Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4/2), April, 2023 22
sog‘lom turmush tarzi jismoniy madaniyati mashg‘ulotlari orqali boyishini unutmang.
Yoshingiz o‘tgan sari tezkorlik qobiliyatingizni pasaya borishi qonuniyat. Uni
ushlash formulasi sifatida – tezkorlik namoyon qilish harakteridagi takroriy
yuklamalardan qochmasligingiz, tezlik talab qiladigan faoliyatlar bilan muntazam
oshno bo‘lishingiz zaruriyatdir.
Tezkorligingiz, vujudingizni alohida bo‘laklari (qismlari)ni yoki ularni
birgalashib bir butun bo‘lib, shu jihatingizni namoyon qila olishiga safargarlik bilan
bog‘liq. Bu jarayon hammada turlicha kechadi. Tezkorlik ham sizni jismoniy jihatdan
tayyorligingizni tarkibidagi harakat sifatlaringizdan biridir. Tezkorlik harakat
reaksiyasi vaqti, harakat tezligining kuchi, bajarayotgan harakatlarimizni yo‘nalishini
o‘zgartira olish tezligi, harakat-tayanch apparatimiz (oyoqlar va qo‘llarimiz) ning
tezligi, mushaklarimizni qisqarish uchun qo‘zg‘alishi (harakatchan-lik dinamikasi) va
boshqa qator holatlar tezlikni namoyon qilish uchun zarur. Tez harakatlanish uchun
yana ham zaruri bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi harakat markazi (yarim
sharlar po‘stlog‘ida shunday markaz bor)dan harakatlarimizni ijrosi uchun berilgan
buyruqni ijro organlariga yetkazib beradigan nerv tolalaridagi o‘tkazish qobiliyati
bilan bog‘liq. Bunday qobiliyat signalini nerv tolalaridan tez o‘tishi, uni yarim sharlar
po‘stlog‘ida yuzaga kelishi lozim bo‘ladigan vaqtli aloqa (signalni tahlil qilib unga
javob reaksiyasida) tezligi bilan bog‘liq. Bu jarayon genlarimiz orqali ota-
onalarimizdan merosligi, keyinchalik uni mashq qilish bilan trenirovkalardagi qayta
takrorlashlar orqali rivojlantirishimiz yaxshi natija berishi mumkin. 1-chizmada tezlik
namoyon qilishning tarkibiy elementlari berilgan.
Tezlik namoyon qilishning tarkibiy elementlari (1-chizma) Tezkorlik harakat sifatining tarkibiy elementlari
Rivojlantirish vositalari
Yurish, yugurishlar,
suzish, velosipedda
yurishlaradir
Sayr, eshkak eshish,
harakatli o‘yinlar
Futbol, basketbol, qo‘l
to‘pi, voleybol va boshqa
sport o‘yinlari
Harakat tezligi
- kuch
Harakat
reaksiyasi
Tana a’zolarining ayrim
bo‘laklarining tezligi
Asab tolalarining
o‘tkazuvchanligi darajasi
Harakat yo‘na-lishini
o‘zgartira olish tezligi
Mushaklarini tezlik
namayon qilishga
tayyorgarligi darajasi