10
xonadonlarga kirishib, “Sust xotin”
qo`shig`ni aytib yurganlar.Xonaqdon
egalari ularni
shodlik bilan qarshi olib,
qo`g`irchoq ustidan suv sepib, marosim
ishtirorchilariga xayr- sadaqa qilishgan.
Marosim tugagach yig`ilgan xayr-
sadaqa hisobiga Sust xotinga atab katta
is chiqarishgan.
Sust xotin
zardushtiylarda yomg`ir tangrisi
(osmon suvlar xudosi) hisoblangan.
b) Choymomo (shamol to`xtatish
qo`shig`i) . Bu qo`shiqlarda iltijo
qilinadigan Choymomo tarixan Chuy
momo, ya`ni “shamol momo” obrazdan
iborat bo`lib, u zardushtiylarning
shamol tangrisi hisoblangan.
Bu marosim quyidagicha o`tkazilgan:
ikki kampir
eski kiyim va chopon kiyib,
yuzlariga qora kuya surtishib qo`llariga
asov ushlashib oldinda “Choymomo”
qo`shig`ini aytib yurishgan. Bo`yi
11
yetgan besh qiz boshlsriga sholcha
yopib, kampirlar ortidan ergashib
qo`shiqqa jo`r bo`lganlar.7-8
yoshlardagi bir yoki bir necha o`g`il
bolalar xurjun osilgan eshaklarga
xonadonlardan xayr- sadaqalarni yig`ib
yurishgan. Eshakka o`qlov, yumshoq
supurgi va keli sopi sudratib qo`yilgan.
Marosim tugagach, yig`ilgan xayr-
sadaqa
hisobiga shamol tangrisi
sharafiga is chiqarilgan. Choymomo
marosimlari hozir Qozog`istonning
Turkiston, Sayram atroflarida
yashovchi o`zbeklar orasida saqlanib
qolgan. . .
. . .
Choymomolar o`libdi,
O`g`li yetim qolibdi.
Choymomoning onasi,
Amakimga boribdi.
Choymomo, choy, choy, choy.
Chayilib qolsin bu shamol.
Bosa- bosa beringlar,
12
Bosilib qolsin quv shamol. . .
c) Yo, Haydar (shamol chaqirish
qo`shig`i) . Bunda shamol homiysi
sifatida Haydarga, ya`ni
Payg`ambarimizning kuyovi, to`rttinchi
xalifa Aliga murojaat qilinadi.
Haydar, ota- onang o`libdir,
Moli senga qolibdir,
Bolang
suvga oqibdir,
Shamolingni qo`yvorivor.
Yuqoridagi qo`shiq turlaridan tashqari
xalq orasida to`ylarda o`lan aytishlar,
yor- yorlar hanuzgacha saqlanib
kelmoqda.
Lapar (ikki
kishi tomonidan
yoki ikki taraf tomonidan aytiladigan
qo`shiq, aytishuv deb ham yuritiladi),
bolalar folklori (A”lla”, “Oq terakmi,
ko`k terak” , “Boychechak”,
“Ramazon” va boshqalar) ham xalq
qo`shiqlarning go`zal namunalaridir.