Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

MAVZU : SAHNAVIY ASARLAR 
Darsning mavzusi: “Musiqa olamiga sayohat”. 
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, erkin so‘zlashga, o‘z 
ustida ishlashga o‘rgatish. Oz kuch sarflab ko‘proq natijaga erishish. 
Darsning jihozlari: Reja, konspekt, plakatlar, kartochkalar, CD disklar, 
tarqatma materiallar. 
Darsning turi: Noan’anaviy. 
Darsning borishi: O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlayman. 
Bugun sizlar bilan yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha dars o‘tamiz deb, o‘yin 


92 
turlari va shartlari bilan tanishtiraman. Buning uchun sinf o‘quvchilarini 
kartochkalar yordamida besh guruhga bo‘laman va tayyorlab qo‘yilgan partalar 
atrofiga o‘tqazaman. Har guruhda (6–7 tadan o‘quvchi bo‘lishi kerak). Birinchi 
guruh – «Doirachilar», ikkinchi guruh – «Rubobchilar», uchinchi guruh – 
«Dutorchilar», to‘rtinchi guruh – «Changchilar», beshinshi guruh – 
«Surnaychilar». 
Bolalarga o‘yin mezonlarini tushuntiraman. Har bir guruh belgilangan 
vaqtda, berilgan topshiriqlarga aniq, lo‘nda, mazmunli javob berishi kerak.
Agar guruh to‘g‘ri, to‘liq, tez javob bersa (qizil kartochka 3 ball). 
Agar guruh to‘g‘ri javob bersa (yashil kartochka 2 ball). 
Agar guruh javobida kamchiliklar bo‘lsa, (sariq kartochka 1 ball) bilan 
baholanadi. 
Buning uchun berilgan topshiriq ustida o‘ylab, bir fikrga kelib, berilgan 
javobini diqqat bilan tinglab, ba’zi joylarini to‘ldirib guruhingizga ball 
to‘plashingiz mumkin.
Shunday qilib o‘yinimizni I sharti bilan tanishtiraman. 
1. Shartning nomi «Yelpig‘ich». Bunda o‘quvchilar tarmoqli muammo 
xarakterdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, mavzuning tarmoqlari 
bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi.

shartni 
boshlaymiz. 
(vaqt belgilanadi
shartlar tushuntiriladi) 
«Doirachilar» guruhiga topshiriq: O‘zbekistonda balet san’atini rivojlanish tarixini 
ochib bering. 
«Rubobchilar» guruhiga topshiriq: O‘zbek musiqasida opera janri tarixini 
yoritib bering.
«Dutorchilar» guruhiga topshiriq: O‘zbekistonda musiqali drama va 
komediyani rivojlanishi. 
«Changchilar» guruhiga topshiriq: O‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri va 
xor haqida ma’lumot bering.
«Surnaychilar» guruhiga topshiriq: Simfonik orkestr va uning turlari haqida 
ma’lumot bering. 


93 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin