54
Malaka – ongli xatti-harakatlarning singib ketgan qismi. Malaka bir narsani
ko‘p marta takrorlash asosida hosil qilinadi. Ya’ni shu narsani alohida qayd etish
lozimki, ko‘nikma va malakaning umumiy hajmda farq qiluvchi tamonlari bor.
Umumiy tomoni shundaki, qilingan barcha harakatlar amaliyotda qo‘llaniladi farqi
esa
talabalar chaqqonlik, onglilik, ziyraklik, vaziyatga kira olish kabi qobiliyatlar
bilan bir-biridan farq qiladi. Ta’lim jarayonida ko‘nikma
va malakalar doimo
hamkorlikda yursa-da, lekin bilim hamma vaqt yetakchi bo‘ladi. Chunki inson
bilim asosida ma’lum bir ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Umuman talabalar
o‘quv
jarayonida osondan murakkabga, quyidan yuqoriga, noma’lumdan
ma’lumga qarab borishi bilan ko‘nikma va malakalar odatiy tusga kiradi.
Zamonamiz taqozosi musiqa darslarini yanada jo‘shqin, qiziqarli, ko‘tarinki
ruhda o‘tishlari uchun yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yaxshi natija
beradi.
Bunday darslar o‘quvchi talabalarni bilim darajasini aniqlashga, baholash va
rag‘batlantirishga, jamoa bo‘lib ishlashga va bir-birlarini
fikrlarini hurmat bilan
tinglashga keng imkoniyatlar beradi.
Talabalarni musiqiy did va musiqiy dunyoqarashini shakllanishiga asos
soladi. O‘qitish jarayoni o‘quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi turli
pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llashda ularni mustaqil
erkin
fikrlashga, o‘z ustilarida ishlashga, izlanishga o‘rgatadi. Har bir masalaga
ijodiy yondashish mas’ulyatini sezish, ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil
qilish, ilmiy adabiyotlarda foydalanishga eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedogogika
va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Mashg‘ulotlar davomida
talabalar mavzuni interaktiv metodlar (jamoa bo‘lib ishlash) orqali o‘zlashtiradilar.
Mavzu yuzasidan noan’anaviy darslar turiga: «Klaster», «Bumerang», «Aqliy
hujm», «Veer», «Blits o‘yin», «Zig-zag», «Charxpalak» kabi texnologiyalar
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: