6-modul. OʻQuvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatish


Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab oʻqish matnni tasvirlash



Yüklə 407,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix14.06.2023
ölçüsü407,75 Kb.
#130134
1   2   3   4   5   6
6-modul. O Quvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni

Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab oʻqish matnni tasvirlash 
usullaridan foydalanish. 
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi tahlil qilishdir. Bu bosqichning 
vazifasi: syujet rivojining sabab natija bogʻlanishini belgilash, ishtirok etish 
shaxslarning xulq-atvorini va asosiy xususiyatlarini aniqlash, asar kompozisiyasini 
ochishdir. Tahlil jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi. 
Tanlab oʻqish. Bunda oʻquvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini 
oʻqiydi. Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab -natija 
bogʻlanishim belgilash, badiiy xususiyatini ochish, oʻqilgan matnga oʻz shaxsiy 
munosabatini ifodalashdan iborat boʻlishi mumkin. 4-sinfda “Tabiatdagi 
oʻzgarishlar berilgan qismlarini topib oʻqing (Oltin kuz)”, “Taqachining nasihati”ni 
oʻqing. 
Tanlab oʻqish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U oʻquvchilarda 
yaxshi oʻqish sifatlarini oʻstirish bilan ularning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini 
oʻstirishga yordam beradi. 
Berilgan savolga oʻz soʻzi bilan javob berish. 
Mashqning bu turi oʻquvchilarda oʻqilganlar yuzasidan muhokama yuritish 
koʻnikmasini oʻstirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga muallif tasvirlagan 
hayotiy lavhalar bilan asar gʻoyasi oʻrtasidagi bogʻlanishni aniqlashga imkon beradi. 



Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan va muayyan 
izchillikda boʻlishi kerak. SHu bilan bir qatorda oʻquvchilarning mustaqil fikrlashga 
oʻrgatilishi lozim. Boshlangʻich sinf darsliklarida savollarga javob berish ish turiga 
katta oʻrin berilgan. Oʻqituvchining vazifasi ana shu savollardan unumli foydalanish 
va ijodiy xarakterdagi savollarni ko ’proq berishi talab etiladi. 4-sinfda “Qodir bilan 
Sobir” matni yuzasidan oʻquvchilarni oʻz fikrini aytishga undovchi Sobir oʻqishdan 
kechikish sababini ochiq aytib toʻgʻri qildimi? Uning oʻrnida siz boʻlganingizda 
nima qilardingiz? kabi savollar oʻquvchil arning fikrlash qobiliyatlarini, ogʻzaki 
nutqlarini oʻstiradi va matnni yaxshi oʻzlashtirishlariga olib keladi. 
Oʻquvchilarni savol berishga oʻrgatish. 
Metodistlarning fikricha, toʻgʻri berilgan savolda yarim javob tayyor boʻladi. 
Oʻquvchilar matnni ongli oʻzlashtira olsalargina, u yuzasidan savol bera oladilar. 
Oʻquvchilarni savol berishni oʻrgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 
Oʻquvchilar albatta savolni matn mazmuni bilan bogʻliq holda tuzishdan 
oʻrganadilar. Keyinchalik muhokama va ijodiy savollar berishni ham oʻzlashtirib 
oladilar. 
Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin: 1) soʻz bilan tasvirlash; 2) 
grafik tasvirlash. 
Soʻz bilan tasvirlash oʻziga xos murakkab ish turi boʻlib, unda manzarani soʻz 
yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda soʻzlarni aniq tanlashga e’tibor 
qaratiladi. Turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi koʻrinishini, 
voqea sodir boʻlgan joylarni tasvirlash topshiriq qilib berilishi mumkin. 
Matnni tasvirlashni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos 
qismini taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. 
Grafik tasvirlash koʻproq uyda bajariladi. Buning uchun oʻquvchilar tasvirlanadigan 
matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan oʻqib chiqadilar, mazmunini 
oʻzlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. 
Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishga, 
asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining 
oʻzaro bogʻlanishini tushunishda oʻquvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash 
oʻquvchilar nutqi va tafakkurini oʻstiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan 
qismlarga boʻlishga va har bir qismning asosini topishga oʻrganadilar. 
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod oʻrgatish davridayoq boshlanadi. 
Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn 
mazmuniga mosini topib qoʻyish hisoblanadi. Bunday mashqqa oʻrgatishda 
oʻqituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani 
tahlil qilib, u yoki bu saralavha nima uuchun mos yoki mos emasligini 
tushuntiradi. Reja tuzishga tayorgarlik ishining 2-turi oʻqituvchi rahbarligida tanlab 
oʻqish hisoblanadi, bolalar matndan oʻqituvchi bergan savolga javob boʻladigan 
oʻrinni topib oʻqiydilar. 
Reja tuzish osondan qiyinga tamoyili asosida asta murakkablashtirilib 
muayyan izchillikda oʻtkazib boriladi. 1-sinf oʻquvchilari oʻqilgan kichik matnga 
oʻqituvchi rahbarligida soʻroq gap tarzida sarlavha tanlash, 2-sinfda kichik 
maqolaning rejasini oʻqituvchi rahbarligida soʻroq yoki darak gap tarzida tuzish, 3- 



sinfda oʻqilgan matn rejasini jamoa boʻlib tuzish, 4-sinfda mustaqil reja tuza 
olishlari kerak. 
Rejaning eng oddiy formasi rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval 
bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni 
nomlashga oʻrgatiladi; keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning 
oʻzlari soʻz bilan tasvirlaydilar; hikoya oʻqiladi va qismlari boʻyicha tahlil qilinadi, 
soʻng oʻquvchilar matnning 1-qismini oʻqiydilar, oʻqituvchi ulardan qanday rasm 
chizishni soʻraydi, ish mana shu tarzda davom etadi. 
Oʻquvchilar rasmli reja tuzishdan logik reja tuzishga oʻtadilar, logik reja 
tuzish quyidagi izchillikda oʻrgatiladi: 
1. Oʻqituvchi qismlarga boʻlingan matn tanlab reja tuzadi va matn rejasini 
oʻrnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib 
qoʻyadi. Oʻquvchilar matnning 1-qismini oʻqiydilar, shu qism mazmuniga 
mos sarlavhani topadilar, uni oʻqituvchi xattaxtaning oʻng tomoniga yozadi, 
shunday qilib, xattaxtada oʻqilgan matnning rejasi hosil boʻladi. 
2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida 
har bir qismdagi asosiy qismni aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, 
oʻqituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. 
3. Qismlarga boʻlinmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida 
xattaxtaga yoziladi. Oʻquvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, 
matnni qismlarga boʻlish topshiriladi. Ular matnni oʻqiydilar, 1 -sarlavhaga 
tegishli qismni ajratadilar, keyingi qism ham shunday belgilanadi. 
Qismlarga boʻlinmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga 
yoziladi. Oʻquvchilarga yuqori qismlarga boʻlish topshiriladi. Oʻquvchilar matnni 
oʻqib nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan 
tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. 
Reja tuzish uchun soʻroq va darak gaplardan va ayrim hollarda atov gaplardan 
foydalanish mumkin, faqat har bir rejada bir turdagi gaplar ishlatilishi zarur. 
Shunday qilib, oʻquvchilarda matn ustida ishlash koʻnikmasini shakllantirishda ular 
diqqati ishning mazmuni va bajarish yoʻllariga qaratiladi. 
Boshlangʻich sinflarda 
badiiy asar turlaridan hikoya
, she’r, ertak, masal, maqol 
va topishmoqlar amaliy ravishda oʻrganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy- ommabop 
maqolalar ham oʻqitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari 
jihatidan oʻziga xos hususiyatlarga ega boʻlib, oʻquvchilarga ta’siri ham har xil 
boʻladi. SHunga koʻra, turli janrdagi badiiy asarlarni oʻqishda oʻqituvchi unga mos 
metodlar tanlashi talab etiladi. 
Hikoya kichik hajmli badiiy asar boʻlib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir 
voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya koʻpincha 
kishi hayotida boʻlgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan 
ortiqroq hayotiydir”. 
Hikoya mazmunan boshlangʻich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik 
yoshdagi oʻquvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi koʻrinishi, portret 
tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar koʻproq qiziqtiradi. SHuning uchun 



bolalarni badiiy asar turi boʻlgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini 
tushuntirishga bogʻlab olib boriladi. 
Boshlangʻich sinflarda hikoyani oʻqishga bagʻishlangan izohli oʻqish 
darslarida oʻqilgan hikoya mazmunini ochish, lugʻat ustida ishlash, oʻqilgan matnni 
qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni, odatda, 
savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati 
va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan boʻladi. Soʻroqlardan ikki maqsadda: hikoya 
mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-
hodisalar, xatti-harakat oʻrtasidagi bogʻlanishlarni aniqlash va umumlashtirish 
uchun foydalaniladi. 
Hikoyani oʻqish darsida oʻquvchilar ma’nosini tushunmaydigan soʻz va 
iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda, ular hikoya mazmunini 
tushuna olmaydilar. Soʻz ma’nosini tushuntirishga koʻp vaqt sarflamay, asar 
mazmunini tushunishda eng zarur boʻlgan soʻzni qisqa izoh berish bilan 
tushuntiriladi. 
Hikoyani oʻqishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda oʻquvchilar 
nutqini oʻstirish markaziy oʻrin egallaydi. Hikoya oʻqilgach, oʻquvchilar oʻylashi, 
oʻz mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. Oʻqilgan 
asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan- 
yoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim 
yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. SHundan keyingina 
hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g ’oyasini bilib olishga 
yordam beradigan savollardan foydalaniladi. 
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni toʻliq tushuntirishga berilib ketib, 
qatnashuvchilarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari 
e’tibordan chetda qolmasligi lozim. 
Savollarni, odatda, oʻqituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi 
shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan oʻquvchilarga ham savol tuzdirish juda 
foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi; asar mazmunini yaxshi 
tushunish, mazmun va voqealar orasidagi bogʻlanishni toʻliq esda saqlab qolishda 
oʻquvchilarga yordam beradi. 
Hikoyani oʻquvchilar yaxshi oʻzlashtirishlari, unda ilgari surilgan gʻoyani bilib 
olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab oʻqish, savoll arga javob berish, 
hikoya qismiga oʻzlari savol tuzishi, soʻz bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, 
qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali oʻqishga tayyorlanish kabi ish 
turlaridan foydalaniladi. 
Kichik badiiy hikoyani izohli oʻqish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti 
sxemasi e’tiborga olinadi: 
1. hikoyani oʻqishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, 
davrga qisqa xarakteristika...); 
2. hikoyani (toʻliq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) oʻqituvchi yoki 
oldindan tayyorlangan oʻquvchining ifodali oʻqishi; 
3. idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar 
va voqealar oʻrtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat); 



4. hikoyani qayta oʻqish (hikoyani qismlarga boʻlish, oʻquvchilarga oʻqitish, 
ayrim soʻzlar ma’nosini tushuntirish); 
5. hikoyaning har bir boʻlimi yuzasidan suhbat oʻtkazish va sarlavha topish; 
6. hikoyaning ayrim boʻlimlarini ifodali oʻqish; 
7. reja asosida qayta hikoyalash; 
8. hikoyani ifodali oʻqishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki 
uyda); 
9. hikoyani ifodali oʻqish va ifodali qayta hikoyalash. 
Bu hikoyani oʻqish darsi rejasining varianti boʻlib, oʻzgarishi ham mumkin. 
Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani oʻqish darsida uning mazmu nini, 
asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida 
oʻquvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham koʻzda tutiladi va ifodali 
qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi. 

Yüklə 407,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin