2. Sehrli-
fantastik ertaklar.
(Misollar: “Guliqahqah, “Husniyabonu,
“Gulpari” va boshqalar.
3. Hayotiy- maishiy ertaklar. (Misol:
“Malikai Husnobod”) . Voqelikka
hajviy yondashish orqali aks ettirish
jihatidan o`zbek xalq ertaklari hajviy va
hajviy bo`lmagan ertaklar kabi turlarga
bo`linadi. Ertaklarni yozib olish va
nashr qildirish, asosan XIX asrning
oxiri XX asr boshlaridan boshlandi.
Latifa. Latifa- xalq og`zaki ijodining eng
ommaviy janrlardan biri, nozik, mayin
kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi
kulgili, kichik hajmli hikoya. Xalq
o`rtasida “afandi” deb ham yuritiladi.
27
“Latifa” arabcha “latif” so`zidan
olingan bo`lib, “nozik”, “yoqimli”,
“zarif” degan ma`nolarni bildiradi.
Mustaqil janr sifatida latifa quyidagi
xususiyatlarga ega: 1) Yagona
qahramon bilan bog`liq holda yaratiladi
(Nasriddin obrazi, bu obraz asosan XIX
asrdan o`zbek latifalariga kirib keldi.
XIX asrgacha latifa qahramoni “bir
kishi”, “Mashrab”, fors- tojik latifalari
na`sirida “Mushfiqiy”, “Bahlul”, yoki
turkey xalqlar og`zaki ijodida keng
tarqalgan “Aldar ko`sa”, “Kal” kabi
turlicha nomlar bilan yuritilgan). 2)
Ixcham sujetga ega bo`ladi. 3) Asar
konfliktli, qahbramonli va uning
“muxolifi” o`rtasidagi muloqot dialog
orqali hal etiladi. Latifalarning eng
muhim xususiyatlaridan biri hayot bilan
hamnafas, hamqadamligidir. Bo`lar ikki
turga bo`linadi:
28
a) hajviy latifalar- ularda Nasriddin afandi
davlat arboblari, saroy ahli, mufti va
qozilar, makor mullalar va h.k.
davrasida tasvirlanadi.
b) Yumoristik latifalar- ularda afandi
oilasi, qo`ni- qo`shni, mahalla- ko`y
davrasida tasvirlanadi.