Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

Bobur, necha bu dahr meni zor aylar
Sabrimni kamu, g‘amimni bisyor aylar. 
To dahrdurur, budir aning rasmiki, 
Oyrib kishini azizidin, xor aylar (III, 47, 31). 
O‘zigacha Hindistonga kirib borib, u yerda saltanat qurgan hukmdorlar 
haqida Bobur shuday deydi: 


“…Hazrati Risolat (payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.) zamonidan shu 
kungacha Hindistonga biz tarafdan faqat uch kishigina hokim bo‘lib, o‘z saltanatini 
o‘rnatgan. Ulardan biri – Sulton Mahmud G‘oziy bo‘lib, u va uning avlodi saltanat 
taxtida uzoq muddat o‘tirdilar. Ikkinchisi – Sulton Shihobiddin G‘uriy edi. Uning 
o‘zi, qullari va unga tobe bo‘lgan kishilar bu mamlakatda ko‘p yillar podsholik 
qildilar. Uchinchisi – menman, lekin mening ishim u podshohlarning ishiga 
o‘xshamaydi” (III, 48, 411). 
Nega bu shohlarning shuhrati Boburchalik bo‘lmadi? Buning sabablari 
ko‘p. Eng muhimi, Bobur ulardan farqli o‘laroq, Hindistonda vatan qurdi. Ona 
vatanidan ko‘nglini uzolmay, u yerga qaytolmasligini anglab tursa-da, ko‘nglidagi 
niyati so‘nmadi, o‘zi qaytolmasa, farzandlari qaytishini o‘ylab yaratdi bu vatanni. 
Andijonda, Samarqandda, Kobulda, Hirotda ko‘zlarining tubiga yashirgan, 
ko‘nglida asrab-avaylagan orzularini Hindiston zamini uzra sochdi. Bog‘lar 
yaratdi, gulzorlar barpo etdi. Bir faslga yo bir yilga yaraydigan qamish uylar va 
boshqa omonat kulbalar o‘rniga baland imoratlar soldi, ariqlar torttirib, hovuzlar 
qazdirdi, obodonchilik ishlarini olib bordi. Eng muhimi, elning ko‘ngliga yo‘l 
topdi, elning mehrini qozondi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur qalbi go‘zal, kechirimli donishmand edi. 
“Boburnoma”ning mazmuni buni yana bir bor isbotlaydi. Turli mamlakatlar, 
kentlar va ularning tabiati, odamlarining hayoti tasvirida nuktadon olim qiyofasida 
namoyon bo‘lgan shoh va shoir, ayni paytda, o‘z maqsadiga erishish uchun 
farmonlar chiqaradi, qo‘shindagi yigitlarni ruhlantiradi, g‘alabaga da’vat etadi. 
Uning qalbidagi judolik iztiroblari, sog‘inch va hasrat ham “Boburnoma” misralari 
zaminiga singib ketgan. Biroq shular bilan birga Bobur hayotsevar, nekbin inson 
edi. Sog‘inch, hasrat va nekbinlikning uyg‘unlashuvi Boburning katta shaxs 
sifatidagi qiyofasini namoyish qiladi. 
Bobur she’rlari, yurt firoqida bitilgan ruboiylari bugun ham har qanday 
kitobxonning qalbiga kirib bora oladi. Ularda soxta lutf, ortiqcha jimjimadorlik, 
eng muhimi, riyo yo‘q. Shoirning mumtoz she’riyatimizda yangicha ruh – Vatan 
va unga bo‘lgan ishq ulug‘vorligi yo‘g‘rilgan she’rlari diqqatga sazovordir. 


Shu o‘rinda adabiyotshunos olim V. Rahmonovning quyidagi fikrlarini keltirib 
o‘tishni joiz deb topdim:,, Badiiy mahorat bobida biror o‘zbek shoiri Bobur bilan 
bellasha olmaydi.… uninag mumtoz she’riyatga dadil kiritgan tarjimayi hollik 
xususiyati ham Bobur she’riyatini alohida nurlantirib turadi. Ana shu keyingi 
xususiyat shoirning vatanparvarlik tuyg‘ulariga jon bag‘ishlaydi” (II, 27, 4). 
Darhaqiqat, Bobur ijodiga nazar tashlar ekanmiz, ko‘pgina she’rlari hasbi 
hol mazmunida bo‘lib, mavzu jihatdan vatan va unga bo‘lgan sog‘inch asosiy 
o‘ringa chiqadi. Uning ijodida o‘z hayoti bilan baqamtilik sezilib turadi: shoh 
sifatida boshiga tushgan qiyinchiliklarni qog‘ozga tushiradi. Zero, vatandan 
ayrolik, vataniga hukmdor bo‘lolmagani shoir nazdida o‘z,, xato”laridan biri 
ekanligini yozadi: 
Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, 
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. 
O‘z yerin qo‘yib, Hind sori yuzlandim, 
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi (III, 47, 24). 
Tarixiy asarlarga nazar tashlar ekanmiz, o‘sha davrda Movarounnahrdagi ijtimoiy-
siyosiy muhit Boburning yurtda uzoq vaqt hukmdorlik qilishiga yo‘l bermagan. 
Boburning o‘zi xususidagi yuqoridagi ayblovi esa uning o‘ziga nisbatan 
talabchanligidan, kamtar inson bo‘lganidan dalolat beradi. U benihoyat aziyat 
chekib, o‘zga yurtga (avval Kobulga) ketishga majbur bo‘ladi. Shoir bu haqda 
quyidagi g‘azalda shunday deydi: 
El bilmasa holatim, bilur yor, 
Holimdin erur Xudoy ogoh. 
Kobul sori gar azimat etsang, 
Qurbon qilay o‘zni sanga, ey shoh! 
Bobur yana o‘tluq oh chekting, 
Kuydurmasun elni oh nogoh! (III, 47, 27). 
Ko‘rinadiki, Bobur hayotidagi turli qiyinchiliklar, qarama-qarshiliklar, 
garchi u zakovat bobida ham munosib tarbiya ko‘rgan bo‘lsa-da, uning aql charxini 


yanada o‘tkirlab, donishmandga aylantirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, 
uning ko‘pgina g‘azallarida faylasufona ruh yaqqol namoyon bo‘ladi: 
Ulusning ta’nu ta’rifi manga, Bobur, barobardir, 
Bu olamda o‘zumni chun yamon – yaxshidin o‘tkardim (III, 46, 37). 
U Movarounnahrni tark etgach, ijodida Vatan motivi yanada kuchaydi, alohida 
hasratli mazmun kasb etdi. Endilikda vatan tushunchasi ham, g‘urbat va g‘ariblik 
tushunchalari ham kengayadi, konkretlashadi. Shoirga ona yurtda qolgan do‘st-u 
yor, xesh-u aqrabolar va, hatto, tug‘ilgan o‘lka tabiati, noz-u ne’matlari Vatanni 
eslatadi, uning bir bo‘lagi sifatida sog‘inch bilan orzu etiladi, ardoqlanadi: 
Qovun birla uzumning hajrida ko‘nglimda g‘am har so‘, 
Oqar suvning firoqidin ko‘zimdin har dam oqar suv (III, 34, 11). 
Ma’lumki, Bobur adolatli podshoh sifatida, hukmron bo‘lgan yurtlarda ham 
adolatli siyosat yuritdi. Xalqni ma’rifatga, bunyodkorlikka chorladi. Ma’naviy 
hayotga salbiy ta’sir etuvchi omillardan voz kechib, jamiyat hayotida ularni 
ta’qiqlab qo‘ydi. Hind xalqi hayoti va madaniyatining gullab-yashnashiga yuksak 
hissa qo‘shdi. O‘zining ilm-u irfoni bilan ma’rifatni yanada rivojlantirdi. Ammo 
umr bo‘yi uning xayolini Vatan, unga bo‘lgan intilish band etdi: 
Ne yerda bo‘lsang, ey gul andadur chun joni Boburning, 
G‘aribing‘a tarahhum aylagilkim, andijoniydir (III, 46, 19). 
Shoir faqat ko‘nglida kechirganini, boshidan o‘tkazganini yozdi. Yozganda 
ham ko‘nglining tub-tubida asrab, jamlab, jonu jahoniga aylantirib, keyin yozdi. 
Boburning o‘zi qayd etishicha, ko‘p vaqtgacha biror g‘azalini bir yozishda 
oxirigacha tugatolgan emas. Chunki u hamisha yo‘lda, jangda – ot ustida bo‘ldi. 
Bir bayt yoki ikki bayt ko‘ngilga tugilgach, bu tugun shoir boshidan kechirayotgan 
boshqa voqealarga ham bog‘lanib ketgandan so‘ng yechildi. Bunda esa ularning 
ma’no ko‘lamdorligi, ta’sir quvvati ortdi, kuchaydi, shu bois she’rdagi dard-hasrat 
kitobxon dardiga aylanishi oson kechadi. Kitobxon dardiga aylangan asarlar, asrlar 
oshsada o'z qadr-qimmatini yo'qotmaydi. Yaratilgan shu asarlar ta'sirida yuzaga 
kelgan hijron dardi, yaratilajak asarlarga ham Boburning qalb tug'yonlari bilan 
birga ko'chadi. Boburni umr bo'yi ezib kelgan, ezilib yashashga mahkum etgan 


sog'inch hissi o'zbekning sevimli shoiri Sirojiddin Sayyid ijodida ham o'z aksini 
topadi: 
Vatan nadir – anglang ranj-u ozoridan, 
 
 
So'rang uni Mirzo Bobur mozoridan. 
 
 
O'z zuryodin haydab gulshan, gulzoridan, 
 
 
Dovonlarda bag'ri biryon yurt edi bu... (III, 54, 44)
Mirzo Boburning tahlikali hayotidan, mehr to'la ijodidan ta'sirlangan bir 
qator ijodkorlar uning shaxsiyatiga xos chizgilarini o'z asarlari orqali yaratdi. Tele 
ekranlarda Bobur siymosi gavdalantirildi. Bu o'rinda , Boburning hayotidan 
hikoya qiluvchi qimmatli manbaa "Boburnoma" , muallifning dard to'la qalbini 
anglashda, undagi sog'inch tuyg'ularini his qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. 
“Boburnoma” mohiyatan vatan haqidagi, uni sevish va qadrlashga bag‘ish-
langan go‘zal asardir. Shu bois, sharqshunos olim A.Samoylovich e’tirof 
etganidek, Bobur asarlarini o‘rganish, tarjima qilish va nashr etish burch, sharaf va 
baxtdir.

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin