"BOBURNOMA"DA XOTIN-QIZLARGA MUNOSABAT
REJA:
KIRISH
1.BOB. "BOBURNOMA"NING TARKIBI VA TUZILISHI
I.1. Asarning o'rganilish tarixi
I.2. Asarda badiiy va ilmiy talqin uyg'unligi
2.BOB. "BOBURNOMA"DA AYOLLAR TASVIRI
II.1.
Ona mehri va Vatan muhabbati
II.2.
Oqila ayol himmati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq
ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratilgan boy va rang-barang
ma'naviy qadriyatlarimiz va madaniy merosimizni o'rganish va qayta tiklash, uning
"insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan sarchashmalaridan xalqimizni
bahramand qilish mamlakatimiz davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri
bo'lib qoldi" (I, 3, 24). Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. A. Karimov
uqtirganlaridek, "Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy
tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy qarashlarini o'zida mujassam etgan nodir
qo'lyozmalarni jiddiy o'rganish davri keldi" (I, 7, 4).
Mumtoz adabiyotimiz
tarixiga sezilarli iz qoldirgan ijodkorlarning asarlarini har tomonlama o'rganishga
bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Mustaqillik yillaridan boshlab, o'zbek xalqining
buyuk farzandi, adolatli shoh, iste'dodli shoir, salohiyatli muarrix
Zahiriddin
Muhammad Bobur (1483-1530) ning ijodiy me'rosini katta qiziqish bilan o'rganish
ishlari olib borildi. Z. M. Bobur qalamiga mansub "Boburnoma" asari – jahon
adabiyoti va manbaashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik, o'zbek
adabiyotida
dastlabki nasriy memuar va tarixiy ilmiy asar. Asar eski o'zbek (chig'atoy) tilida
yozilgan. "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy",
"Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" nomlari bilan ham ma'lum. Boburning o'zi
esa "Vaqoe" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan (II, 13, 41). "Boburnoma"da
1494-1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan
tarixiy, siyosiy voqealar yilma yil o'ta aniqlik bilan bayon qilingan bo'lib, ular
muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Bobur ijodining
o'zgachaligi , "Boburnomaning nechog'lik tarixiy ahamiyatga ega ekanligi bu
asarni yanada chuqurroq o'rganish vazifasini tug'diradi. Bobur merosini xalq
ommasiga yetkazish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Shoirning boy
she'riy merosi kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan. Boburning serqirra ijodi
bo'yicha diqqatga sazovor bo'lgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan" (II, 15,
149)."Boburnoma" XVI asrdan boshlab hozirgi kungacha dunyoning ko'pgina
tillariga – ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu tillariga bir
necha martalab tarjima qilindi. Sharh, izohlar bilan nashr etildi "Boburnoma"ning
jahonga mashhur bo'lishida, asosan, ingliz sharqshunoslarining xizmati katta bo'ldi.
Yevropagina emas, balki jahonda birinchi to'liq nashri (ingliz tilida) 1826-yilda J.
Jeyden va V. Erskin amalga oshirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij
"Boburnoma"ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Boburning
she'riy merosini o'rganishda o'zbek olimlari ham salmoqli hissa qo'shdi (II, 43, 66).
Professor Fitrat tomonidan tuzilgan "O'zbek adabiyoti namunalari"
xrestomatiyasida "Boburnoma"dan parchalar, Boburning 31 g'azali, 2
masnaviy va
28 ruboiysi keltirildi. Yuqorida zikr qilinganlar garchi, Bobur merosini
o'rganishda ma'lum yutuqlar va siljish borligini e'tirof qilsada, hali Bobur hayoti va
ijodiy faoliyati , memuar as
аr – "Boburnoma" ni atroflicha, to'laligicha o'rganish
davr talabidir.
Bobur ijodidagi yuksak cho'qqi "Boburnoma" bir necha bor
kitobxonlar hukmiga havola qilingan. "Boburnoma"ning o'zbek adabiyoti tarixida
tutgan munosib o'rni allaqachon hal qilingan bo'lsada, lekin adabiyotshunoslik
fanining so'nggi yutuqlari va Vatanimiz o'z istiqloliga erishgandan so'ng
"Boburnoma" ning ilgari to'laligicha o'rganilmagan qirralarini tadqiq etish
san'atkor ijodini bir butun holda anglash va baho berish uchun zarurdir(II, 42, 130).
Hozirgi davrda jamiyatning ma'naviy rivojlanishida ijtimoiy-ruhiy
muhitning poklanishiga e'tibor har qachongidan ham kuchaydi. Mirzo Bobur
ayollik latofatini nihoyatda qadrlagan. Ana shu tuyg'u
unga yuksaklik va
oliyjanoblik baxsh etgan, o'z qadr-qimmatini baland tutishga odatlantirgan Bobur
shaxsiga xos ayni fazilatlar ushbu kichik ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishi uchun "Boburnoma" asari tadqiqot manbai qilib olindi.