Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish
N.O.Aripova
G.I.Ibragimova
D.M.Yadgarova
N.X.Usmanova
G.A.Turgunbayeva
TMI
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimining
amaldagi holatai va uni takomillashtirish yo’nalishlari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: pensiya, ijtimoiy nafaqa, ijtimoiy himoya, ish staji
Improving the pension system
N.O.Aripova
G.I.Ibragimova
D.M.Yadgarova
N.X.Usmanova
G.A.Turgunbayeva
Tashkent Financial Institute
Abstract: In this article, the current state of the pension system in our country
and directions for its improvement are studied.
Keywords: pension, social benefit, social protection, length of service
XXI asrga kelib pensiya ta’minoti tizimini isloh etish dunyoning barcha
mamlakatlari oldida tutgan dolzarb va muhim vazifalardan biriga aylandi. Pensiya
ta’minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi davlatning pensiyaga oid
majburiyatlarini bajarish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligidir va bu
muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi va
mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib
chiqib alohida kasb etadi.
Mamlakatimiz pensiya tizimini chuqur qiyosiy tahlil qilish va pensiya
ta’minotining modernizatsiyalashni nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tadqiq etish
ijtimoiy siyosatni manzilliligini kuchaytirishning dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga
ega bo’lgan ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda mustaqillikning
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1081
dastlabki yillarida bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy munosabatlarda turg’unlik
elementlarini kuchaytirib yubordi.
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti ishlab chiqarishini qisqarishi, ishsizlikni ortishi,
byudjet to’lovlari va aholi daromadlarini pasayishi pensiya tizimi faoliyatiga salbiy
ta’sir ko’rsatdi. Mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy holat, aholini pensiyaga
chiqqandan so’ng munosib turmush sifatini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatgan
inflyatsiyaning yuqori sur’atlari, aholi jamg’armalarini qadrsizlanishiga olib keldi.
Ushbu vaziyatda pensiya tizimi aholini kam ta’minlangan qismiga nisbatan ijtimoiy
muammolarni yumshatish vazifasini bajardi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakat strategiyasining asosini ham, avvalambor, inson manfaatlarini ta’minlash
bilan bog‘liq vazifalar tashkil qiladi.
Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan
to‘rtinchi yo‘nalish ko‘zda tutilgan bo‘lib, “... fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va
ularning salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy
yordam sifatini oshirish”
1
chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Hozirgi paytda pensiya ta’minoti tizimi eng muhim ijtimoiy himoya
institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat yuritishi mamlakatimizning
ijtimoiy farovonligi darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan
mamlakatimizda istiqboldagi demografik va makroiqtisodiy holatini o‘zgarishlarni
inobatga olgan holda pensiya tizimini takomillashtirib borish, pensiya tizimining
nodavlat shakllarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish, pensiya jamg’armasi
mablag’laridan samarali foydalanish, pensiya tayinlashda hisob-kitob ishlarini
soddalashtirish, pensiya tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlashda zamonaviy
usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Davlat pensiya ta’minoti tizimi davlatning ijtimoiy ta’minotini amalga oshiruvchi
asosiy mexanizm hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardanoq
aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning turmush darajasini oshirish va
moddiy ta’minotini mustahkamlash maqsadida davlat pensiya ta’minoti tizimini bozor
mexanizmlari orqali qayta tashkil etish va takomillashtirishga oid keng tarkibiy
o’zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda.
Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya jamg’armasi uchun daromad
manbalarining aniq belgilanganligi, mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi,
mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil,
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-
4947-sonli Farmoni.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1082
byudjetdan tashqari moliya-kredit tashkiloti ekanligi hamda ijtimoiy sug’urtaning
muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir (1-rasm).
1-rasm. Pensiya tizimining asosiy xususiyatlari
2
Pensiya ta’minoti iqtisodiy faol aholining ish joyi, mehnatga layoqati va
daromadini yo‘qotish bilan bog’liq turli xavf-xatardan ijtimoiy himoyalash shakli
hisoblanadi.
Davlatning nazorati asosida ish beruvchilar va ishlovchilarning maqsadli
badallaridan shakllanuvchi maxsus byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlardan
moliyalashtirilishi pensiya ta’minotining xususiyatli jihatidir. Shundan kelib chiqib
pensiya ta’minoti tizimining oldida quyidagi maqsadlar turadi:
- fuqarolarni keksalik davrida kambag’allikdan himoyalash;
- mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to’lanadigan ish haqi
miqdoriga proportsional tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan
daromadni ta’minlash;
- bu daromadni kelajakda turmush darajasining pasayishidan himoyalash.
3
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan markazlashtirilgan jamg’arish yoki
ishlovchilarning ish haqining bir qismini badal ko’rinishida pensionerlar foydasiga
undirish pensiya to’lovlari manbaning ishonchli asosini ta’minlaydi. Bu imkoniyat,
nafaqat, emissiya yo’li bilan, balki ijtimoiy siyosat doirasida zaruriy hollarda ish haqi
miqdorini joriy ish haqi va pensiya ajratmalariga taqsimlashga tegishli o’zgartirishlar
kiritish yo’li bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Bugungi kunda tadqiq etilayotgan avlodlar birdamligi, zamonaviy qayta
taqsimlash tamoyiliga asoslangan pensiya tizimi ishlovchilarning tegishli moliyaviy
muassasalarga xususiy pensiya jamg’armalar qilishlarini inkor etmaydi.
Ayniqsa, bu borada to’g’ri tashkil etilgan pensiya tizimi iqtisodiyotni
investitsiyalashning moliyaviy manbai bo’lib xizmat qilishi mumkinligini e’tirof
etishimiz zarur.
2
Abdurahmonov Q.X., Abdurahmanov X.X. Aholi turmush tarzi va daromadlari. O’quv qo’llanma. – T.: “TDIU”, 2011.
226-b.
3
Allayarov Sh.A., Toshmuxamedova D.A. Davlat pensiya ta’minoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2015. 248-b.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1083
Pensiya tizimiga ta’minot badallarini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi
yordami bilan individuallashtirilgan schetlardan foydalangan holda moliyaviy
ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o’ziga xosligi, belgilangan yagona
badallarni hisobga olgan holda pensiya miqdorini belgilash kabilar xosdir.
Umuman olganda, davlat pensiya ta’minoti o’zida fuqarolarni qarilikda, kasallik,
onalik holatlarida, boquvchisini va mehnatga layoqatini to’la yoki qisman
yo’qotganlikda, ishsizlik holatlarida moddiy ta’minlash bo’yicha konstitutsion
xuquqlarini ro’yobga chiqarish usulini aks ettiradi. Ishlovchi oladigan ta’minot
miqdori mehnat (ta’minot) staji, ish haqi miqdoriga, mehnat qobiliyatini yo’qotish
darajasiga bog’liq bo’ladi va amaldagi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat pensiya ta’minotini tashkil etish quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
- ijtimoiy ta’minotning majburiyligi va ixtiyoriyligining birligi;
- davlat, ish beruvchi va yollanma ishlovchilarning ijtimoiy hamkorligi;
- shaxsiy daromadlar va mehnat qilish qobiliyatini yo’qotishni qoplash;
- maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalarni shakllantirish va ulardan samarali
foydalanish;
- ta’minot faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bilan o’zini o’zi tartibga
solishning birligi;
- ijtimoiy ta’minotning asosiy subektlari hisoblangan ta’minlovchilar va
ta’minlanuvchilarning o’zaro munosabati;
- iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolatlilikning mutanosibligi;
- fuqarolarni ta’minlashda ijtimoiy birdamlik va individual javobgarlik.
Pensiya ta’minotining eng muhim iqtisodiy funktsiyasi mehnat resurslarini takror
ishlab chiqarish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Pensiya ta’minoti
- davlatning ijtimoiy ta’minot siyosatining muhim va ajralmas qismidir. Shu nuqtai
nazardan, ijtimoiy ta’minot tizimi jamiyatda ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash, siyosiy
barqarorlikni vujudga keltirish va ta’minlab turishning asosiy shart-sharoitlaridan
biridir.
Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish ijtimoiy xavf-xatarni, ya’ni ijtimoiy
ta’minotning o’zaro bog’langan asosiy mustaqil shakllarini ajratishni talab etadigan
himoyaning funktsional belgilarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bu
nafaqa va pensiyalar to’lash uchun mablag’larni shakllantirish va sarflashdagi
manzillilik, shuningdek mehnat qobiliyatini yo’qotishni profilaktikalash uchun
tashkiliy va moliyaviy shart-sharoit yaratish imkonini beradi.
Pensiya tizimiga sug’urta badallarini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi
yordami bilan individuallashtirilgan schetlardan foydalangan holda moliyaviy
ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o‘ziga xosligi, belgilangan yagona
badallarni hisobga olgan holda, pensiya miqdorini belgilash kabi belgilar xosdir.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1084
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, pensiya ta’minoti tizimi - bozor iqtisodiyoti
sharoitida fuqarolarni qarilik, kasallik, mehnat qobiliyatini to‘la yoki qisman yo‘qotish,
boquvchisini yo‘qotganlik, ishsizlik holatlarida moddiy ta’minlanishlariga bo‘lgan
konstitutsion huquqlarini ro‘yobga chiqarishni ta’minlashi lozim bo‘lgan asosiy
ijtimoiy himoya institutlaridan biridir. Olinadigan mablag’lar miqdori sug’urta
(mehnat) staji davomiyligi, ish haqi miqdori, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik
darajasiga bog’liq bo‘ladi va qonun asosida tartibga solinadi.
4
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng qo‘llaniladigan, ijtimoiy
kafolatlar tizimi va moliyaviy institutlarni tashkil qilish vositalari va tamoyillari,
atamalari, ijtimoiy va kasbga oid xavf-xatarlar, sug’urta badallari va to‘lovlarning
ekvivalentligi, ijtimoiy xavf-xatar va sug’urta tariflarining bog’liqligi, shuningdek
ushbu tizimning boshqa klassik elementlari - aholini ijtimoiy himoyalashning hayotiy
muhim tartibga soluvchisi emas, balki mavhum kategoriyalar sifatida tasavvur
qilinmoqda.
mamlakatimiz pensiya tizimini moliyalashtirishda ma’lum bir muommolar
mavjud. Buning uchun, fikrimizcha, dastlab pensiya tizimini moliyalashtirishni
takomillashtirish va samaradorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlab olish
lozim. Pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish quyidagi ikki muammo
bilan bog’liq:
1) Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirish tartibining to’g’riligi,
maqsadga muvofiqligi, ilmiy va amaliy jihatdan asoslanganligi, yangi zamonaviy
talablarga to’liq javob berayotganligi, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashuvidagi o’zgarishlarning o’zida mujassam etganligi va h.k.
2) Pensiya jamg’armasidan qilinayotgan xarajatlarning miqdori, hajmi, ko’lami,
tarkibi, ularning maqsadga muvofiqligi, Pensiya jamg’armasining iqtisodiy tabiatiga,
vazifalariga mos kelishi va sh.k.;
Pensiya jamg’armasi xarajatlarini moliyalashtirishda shu jamg’armaning o’ziga
tegishli bo’lgan mablag’larning etarli emasligi bilan bog’liq. Muammoning
mavjudligi, albatta, yangi me’yoriy va qonun hujjatlarining qabul qilinishi, pensiya
badallarini yig’ish, uni maqsadli sarflash ustidan nazoratning kuchaytirilishi natijasida
keyingi yillarda pensiya tizimining moliyaviy ta’minotini barqarorlashtirish borasida
jiddiy yutuqlarga erishildi, Pensiya jamg’armasi hisobidan pensiyalarni
moliyalashtirishda jiddiy qarzdorlik mavjud emas, olingan kreditlar to’liq qaytarilgan.
Yuqorida qayd etilgan holatlarga qaramasdan, pensiyalarni to’lashga kamida uch oylik
ehtiyojlarni mablag’ bilan ta’minlashga etarli darajada zahira jamg’armasini tashkil
etishning iloji bo’lmayapti, majburiy pensiya badallari miqdorining nisbatan yuqoriligi
4
Li A. O’zbekiston Respublikasi moliya huquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “TDYU”, 2006. 241-b.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1085
sababli ularni o’z vaqtida va belgilangan summalarda to’lashning iloji bo’lmayapti va
h.k.
Pensiya jamg’armasining xarajatlarini moliyalashtirish uchun chetdan jalb
qilingan mablag’lar asosan boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari
hisobidan amalga oshirilgan. Pensiya jamg’armasining xarajatlarini qoplash uchun
Respublika byudjetidan berilayotgan mablag’lar o’zining ma’lum bir mazmuniga ega
bo’lsa-da, biroq ularning dotatsiyalar ko’rinishida berilayotganligini, bizningcha, to’liq
ma’qullab bo’lmaydi.
Pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish obyektiv zaruriyatga
aylanmoqda. Fikrimizcha, quyidagi tadbirlar tizimini amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir:
Birinchidan, pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirishning asosiy
yo’nalishlaridan biri bu Pensiya jamg’armasi daromadlar bazasini yanada
mustahkamlash yo’nalishida tegishli ishlarni amalga oshirish bilan bog’liq. Bu juda
murakkab masala bo’lib, u o’ziga nisbatan kompleks yondoshuvning bo’lishini taqozo
etadi.
Shu munosabat bilan quyida masalaning ana shu jihatlarni bayon qilishga harakat
qilamiz.
Bu o’rinda, dastlab, to’lanadigan oylik pensiya badallari miqdorining uning
to’lovchilari o’rtasida sezilarli farqlarning bor ekanligini qayd etib o’tishimiz kerak.
Gap bu erda ish beruvchilar va xodimlar, shuningdek, turli guruhlarga mansub bo’lgan
tovar ishlab chiqaruvchilarning Pensiya jamg’armasiga to’laydigan oylik badallari
miqdorlari o’rtasida katta farqlarning borligi xususida ketmoqda. Amaldagi tartibga
muvofiq, Pensiya jamg’armasiga ish beruvchining ish haqi fondidan ajratmasi 24,8
foizni tashkil etadi. Ana shu iraqamni hisobga olgan holda, demak, Pensiya
jamg’armasi mablag’larining 89,5 foizini ish beruvchilar to’laydilar, degan xulosani
chiqarish mumkin. Bunday sharoitda ana shu nisbatni qanchalik to’g’riligi va uning
ilmiy-amaliy jihatdan qay darajada asoslanganligini aniqlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, xususan, AQSh va
Germaniyada, bu nisbat ish beruvchilar va xodimlarning ishtiroki deyarli teng. Albatta,
buni inobatga olgan holda bizda ham shunday bo’lishi kerak degan xulosaning
chiqarilishi maqsadga muvofiq emas. Lekin, bizningcha, hech bo’lmaganda, yaqin
kelajakda masalaning ana shu jihatiga, ozroq bo’lsa-da, e’tibor berilsa va unga muvofiq
ravishda tegishli ishlarga yondoshuv o’zgartirilsa, bu masalada bozor talablariga javob
beradigan tomonga katta qadam tashlangan bo’lar edi.
Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, hozirgi paytda
mamlakatimizda mavjud bo’lgan pensiya to’lanmalarining amaldagi miqdori pensiya
badallari tariflarining amaldagi darajasiga to’liq mos kelmaydi. Boshqacha so’zlar
bilan aytganda, pensiyalarning miqdori (summasi) va ish haqining miqdori (summasi)
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1086
hamda to’langan badallarning miqdori (summasi) o’rtasida kuchli iqtisodiy
(moliyaviy) bog’liqlik mavjud emas. Shu sababli bu masala, fikrimizcha, Pensiya
jamg’armasi daromadlar bazasini mustahkamlashning eng muhim jihatlaridan biri
sifatida qaralmog’i va bu borada tegishli ishlar amalga oshirilmog’i lozim.
Mamlakatimiz fuqarolari o’zlarining jinsiy belgilari va alohida kasbiy
faoliyatlariga muvofiq Pensiya jamg’armasining daromadlarini shakllantirish va uning
xarajatlaridan foydalanishda bir xil darajada ishtirok etmaydilar. To’liq pensiya
huquqini olish uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, ayollarga 20 yil va erkaklarga
25 yil davomida Pensiya jamg’armasining daromadlarini shakllantirishda ishtirok
etishning o’zi etarli. Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir pensiya erkaklar
uchun 60 yosh va kamida 25 yillik mehnat stajiga ega bo’lganda va ayollar uchun esa
55 yoshga to’lganda hamda 20 yillik ish stajiga ega bo’lganda tayinlanadi. Biroq, oxirgi
yillarda mamlakatimizda o’rtacha umr ko’rish ayollarda - 73 yilni va erkaklarda esa -
71 yilni tashkil etayotganligi e’tiborga olinadigan bo’lsa, Pensiya jamg’armasining
xarajatlar qismida ayollarning ishtiroki hissasi erkaklarnikidan ikki martadan
yuqoriroq ekanligi ma’lum bo’ladi. Buning ustiga, ularning Pensiya jamg’armasi
daromadlari qismida esa ishtiroki erkaklarnikiga nisbatan ancha past. Bizning amalga
oshirilgan hisob-kitoblarni natijalariga qaraganda, mamlakatimizdagi pensiyalarning
o’rtacha darajasi ish haqi o’rtacha darajasining 26,2 foiziga to’g’ri kelmoqda. Tadqiqot
jarayonida yana shu narsa ma’lum bo’ldiki, pensiya miqdorlarini tayinlash va ularni
qayta hisob-kitob qilishda qo’llaniladigan ayrim koeffitsientlarda ham ma’lum bir
kamchilik va xatoliklar mavjud. Chunki amaldagi tartibga muvofiq, o’rtacha
pensiyaning tayanch miqdori o’rtacha ish haqining eng kamida 55 foiziga to’g’ri
kelishi kerak.
Yuqorida ta’kidlanganidek, pensiya miqdorlarini belgilashda Pensiya
jamg’armasining daromad qismida fuqarolarning qatnashuvini jinsiy belgilar bo’yicha
baholashda ham talaygina farqlar mavjud. Masalan, ayollar qatnashuvining har bir yili
2,75 foizi (bu pensiya tayanch miqdorining 55 foizi va talab qilinadigan stajning 20
yilligidan kelib chiqadi), erkaklarniki esa 2,2 foiz darajasida (bu pensiya tayanch
miqdorining 55 foizi va talab qilinadigan stajning 25 yilligidan kelib chiqadi)
baholanmoqda. Shu munosabat bilan Pensiya jamg’armasining daromadlar bazasini
mustahkamlash uchun bu sohada ham tegishli o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakatimiz aholisining ayrim guruhlari va
toifalariga Pensiya jamg’armasining daromadlar qismini shakllantirishda ishtirok
etmaslik huquqi berilgan. Aholining bunday toifalari yoki guruhlari qatoriga harbiy
xizmatchilarni ko’rsatish mumkin. Shuningdek, aholining ko’pgina toifalari va
guruhlariga mehnat stajini ikki karra hisoblash ko’rinishida imtiyozlar berilgan.
Masalan, muddatli xizmatni o’tagan harbiy xizmatchilarning bir yillik xizmati ikki
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1087
yillik ish tarzida hisobga olinadi. Birinchi guruh nogironlari va 16 yoshgacha bo’lgan
nogiron bolalarning parvarishi, bolalar uch yoshga to’lguniga qadar ularni
parvarishlash davrlarida ishlamaslik, oliy o’quv yurtlarida kunduzgi o’qish davrlari,
xarbiy xizmatda xizmatini o’taganligi va boshqalar mehnat stajiga qo’shiladi.
Pensiyalarga hech qanday qo’shimcha moliyaviy manbalar bilan ta’minlanmagan turli
ustamalarni qo’llash amaliyoti ham keng tarqalgan. Bir vaqtning o’zida, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanadigan yoki boshqa mamlakatlarda ishlashgan shaxslar uchun
majburiy badallar to’lash tartibi va miqdorini belgilaydigan qonunlar ishlab
chiqilmagan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda aytish mumkinki, Pensiya jamg’armasi
daromadlarini shakllantirishdagi muammolarning bir qismi, ko’p jihatdan, imtiyozli
pensiya ta’minoti muammolariga borib taqaladi. Chunki rejali iqtisodiyotda imtiyozli
pensiyalar xodimlarning ayrim toifalariga zararli mehnat sharoitlari uchun o’ziga xos
tarzdagi qoplama to’lovlar shaklida mavjud bo’lgan. Ammo hozirgi sharoitda, ya’ni
korxonalar ish haqi miqdori va to’lov shakllarini o’zlari mustaqil belgilaydigan bozor
munosabatlari sharoitida imtiyozli pensiya ta’minotining dastlabki funktsiyasi to’liq
o’z mazmunini yo’qotdi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, zararli va o’ta zararli ishlab
chiqarishda band bo’lgan xodimlar hamon ilgaridagidek jamiyatda og’ir va zararli o’ta
zararli mehnat sharoitlari uchun ularning salomatligiga etkazilgan ziyonni qoplashi
shart deb o’ylaydilar. Aslida esa, bunday maqsadlarni ko’zda tutgan qoplama ularning
olayotgan ish haqlari miqdoriga qo’shimcha ravishda qo’shilishi lozim. Bu erda
masalaning boshqa bir jihati ham bor. Gap shundaki, hozirgi sharoitda, ya’ni ishlab
chiqarishga zamonaviy texnologiyalar va mexanizmlarning joriy etilishi natijasida
ko’pgina ish o’rinlaridagi mehnat sharoitlari, oldingidek, zararli va og’ir emas. Ba’zi
bir sabablarga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ekt bunday texnologiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etmayotgan bo’lsa, unda bunday korxonaning o’zi jamiyatni
qo’shimcha moliyaviy yukdan ozod qilib, tegishli xodimning muddatidan oldin
pensiyaga chiqishini ta’minlashi va uni belgilangan tartibda qoplashi kerak. Ishning
bunday tarzda yuritilishi, bizningcha, bozor iqtisodiyotining tegishli talablariga to’liq
mos keladi.
Amaliyotning
ko’rsatishicha,
Pensiya
jamg’armasi
daromadlarini
barqarorlashtirishning bosh omili mehnat stajining uzoq davom etishini emas, balki
yuqori ish haqiga ega bo’lishni rag’batlantiruvchi mexanizm hisoblanadi. Buni biz
pensiyalarning amaldagi tarkibiy tuzilmasini tahlil qilish natijasida aniqlashimiz
mumkin. Unga ko’ra hozirgi paytda, pensiyalarning asosiy qismi, ya’ni ularning
o’rtacha 60 foizidan ortiqroq bo’lgan qismi ish haqi hisobidan shakllanayotgan bo’lsa,
qariyb 22 foizga yaqin bo’lgan qismi esa talab qilinayotgan staj hisobidan tarkib
topmoqda.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1088
Mamlakatimizda Pensiya jamg’armasining daromadlarini shakllantirishda uning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keyingi yillarda ro’y berayotgan o’zgarishlar, ya’ni
iqtisodiyotni boshqarishning nomarkazlashuvi, aholi daromadlari tabaqalashuvining
o’sishi, mehnatga haq to’lashdagi tarmoq, hududiy va malakaviy farqlarning
mavjudligi va h.k.lar ham hisobga olinmog’i lozim. Xususan, mamlakatimizdagi
aholining demografik tarkibiy tuzilmasi o’ziga xos bo’lib, unga ko’ra, dunyoning
barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida qariganlar sonining aholi umumiy sonidagi
salmog’i ortib borayotgan paytda, O’zbekistonda bu ko’rsatkichning o’sish sur’atlari
bu mamlakatlarnikidan ancha past hisoblanadi va Pensiya jamg’armasi daromadlarini
shakllantirish nuqtai-nazaridan o’ziga xos bo’lgan qulay vaziyatni vujudga keltiradi.
Shuningdek, aholi daromadlarining tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha tabaqalanishi,
mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlarining yanada jadallashuvi munosabati
bilan Pensiya jamg’armasi daromadlarini shakllantirishning tarkibiy tuzilmasida o’z
ta’sirini ko’rsatadi.
Mamlakatimizda pensiya ta’minotini tashkil qilish va boshqarish tizimining
tarkibiy tuzilmasini tahlil qilish natijasida uning qonunchilik va ijroiya funktsiyalarini
nazorat qilish bir necha davlat organlari, xususan, O’zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo’mitasi, Pensiya jamg’armasi, bank muassasalari va aloqa tashkilotlari orqali
amalga oshirilayotganligini aniqlashimiz mumkin. Bulardan ko’rinib turibdiki, Pensiya
jamg’armasining daromadlarini shakllantirishda bevosita daxldor bo’lgan
funktsiyalarning ayrimlari, xususan, pensiya sug’urtalariga yoki pensiya badallarini
yig’ishga tegishli bo’lganlari bir organga, pensiya ishlarini rasmiylashtirish - ikkinchi
organga, pensiya to’lanmalarini amalga oshirish esa - uchinchi organning zimmasiga
yuklangan va h.k. Bunday holatning mavjudligi, o’z navbatida, jumladan, Pensiya
jamg’armasi daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning samaradorligini
oshirishga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun, bizningcha, bu
masalaga ham ancha oydinlik kiritib olish maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan,
Pensiya
jamg’armasining
mablag’lari
hisobidan
moliyalashtirilayotgan amaldagi xarajatlarning tarkibiga o’zgartirish kiritish zarur:
- ishlamayotgan pensionerlarga pensiyalarni to’lash;
- ishlayotgan pensionerlarga pensiyalarni to’lash;
- kommunal xizmatlarni to’lash bo’yicha pulli kompensatsiyalar;
- vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganlik, bola tug’ilganligi va h.k.lar
uchun nafaqalar;
- boshqa xarajatlardan iborat.
Fikrimizcha, Pensiya jamg’armasidan moliyalashtirilayotgan xarajatlarning
tarkibi faqat yuqorida keltirilganlarning dastlabki ikkisini, ya’ni ishlayotgan va
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1089
ishlamayotgan pensionerlarga pensiyalarni to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni
qoplab olish bilan cheklanishi lozim.
Pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirishning zamonaviy yo’nalishi
sifatida bunday yo’lni tutishning sabablari, bizningcha, quyidagilardan iborat:
a) Pensiya jamg’armasi va undan moliyalashtiriladigan xarajatlarning maqsadga
muvofiqligi, tom ma’noda, ta’minlanadi;
b) Pensiya jamg’armasining iqtisodiy tabiatiga unchalik to’liq mos kelmaydigan
xarajatlarning bu jamg’arma mablag’lari hisobidan moliyalashtirilishiga chek
qo’yiladi;
c) Pensiya jamg’armasi hisobidan qilinadigan xarajatlarning miqdori kamayadi.
d) Pensiya jamg’armasidan qilinadigan xarajatlarning qisqarishi natijasida,
boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, bu jamg’armaning o’ziga tegishli bo’lgan
xarajatlarini, ya’ni ishlayotgan va ishlamayotgan pensionerlarga pensiyalarni
belgilangan miqdorda va o’z vaqtida to’lash bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy
imkoniyati oshadi;
“Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi, “Fuqarolarni jamg’arib
boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonunlariga
va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 24 avgustdagi 351 sonli
“Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan
jismoniy shaxslarni va dehqon xo’jaliklarining a’zolarini davlat ijtimoiy sug’urtasi
to’g’risida”gi qaroriga, Pensiya jamg’armasining daromadlar bazasini mustahkamlash
nuqtai-nazaridan, belgilangan tartibda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilishi
kerakki, avvalo, ularda bu jamg’armaning moliyaviy mablag’larini hosil qilishda,
oldingi ko’zda tutilganlardan tashqari, norasmiy sektorda faoliyat ko’rsatayotgan
fuqarolar va o’zi bilan o’zi band bo’lgan fuqarolarning ham majburiy tarzda ishtirok
etishi va faqat shu holdagina ularga qarilik, nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik
hollarida pensiyalarning kafolatlanishini qonuniy tarzda belgilanib qo’yilmog’i lozim.
Bir vaqtning o’zida, agar fuqarolar pensiya sug’urtasiga majburiy tarzda jalb qilinmasa,
u holda fuqarolarning bunday toifasiga nisbatan ixtiyoriylik va boshqa asoslarda
pensiya va ijtimoiy sug’urtaning boshqa nodavlat shakllarini tashkil qilishni yo’lga
qo’ymoq lozim.
Dostları ilə paylaş: |