatofikrlarini ota-onalar, oʻqituvchilar bosiqlik bilan tinglab tushuntirishlari katta 
yoshlilardan tolerantlikni, sabrni talab qiladi. Ba’zan esa hayotning oʻzi ham 
xatolarimizni tan olishga majbur etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish 
savodxonligini baholash”. metodik qoʻllanma. -T.: Sharq, 2019.
2. www. ziyonet. uz.
3. www. kitobxon. com 4. www. marifat. uz  

Yüklə 407,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin