6-modul. OʻQuvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatish


II.  Asar mazmuni asosida savol-javob oʻtkaziladi. Asar qismlariga ajratilib,  har bir qismga oʻquvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi



Yüklə 407,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü407,75 Kb.
#130134
1   2   3   4   5   6
6-modul. O Quvchilarni pirls topshiriqlari asosida badiiy asarni

II. 
Asar mazmuni asosida savol-javob oʻtkaziladi. Asar qismlariga ajratilib, 
har bir qismga oʻquvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi.  
III. Tuzilgan reja asosida asar mazmuni soʻzlatiladi. Soʻzlash jarayonini 
qiziqarli oʻtkazish uchun “Ikki xil tanlov” metodidan foydalanish oʻrinli. 
Masalan, Franz Hohlerning “Gʻaroyib tun” hikoyasini oʻrganish 
jarayonida yoʻlakni, timsohni, eshik ortida turgan qizchani, jurnaldan 
chiqayotgan flamingolarni tasvirlab turib hikoyalash mumkin.  
IV. 
Oʻrganilayotgan 
asardagi 
voqealar 
ketma-ketligini 
yanada 
mustahkamlash maqsadida“ Charxpalak” metodidan ham foydalanish 
oʻrinli. Bunda asar matni jadvalda aralash holda beriladi.  


13 
 
 
Har bir qism raqamlanadi. Masalan:1, 2, 3, 4, 5. Raqam joylashgan xona, 
asardagi gap roʻbarosiga “+”belgisi qoʻyiladi.
Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir oʻquvchi tilni tushunishi va 
badiiy shakllarni bilishi kerak. Axborot va badiiy matnlar ustida ishlash 
oʻquvchilardan tabiiy , ijtimoiy , matematik bilimlarni puxta oʻzlashtirishni talab 
etadi. Quyida berilgan topshiriqlar ustida ish olib boriladi.


14 
Badiiy matn. Permyak Yevginiy 
Andreevich “Tanish izlar’’ Nikitaning 
bobosi bogʻbon.
Boʻsh vaqtlarida ov qilishni 
sevadi. U yaxshi ovchi ham edi. 
Oʻrmon 
sirlarini 
yaxshi 
biladi. 
Nevarasini ham birga olib yurganda, 
oʻrmondagiizlarni koʻrsatardi koʻrsatib 
turib, shunday deb takidlardi:-Asr 
yasha , asr oʻrgan va bil. Bilim hech 
qachon ortiqchalik qilmaydi.
Nikita bobosini tinglab, oʻzicha 
oʻylardi: “Barcha keksalar bolalarga 
aql berishga usta. Hayvon izlarini bilish 
menga nima keragi bor, qachonki men 
mashinist 
boʻlmoqchiman. 
Elektr 
poyezdlarini haydayman”. Nikita faqat 
poyezdlar 
haqida 
oʻylardi. 
Elektrovozlardagi har bir bolt, har bir 
qismni koʻzdan kechirardi. Bolalar ham 
u bilan poyezdlarni tomosha qilgani borishardi. Bir marta bekatdan qishloqqa toʻgʻri 
yoʻldan oʻrmon orqali qaytishga toʻgʻri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo.
Birinchi qor ustidan quvnoq yugurib ketdilar. Qor ustida esa turli xil izlar. Izlar 
nimaniki ekanligini bolalar bilishmay ustida yugurishadi. Balki tulkini yoki yovvoyi 
ehkini koʻrib qolisharmidi?!Quyonni koʻrib qolishsa ham ajab emas. Izlar ustida 
yugura-yugura oxiri adashib qolishdi. Bolalar qoʻrqib ketishdi . Kimdir hatto 
yigʻladi ham.
-Bu sening gaping bilan boʻldi, Nikitka…Endi oʻrmondan qanday chiqib 
olamiz?
Axir odam yuradigan yoʻlkalar qor bilan qoplandi. Nikita jim, oʻzini oqlamadi. 
Balki biror kishi bu kimsasiz oʻrmonda uni “eshitarmi” deb oʻylardi. Birdan Nikita 
qor ustida izlarni koʻrib qoldi. Bobosi koʻrsatgan koʻp izlardan faqat shu izlarni esda 
saqlab qolgan edi. 


15 
-Ure, bolalar!-qichqirdi Nikita. -Mening izimdan yuringlar. Sizlarni yashash 
joyiga olib boraman. Bolalar Nikita koʻrsatgan izlar ortidan uzoq yurdilar va yashash 
manziliga keldilar. Oʻrmon qoʻriqchisining uyiga. Qoʻriqchining uyidan 
qishloqqacha esa qatnov yoʻli. Tunda ham adashmaysan.
-Sen bizni qanday izlar orqali olib 
chiqding ?- soʻrashdi bolalar Nikitadan .
-It izlari orqali, -javob berdi u.
-It izlari doim yashash joyiga olib 
keladi. Chunki it oʻrmonda qancha 
yugurmasin, albatta uyga qaytadi. Buni 
menga buvam oʻrgatganlar. Nikita uyga 
charchab qaytgan boʻlsada, juda baxtli edi. 
Bir lahza u bobosini qattiq quchoqlab oldi 
va qulogʻiga nimalardir deb pichirladi. 
Balki 
mehribon bobosiga 
“rahmat” 
aytgandir.
“Tanish izlar” matniga savollar.
1. Nikitaning bobosi boʻsh vaqtida nimani yoqtirardi?
a. baliq tutishni
b. gazeta oʻqishni
d. ov qilishni e. televizor koʻrishni


16 
2. Oʻrmonda bobosi Nikitaga nimalarni koʻrsatardi?
a. hayvonlarni
b. izlarni
d. daraxtlarni
e. tabiatni
3. Izlarni koʻrsatib turib, bobosi Nikitaga nimani ta’kidlardi?
4. Nega Nikita bobosining hayvon izlari haqidagi gaplarini tinglamasdi?
5. Bolalar bekatda uyga oʻrmon orqali kelayotganlarida nima sodir boʻldi?
a. ular uxlab qolishdi
b. ular ovqatlangani oʻtirishdi
d. ular adashib qolishdi
e. ular ota-onalariga qoʻngʻiroq qilishdi
6. Bolalarning oʻrmondagi qoʻrquvi, hayajoni aks ettirilgan gaplarni topib 
yozing
7. Bolalar oʻrmonda qaysi hayvonlarni uchratishni xohlashdi?
8. Bolalarni oʻrmonga qanday kayfiyat olib kirdi?
a. qoʻrqinchli
b. xush
d. ezgin
e. hechqanaqa
9. Nikita bolalarini oʻrmondan nimaning izlariga qarab olib chiqdi?
a. bobosining izlariga qarab
b. itning izlariga qarab
d. quyon izlariga qarab
e. oʻzining izlariga qarab
10. Itning izlariga qarab, yasash manziliga yetib olish mumkin ekanligiga isbot, 
dalil keltir
11. Nikita uyga qaytganida holati qanday edi?
12. Nima deb oʻylaysiz, Nikita bobosining qulogʻiga nimalar deb pichirladi?
13. Hikoyada Nikitaning qaysi hatti- harakati ushbu hikmatga toʻgʻri keladi . 
“Bilgan ergashtiradi, bilmagan ergashadi”
14. Hikoya nimaga oʻrgatadi?
a. kattalr nasihatiga quloq tutish
b. har narsani kuzatib borish
d. noxush vaziyatlarda hayajonlanmaslik
e. minnatdor boʻlish


17 

Yüklə 407,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin