Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

 
 
 
Har chi dar oyina javon binad
 
 
 
Pir dar xishti puxta on binad (III, 48, 363). 
Mazmuni: Yosh kishi oynaga qarab ko'rgan narsani keksa odam pishiq g'ishtga 
qarab ko'ra oladi (III, 49, 208). Bundan ko'rinadiki Bobur nafaqat muarrix balki, 
juda kuchli ijodkorhamdir. Sababi, yozilayotgan "Voqeanoma"da faqat tarixiy-
ilmiy fikrlarni keltiribgina qolmay, asarning yanada ishonchli chiqishida, mutolaa 
qilayotgan kitobxonni zeriktirmaslik maqsadida badiiylikka ham keng o'rin beradi. 
Boshiga tushgan mushkul kunlarni, turli harbiy yurishlarni tasvirlashda xalq 
og'zaki ijodi namunalariga ham bir muncha tayanadi. Masalan, muarrix 1499-
1500-yil voqealarini qalamga olar ekan, avvalo, shu paytda bo'layotgan harbiy 
to'qnashuv haqida gapirib o'tadi. Ya'ni shu paytda Bobur boshliq qo'shinga uning 
ishongan navkarlari: Qosimbek, Alido'st, Sayyidqosimlar o'z qo'shinlari bilan kelib 


qo'shiladilar. Ular birgalashib Ahmad Tanbal ustiga yurishga qaror qiladilar. 
Xo'jand hokimi Qambarali Tanbalga ishonib, unga ko'makka Axsi viloyatiga 
boradi. Ming afsuski, Tanbal dushmanlik yo'liga kirib, va'daga vafosizlik qiladi. 
Axsiga Qambaralini qo'lga olib, viloyatining ustiga qo'shin tortadi. Bobur bu haqda 
avval tarixiy haqiqatni keltirib so'ng gapining isboti sifatida turkiy maqoldan 
namuna keltiradi: "Qambar Ali o'z viloyati Xo'jantdin Tanbalg'a e'timod (ishonib) 
qilib cherik maslahatini so'zlasha Axsig'a kelur. Bu voqea bo'lg'och, Tanbal ani 
band qilib (qo'lga olib) olib viloyatlarining ustiga yurur. Ul bir turkiy masal 
bordurkim, "Inonmag'il do'stungg'a, somon tiqar po'stungg'a" (III, 48, 129).
Ahmad Tanbal ham vafosizlik qildi. Mirzo Bobur turkiylarda uchraydigan 
"Ishonmagil do'stingga, samon tiqar po'stingga"(III, 49, 100) maqolini shu sababli 
keltirdi.
Haqiqatdan ham vafo, sadoqat tushunchalari eng oliyjanob, insoniy xislatlar 
sirasiga kiradi. Zero, Hazrat Navoiy ta'birlari bilan aytganda: "Bas, kishigina 
hayotning lazzati yor ekan, umr degan yori vafodor ekan. Vafo odatidin uzoq odam 
ziyosi yo'q shamning o'zginasidir. Ziyodan ozuqasi bo'lmagan sham esa go'yoki 
o'tsiz ziyo, nuri bo'lmag'on bir muz parchasidir. Vafosi bo'lg'on kishinigina yor 
desa bo'ladi. U xuddi umr kibi vafodordur" (III, 52, 39). Buyuk sarkarda Bobur 
ham insonlarni sadoqatiga qarab tanlagan. Unga xiyonat qilganlarni aslo 
kechirmagan. Ularni taqdir hukmiga topshirgan. Yuqorida aytganimizdek, 1499-
1500-yil voqealarini bayon etar ekan, Tanbalni ochiqchasiga o'ziga dushman bilib 
uni vafosizligini aytadi. Ammo yaqin navkarlarining xiyonatini, 
ikkiyuzlamachiligini kutmagan Bobur bu voqealardan lol qoladi. Xususan bu 
haqda quyidagi tarixiy haqiqatni bayon etadi. "Ali Do'st zaif bo'lur edi...Tanbalni 
orqalanib manga va mening davlatxonalarimg'a jafo va azoblar qilur edi....Ali Do'st 
va Muhammad Do'st o'shul ruxsat olg'on bila Tanbal qoshig'a bordilar. Tanbalg'a 
muqarrab (yaqin) bo'lub, g'alaba yog'iyliqlar va yamonliqlar bu otaliq (ota), 
o'g'ulliqdin (o'g'il) zuhrga keldi. Bir-ikki yildin so'ng Ali Do'stning ilgiga qort 
(kuydirgi) chiqib o'ldi....Muhammad Do'st qochib, Andijonning ko'h poyalarig'a 
borib yog'iyliqlar va fitnalar angiz qildi. Oxir o'zbak iligiga tushti. Ko'zlarini ko'r 


qildilar: "Ko'zlarini tuz tutti"ning bu ma'nisi bor emish" (III, 48, 131). Bundan 
ayon bo'ladiki, Ali Do'st va Muhammad Do'st ota-bola o'z qo'shinlari bilan Bobur 
qo'shini safida yurishgan. Undan ruxsat so'rab, Tanbalga borib qo'shilishgan. 
Boburning qilgan yaxshiliklariga yarasha yomonliklar bilan javob qaytargan bu 
ikki ojiz bandaning umri zavolga yuz tutgan. Bobur bu ikki manfurni o'ldirsa ham 
bo'lardi. Ammo bu gumrohlarni falakning ilkiga topshirgan. Qarangki, Ali Do'st 
qo'liga kuydirgi chiqarib vafot etgan bo'lsa, Muhammad Do'st o'zbeklar tomonidan 
ko'zlari ko'r qilinadi. Shu o'rinda muarrix Mirzo Bobur bu voqeaga dahldor xalq 
naqlidan iqtibos keltiradi. "Ko'zlarini tuz tutdi" maqolini eslatib o'tadi. Do'stning 
qilgan ishlariga javoban dushmanlarning holi ne bo'lganini ochiqchasiga bayon 
etadi.
Ko'ngli yurti firoqida o'ksik Bobur, hamisha Olloh inoyatidan ega bo'lgan 
davlatlarini obod qildi. Shu eldagi insonlarni doimo bir ko'z bilan ko'rdi. Mehmon 
va musofir beklarni , shu davlat yigitlarini andijonliklardan ortiq ko'rib avayladi.
Boburning bunday oliyhimmatliligini quyidagi jumladan bilib olamiz: "... tengri 
taolo davlate berdi, mehmon va g'arib beklarni va yigitlarni boyrilardin 
(tarbiyalaganlarim) va Andijoniylardin ortuqroq va yaxshiroq ko'rdum. Bovujud 
ajab baloyedurkim, hamisha el meni g'aybat qilurlarkim, boyiridin va Andijoniydin 
o'zgani rioyat qilmas. Masal borkim: "Dushman ne demas, tushga ne kirmas", 
"Darvozayi shahrro tavon bast, notavon dahani muxolifon bast" (III, 48, 243). 
Yuqoridagi jumlalardan shunday xulosa kelib chiqadiki, Bobur nafaqat jismonan 
baquvvat, aqlan yetuk, keng mulohazakor bo'lishi bilan birga u ,ayni paytda, 
oliyjanob, karam va saxovat egasidir. Fikri xayoli egallagan davlat aholisi va o'zi 
bilan ergashgan andijonliklarni doimo bir ko'zda ko'rish va ular o'rtasida muxolifat 
keltirib chiqarmaslik. Har bir ishni adolat tamoyili asosida bajaradi. Boburning 
maqsadi zulm va sitam bilan ezilgan xalqni to'g'ri yo'lga boshlashdir. U egallagan 
o'lkalarini talash, mamlakat xazinasidagi dur-u javohirlarni o'z hisobiga undirishni 
niyat qilmaydi. Mamlakat mustahkamligi, sarhadlarining daxlsizligi uchun astoydil 
kurashadi. Ot chiqarish, nom qoldirish, ismini ulug'lash uchun qo'l bilan etaklab 
gavhar sochmaydi. Yig'ilgan mablag'larni xalq turmushi, obodligi yo'lida sarflaydi. 


U chinakamiga odil podshoh. Hazrati Navoiy asarlaridagi odil podshoh siyrati 
Bobur faoliyatida o'z su'ratini ko'rsatadi. Zero Navoiy: "...Odil podshoh haqdin 
xaloyiqqa rahmatdur va mamolikka mujibi amniyat va rafohiyatdur", – deya 
ta'kidlaydi. (III, 51, 10). Ming afsuski, Bobur hammaning ham ko'ngliga birdek 
yo'l topa olmadi. Balki, xalq uni noto'g'ri tushundi. Egallangan yurt aholisi 
Boburga o'zi va andijonliklardan tashqari boshqani o'ylamaydi, deb g'iybat 
gaplarni aytib, ta'na-malomat toshlarini yog'dirishadi. Shu sababli Bobur achinish, 
o'ksinish bilan tarixiy haqiqatni aytib, turkiy va forsiy maqollardan ham namuna 
keltiradi. Dastlabki maqol turkiy xalq og'zaki ijodidan "Dushman ne demas, 
tushga ne kirmas" bo'lsa, keyingi maqol fors ijodidan olingan bo'lib "Shahar 
darvozasini yopib bo'ladi, dushman og'zini yopib bo'lmaydi". Bu ikki maqolning 
zamirida bir xil ma'no yotadi. Ya'ni shoh qanchalik urinmasin, dushman baribir 
dushman. Yot elni egallab, u yerda oltin sochsa ham baribir o'sha yer aholisi unga 
begona. Shohni esa ana shu "begonalik" hissi qiynaydi. Sababi, o'z eli turib, o'zga 
elda sulton u. Shuning uchun ham, ba'zi bir insonlar tomonidan o'ylamay aytilgan 
gaplar buyuk shoh, nozikta'b shoirning qalbini yaralaydi. Nima bo'lganda ham 
uning butun fikri xayoli o'zi bilan birga bir safda turib ne-ne mashaqqatlarga 
bardosh bergan, o'limni bo'yniga olib, yurt kezib, jon chekib kurashlarga kirgan 
safdoshlarida, sodiq do'stlarida. Doimo ularni o'ylaydi. Jumladan: buyuk sarkarda 
1506-1507-yil voqealarini qalamga olar ekan, avvalo, o'sha davrdagi tarixiy 
voqealarni bayon etadi. Ya'ni, yuqorida zikr etganimizdek, Bobur va uning 
safdoshlari izg'irin qishda Qandahor orqali Kobulga yo'lga otlanishadi. Havo 
chunonan sovuq ediki, odamni ko'z ochirishga qo'ymas edi. Qor shunaqangi ko'p 
yog'gan ediki, kishini yarim beligacha g'arq qilardi. Aksiga olib yo'lboshlovchi 
izini yo'qotib qo'yadi. Bobur oldinda, orqada boshqa safdoshlari qor tepib yo'l 
ochishardi. Shu paytda, qor tepishdan horigan Boburga safdoshlari g'orga kirib, 
isinib turing deyishadi. Bobur esa bularga rad javobini beradi. Muallif tilidan 
aytilgan quyidagi jumladan buyuk sarkarda Boburning naqadar oriyatli ekanligi, 
xalq dardi bilan yonishi, insonparvarligiga yana bir-bor amin bo'lamiz. "... Har 
necha dedilarkim, havolg'a (g'orga) boring, bormadim. Ko'ngulga kechtikim, 


borcha el qorda va chopqunda (bo'ronda), men issiq uyda va istirohat bila munda 
borcha ulus tashvish bila mashaqqatta, men munda uyqu bila farog'atda. 
Muruvvattin yiroq va hamjihatliqdin qiroq (yiroq) ishdur. Men ham har tashvish va 
mashaqqat bo'lsa ko'rayin, har nechuk el toqat qilib tursa turayin, bir forsi masal 
bor: "Marg bo yoron surast" ("Do'stlar bilan birgalikdagi o'lim to'ydir") " (III, 48, 
330) Bu fikrlardan shuni bilib olish mumkinki, Bobur haqiqiy oliyhimmat inson. U 
hech qachon o'zi jonining rohat-farog'ati uchun kurashmaydi. Garchi temuriyzoda 
shoh bo'lsa ham doimo o'zini oddiy xalq bilan barobar ko'radi. "Boburnoma"da 
tarixiy haqiqatni bayon etishi bilan birga, xuddi shu jaronni ifodalash uchun 
keltirgan forsiy maqoli, " Do'stlar bilan birgalikdagi o'lim to'ydir " asarning yanada 
biiy qimmatini oshirgan va Boburning naqadar rahm-shafqatli inson ekanligini 
yana bir marotaba ko'rsatishga xizmat qilgan.
"Boburnoma" matni ustida samarali ijod qilgan olim Natan Malllayev bu 
asarning g'oyat yetuk badiiy xususiyati to'g'risida quyidagi mulohazalarni bayon 
etadi: "Bobirnoma"ning asosiy tasvir obyekti tarixiy voqealardir. Biroq Bobir 
tarixiy voqealarni sanab o'tish yoki ular haqida ma'lumot berish bilan 
cheklanmaydi, balki u tarixiy voqealarning manzarasini, tarixiy shaxslarning 
portreti va xarakterini, tabiat lavhalarini chizib beradi, maroqli va jozibali badiiy 
uslub bilan turli xil sarguzashtlarni, rivoyat va latifalarni hikoyat qiladi. Xalq 
yumori, xalq maqollari va ta'birlari bilan, she'riy parchalar bilan o'z asarini 
bezaydi, turli xildagi badiiy uslub va til vositalaridan foydalanadi. 
"Bobirnoma"dagi voqealar turli situatsiya va konfliktlar bilan rivojlanib boradi, 
voqealar bir butun kompozitsiya: ekspozitsiya, kluminatsiyava yechim atrofiga 
uyushadi, voqealar ularning ko'pida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan 
Bobirning o'z obrazi orqali bir-biri bilan ulanadi, o'ziga xos sujet chizig'ini 
yaratadi. Shuning uchun ham "Bobirnoma" juda yengil o'qiladi, kitobxonni o'ziga 
jalb va maftun etadi " (II, 24, 596). 
Haqiqatdan ham Bobur buyuk iste'dod sohibi, yuksak ijodkor. U qomusiy 
asari "Boburnoma"da tarixiylik, ilmiylik nuqtai-nazaridan yondoshishi bilan birga, 
badiiylikka ham katta e'tibor qaratdi. Asarda turli ilmiy faktlar bilan bir qatorda 


nazmning kichik-kichik namunalarini ham istifoda etdi. Bobur turli xildagi badiiy 
murakkabliklar va shaklbozliklarga qarshi she'riyatning badiiy soddaligi uchun 
kurashdi. "Voqeanoma"da ham ana shunday to'rtliklardan namuna keltirdi. Asarda 
obrazlarning samimiyligi va tabiiyligi bilan kishini hayratga qoldiruvchi, badiiy 
sodda, ravon, musiqiy, tili boy, rangdor jumlalar yaratdi. "Boburnoma"da 
keltirilgan g'azallarda o'y va fikr, his va tuyg'u, tasvir va tavsif, so'z va musiqiylik 
bir-biri bilan uzviy bog'lanib boradi. Tasvirlanayotgan har bir voqea-hodisaga 
nisbatan o'z munosabatini ifoda etish maqsadida ijodidan nozik namunalar keltirdi. 
Asarda nomi tilga olingan har bir shaxslarga xolis baho berdi. Ularning xilma-xil 
ichki kechinmalarini, shodligi va qayg'usini, orzu va armonini, tolei va taqdirini 
o'ziga xos badiiy bo'yoqlar bilan tasvirladi. Kitobxonning ko'z o'ngida jonli obraz 
va portretlar yaratdi, tabiat lavhalari va turli manzaralarni xuddi bir rassomday 
chizdi. Umuman olganda, "Boburnoma" ni turkcha prozaning eng yaxshi 
asarlaridan biri deb aytsak hech yanglishmaymiz. 

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin