Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023 23
Tezkorlikni rivojlantirish yoki bu qobiliyatni individdagi mavjud holati
(dasturi)ni bir ma’romda ushlash qarishni oldini oladi. Organizm-dagi mavjud
tezkorlikni darajasini ushlash yoki rivojlantirish keskin harakatlar, “portlash kuchi”
namoyon qiladigan, mashqlarni tez va harakat sur’atini susayishi sodir bo‘lgungacha
bajarish bilan mashq qilish orqali rivojlantiriladi. Tezkorlik sifati uchun mashqlarni
bajarishdan so‘ng takrorlashning samarasi bo‘lmaydi. Mashg‘ulotlarni tayyorlov
qismidan so‘ng tezlik talab qiladigan mashqlar bajariladi, mashq qilinadi. Bu harakat
sifatini rivojlantirish mashqlarini mashg‘ulotlar oxirida bajarishni foydasi yo‘q.
XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir shug‘ulla nuvchi harakatning o‘zi
uchun mos bo‘lgan r a t s i o n a l texnikasini axtarishi, topish va uni egallashida
faqat mexanika qonunlariga tayanish bilan cheklanmay, harakatning, materiyaning
eng yuqori shakllariga, ulardan biri bo‘lmish biologik qonuniyatlarga tayanishiga
to‘g‘ri keladi.
Maktab o‘quvchilarining jis-moniy tarbiyasi va uni tarkibida amalga
oshiriladigan jismoniy tayyorgarlik jarayoni inson organizmidagi zaruriy harakat
sifatlari haqidagi boshlang‘ich bilimlar STT jismoniy madaniyatining amaliy
malakalari va nazariy bilimlarining asosi hisoblanadi. Har bir shaxsning jismoniy
qobiliyatlari darajasi haqida aniq belgilangan bilimga ega bo‘lishi jismoniy
madaniyat sohibligiga zamin tayyorlaydi.
Maktab yoshidagilar uchun tezkor kuch harakat sifatini rivojlantirish,
tarbiyalash uchun mashg‘ulotlarga tizimli qatnashishga ruxsat 14 yoshga to‘lgandan
so‘ng beriladi. Odatda tanasi ko‘rinishi, qaddi-qomatini chiroyli bo‘lishini orzu
qilgan o‘smirlar, yoshlar, boshqachasiga aytganda kuch talab qiladigan mashqlar
bilan shug‘ullanishni xush ko‘radiganlar - yoqtiradiganlar “atletlar gimnastikasi”,
“shtanga ko‘taruvchilar klublari”, “armreysling klubi”, “atletizm” sport seksiyalari
yoki sport klublariga a’zo bo‘ladilar.