Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Darsni jihozlash: reja-konspekt, darslik, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma 
kartochkalar, musiqa cholg‘u asbobilari.
Darsning turi: Aralash.
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib davomotni aniqlayman. 
Uyga berilgan vazifani tekshirish uchun savollar beraman.
1. O‘tgan darsda qanday mavzu o‘tgan edik? 
2. O‘rgangan qo‘shig‘imizni nomi nima va uni mualliflari kim? 
3. O‘tgan darsda qanday musiqiy asarni tinglagan edik va u nima haqida edi? 
So‘ngra o‘quvchilarga kuylash holatini eslatib, ularni ovozini sozlayman. 
1. Artikulatsiya apparatini ishga solish (talaffuz uchun mashq). 
2. Nafasni yo‘lga qo‘yish uchun mashqlar kuylataman. 


79 
3. Musiqiy o‘quvni o‘stirish uchun ikki ovozli mashqlar kuylataman. 
O‘tgan darsda o‘rgatgan D. Omonullayeva musiqasi, Yu. Suyunov she’riga 
bastalangan «Buvijonim» qo‘shig‘i mazmunini, tempini eslatib, takrorlab 
mustahkamlayman.
So‘ngra «Onajonim» qo‘shig‘ining mualliflari S. Abramova va A. Nurbeklar 
hayoti va ijodi bilan tanishtiraman. Bu qo‘shiq onajonimizning bizga mehribonligi, 
do‘ppi tikib, alla aytib erkalashi, g‘amxo‘rligi haqida. Bu qo‘shiq major ladida 
yozilgan, sho‘x, quvnoq, raqsona xarakterda. Hozir sizlarga qo‘shiqni fortopiano 
cholg‘u asbobi jo‘rligida kuylab beraman.
Qoshiqni kuylab bo‘gandan so‘ng o‘quvchilarga savollar beraman: 
1. Qo‘shiqni nomi nima va mualliflari kim? 
2. Bu qo‘shiq qanday xarakterda yozilgan va qanday to‘nlikda? 
3. Bu qo‘shiqni mazmunida onalarning qanday xislatlari haqida kuylanadi? 
4. Bolalar tarbiyasida onalarning shunday g‘amxo‘rligini ahamiyati nimada? 
Hozir sizlar bilan qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rganamiz. 
Endi qo‘shiqni musiqiy ritmik harakatlar bilan bajaramiz (raqs). 
Hozir kuylagan qo‘shig‘imizda sol kaliti yonida alteratsiya belgilari uchradi. 
Bu belgilarni nomi diyez, bemol, bekar. Bu belgilar musiqiy tovushni yarim parda 
yuqoriga ko‘tarish va yarim parda pastga tushiri sh uchun foydalaniladi. 
Diyez – tovushni yarim parda yuqoriga ko‘taradi. 
Bemol – tovushni yarim parda pastga tushiradi. 
Bekar – diyez va bemolni rad etadi. 
Hozir sizlar bilan o‘zbek xalq kuyi “Dilxirojni” tinglaymiz. Bu kuy o‘zbek 
xalqining mumtoz kuylaridan bo‘lib, uzoq tarixga ega. Sho‘x, quvnoq, raqsona 
xarakterda yozilgan. Endi bu kuyni rubobda sizlarga ijro etib beraman. Sizlar 
diqqat bilan tinglab, mening savollarimga javob berasiz. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin