14
Lirik qo`shiqlar1072- 1074-
yillarda
yaratilgan “Devonu lug`otit- turk”
asarida ham ko`plab uchraydi.
4
. Termalar: Terma o`zbek janri bo`lib,
uning yaratilishida baxshilarning roli
nihoyatda kattadir, ko`p hollarda ular
dostonchilarning
individual ijodi
hisoblanadi. Pand- nasihat, odob- axloq,
soz va so`z haqida yaratilgan, ijtimoiy
hayotdagi
turli hodisalar, shaxs va
jonivorlarning ta`rifi yoki tanqidiga
bag`ishlangan, baxshalar tomonidan
kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200,
ba`zan undan
ham ortiq misralargacha
bo`lgan lirik, lirik- epik she`rlarga
terma deyiladi. Terma so`zining
ma`nosi terib, tanlab tizish demakdir,
ya`ni nisbiy mustaqillikka ega bo`lgan
shakl va mazmun jihatidan bir- biriga
yaqin bandlarni (har bir band 3, 4, 5, 6
va undan
ortiq misralardan iborat
15
bo`lishi mumkin) kompozitsion
jihatdan yaxlitlashtirishdir.
Baxshilarning o`zlari ham “Terma shu
, terib aytib berasan” deydilar. Ular
ba`zan “Nima aytay ? ” termasini
ikkinchi bir nom bilan “Doston terish”
deb yuritadilarki, bu
ham yuqoridagi
fikrni tasdiqlaydi. Dostonlardan olib
ayrim holda aytilgan parchalar ham
terma deb yuritiladi. Masalan:
Uch- to`r og`iz maqtab qo`yay man sani
Qovurg`angdan
qirib slogan randani,
Xonish qilsam yolg`iz qo`ymaysan
mani
Xonishimga yordam bergan dutorim
Dostları ilə paylaş: