Mavzu: Xalq o`g`zaki poetik ijodi. Xalq o`g`zaki ijodi janrlari


Qo`shiq. 6 Qo`shiq



Yüklə 60,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix18.06.2023
ölçüsü60,63 Kb.
#132131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
,651320,

Qo`shiq.


6
Qo`shiq – kuyga qo`shib aytiladigan
kichik lirik sher. Qo`shiq san`atning
insoniyat tomonidan eng oldin o`ylab
topilgan turi deb taxmin qilinadi.
Rivoyat qiladilarki, yer yuzidagi
birinchi qo`shiq Hobil otli o`g`li
o`lganda Odam Ato tomonidan aytilgan
marsiya bo`lgan ekan. Negaki,
odamzod tug`iliboq alla eshitadi,
o`lganda yig`I bilan kuzatiladi. Shu
sababli ham qoshiq xalq og`zaki
ijodining eng qadimgi va keng
tarqalgan janrlardan biri sanaladi.
Xalqning istedodli vaqillari juda uzoq
asrlar oldin ham o`zlarining nozik va
murrakab tuyg`ularini, kechinmalarini
kuyga solib qo`shiqqa aylantirganlar.
Xalq qo`shiqlarini yaratish texnik
taraqqiyot cho`qqiga ko`tarilgan
bugungi kunda ham davom
etayotganligi diqqatga molikdir. O`zbek


7
xalq qo`shiqlari ko`p qirrali va
sertarmoqdir. Jumladan: xalqimiz
tomonidan mehnat, marosim, mavsum,
lirik, termalar yo`nalishlarda minglab
qo`shiqlar yaratilgan. Qo`shiqlarning
quyidagi turlari mavjud:
1. Mehnat qo`shiqlari. Ular xalq
sheriyatining eng qadimiy shakllaridan
bolib, bu she`riyat ibtidoiy insonning
mehnat faoliyati bilan aloqadorlikda
vujudga kelgan. Mehnat qo`shiqlari
mehnat turi jarayonida ijro etiladi,
bunday qo`shiqlar matnida o`sha
mehnat turi bilan bog`liq asbob yoki
boshqa vositalar va ularga murojaat
etish motivlari yetakchilik qiladi.
Mehnat qo`shiqlari quyidagilar:
a) Dehqonchilik bilan bog`liq
qo`shiqlar: qo`sh qo`shiqlari, o`rim
qo`shiqlari, yanchiq qo`shiqlari (“Xo`p
mayda” lar “Mayda gul”, o`rim


8
qo`shiqlari bo`lgan “Tolmadingmi”,
“Qoradaryo”), yorg`ichoq qo`shiqlari.
b) Chorvachilik bilan bog`liq
qo`shiqlar: sog`im qo`shiqlari, ho`sh-
ho`sh govmishim, turey- turey,
churiyalar. Masalan qo`zilatish davrida
ba`zan qo`zilar bir- biriga aralashib hid
uradi. Shunda sovliq qo`zini olmaydi,
shu holat qo`shiqlarda aks etgan.
Cho`pon tushunchasicha, go`yo shu
qo`shiqni aytsa, qo`y qo`zisini olar
emish.
Bolalilar bozorda, turay- turay,
Bolasizlar mozorda, turay- turay.
Ol bolangni, jonivor, turay- turay,
Sol mehringni jonivor, turay- turay.
d) Hunarmandchilik bilan bog`liq
qo`shiqlar: charx qo`shiqlari, bo`zchi
qo`shiqlari, o`rmak qo`shiqlari (o`zbek
ayollarining gilam, sholcha no`qish
bilan bog`liq mehnat qo`shiqlari),


9
kashta qo`shiqlari (kashtaning turlari:
sanama, ilma, jamalak, yorma)
masalan:
Bo`z to`qiymiz qirog`ini o`xshatib,
Mokii otaman dastginamni qaqshatib,
Bozordagi shoyilardan yaxshi etib,
Nafisdan o`xshagan bo`zim yaxshidir.

Yüklə 60,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin