Tezkorlik harakat sifati va unga oid qobiliyatlarni tarbiyalash metodikasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#130365
  1   2   3   4   5   6
tezkorlik-harakat-sifati-va-unga-oid-qobiliyatlarni-tarbiyalash-metodikasi



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
20 
TEZKORLIK HARAKAT SIFATI VA UNGA OID QOBILIYATLARNI 
TARBIYALASH METODIKASI 
Sh. Xudoyqulov 
Farg‘ona davlat universiteti talabasi 
ANNOTATSIYA 
Maqolada sportchilarning tezkorlik harakat sifati va unga oid qobiliyatlarni 
tana a’zolarini shu qismidagi mushaklarning kuchi, tez qisqarib, tez bo‘shashishi 
ham tezkorlik namoyon qilish orqali tarbiyalash yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: tezkorlik harakat sifati, harakat reaksiyasi, harakat tezligi-kuch, 
sog‘lom turmush tarzi, tezkorli, tezlik, morfo-kuch omili, tezkor-kuch chidamkorligi, 
kompleks mashqlar. 
ABSTRACT 
The article describes the quality of quickness of movement of athletes and the 
training of the related abilities of the body parts by showing the strength of the 
muscles in this part, fast contraction and fast relaxation. 
Key words: speed, movement quality, movement reaction, movement speed-
power, healthy lifestyle, fast, speed, morpho-power factor, speed-power endurance, 
complex exercises. 
KIRISH 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 5 mart kuni qabul 
qilingan “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvchi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida maktabgcha ta’lim 
muassasalari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari, 
oliy ta’lim muassasalari ustuvor yo‘nalish etib belgilandi. Jumladan, o‘quvchilar 
orasida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turi bo‘yicha trener-murabbiylarni 
jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar 
sport sprot maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik 
mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va 
milliy sport turlari bo‘yicha sinfdan tashqari sport to‘garaklari hamda seksiyalari 
mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 6 soatdan) lozimligi ta’kidlangan.
Mamalakatimiz kelajagi uchun sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga 
etkazishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati juda katta, so‘nggi yillarda 
jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu 
nuqtai nazardan o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy salomatligini 
shakllantirishning ularga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr 
muxabbatni singdirishning g‘oyat muxim sharti sifatida bolalar ommaviy sportni 
rivojlantirishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin