19
ettirmaydi. Ularda
asosan osmoniy
hodisalar emas, balki yarim hayotiy,
yarim hayoliy voqealar tasvirlanadi.
Afsona ijrochisi xalq ommasidir.
Aristotel afsonalarni “haqiqatdan xabar
beruvchi yolg`on hikoyalar” deb
atagan. Afsonalar o`z mavzusiga ko`ra
tarixiy
toponomik, diniy, maishiy kabi
turlarga bo`linadi. Qadimgi turkiy
adabiyotda afsona «sav» deb atalgan.
Afsonalar tarix bilan bog`liqdir.
Misolar: «Xazaorasp”, “Guldursum”,
“Ayoz qal`a”, “Shosanam Ko`shki”,
“Obshir Ota”,
“To`maris”,
“Kayumars”, “Shiroq” va boshkalar.
Rivoyat.
Rivoyat – xalqning tarixiy o`tmishi
haqidagi badiiy yodnomalar. Bu
rivoyatlar
va afsonalar tufayli
ajdodlarimiz
ko`rsatgan buyuk
qahramoniklar haqidagi tarixni bilib
20
olamiz.
Rivoyatlar afsonalarga
qaraganda tarixga yanada yaqin turadi.
Ular hamxalq ijodidir. Ertakni ertakchi,
dostonlarni
baxshilar ijro etganlari
holda afsona va rivoyat istalgan kishi
tomonidan aytilishi mumkin.
Asotir.
Asotir – «Mif» ibtidoiy insonlarning
koinot,
tabiat hodisalarning mohiyati,
paydo bo`lishi sabablarini o`zlaricha
izohlash maqsadida yaratgan og`zaki
hikoyalaridir. Biror narsa yoki
hodisaning paydo bo`lishi (etiologiya)
va yo`qolib ketishi (esxatologiya)
haqida ham juda ko`plab asotirlar bor.
Asotirlar ertaklarga yaqin turadi.
Ularning
har ikkisida ham fantastika
badiiy xayolot yetakchilik qiladi.
Qahramonlarga g`ayri odatiy sifatlar
yuklanadi.
Miflar bir necha turga bo`linadi.