Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Musiqa tinglash darsning boshidan oxirgacha amalga oshiriladigan faoliyat 
turidir. Agar bolalar sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak ular musiqani 
idrok etib kiradilar. Qo‘shiq aytsalar, uni avval eshitib, idrok etib, so‘ng o‘rganib 
kuylaydilar. Raqsga tushganda ham musiqani tinglab, uning badiiy ifodasini raqs 
harakatlari bilan tasvirlaydilar. Musiqa tinglashga doir asarlar shakl va janr 
jihatidan 
xilma-xil bo‘lmog‘i lozim. Aynan musiqa tinglash vositasida bolalar turli o‘zbek 
xalq cholg‘u sozlari, o‘zbek xalq musiqasidan namunalar («Chertmak», «Dutor 
bayoti», «Alla», «Dilxiroj») kabi asarlar bilan bolalar kompozitorlari va 


65 
bastakorlar hayoti va ijodi, milliy musiqamiz an’analari kuy va qo‘shiqlar bilan 
tanishadilar. Musiqiy o‘quvi bo‘sh bo‘lgan bolalar har tomondan jarangdor 
ovozlarni eshitib, ularga taqlid qilib, chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat 
qiladilar. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z diqqat-e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga 
qaratib turolmaydilar, juda tez charchab qoladilar. Shuning uchun ham musiqa 
madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish, chapak chalish, qadam 
tashlash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur.
Ayniqsa bolalar musiqiy cholg‘u asboblari (doiracha, bubencha, shiqildoq, 
marakassa, uchburchak, rumba, barabancha)da jo‘r bo‘1ish va ritmik raqs 
harakatlarini bajarish, bolalarni faollashtiradi va dars qiziqarli, mazmunli o‘tadi. 
Kuylar ohangini o‘quvchilarning xotirasida chuqur o‘rnashib qolishi uchun 
ular bilan birga kuylash tavsiya etiladi. Shuni esdan chiqarmaslikki kerakki, 
musiqa asarlarini yaxshi esda saqlab qolish uchun kamida 2-3 marta eshittirish, har 
gal kuyning yangi qirralari bilan tanishtirib boriladi, musiqa tinglashni esa sodda 
so‘zli asarlardan boshlab asta-sekin murakkablashtirib borishi lozim. Darsning har 
beshta faoliyati bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda darsning mazmunini bir butun 
bo‘lishini ta’minlash lozim. Darsning chorak yil mavzulari bir-biri bilan izchil 
bog‘lanib, bir-birini to‘ldirish kerak.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin