2.4. UCHINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING
MAZMUNI VA METODIKASI
Uchinchi sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga
ko‘ra 1–2-sinflardan ancha farq qiladi. Ularning diqqat e’tibori turg‘un, xotirasi
kuchli, ovoz apparatlari shakllangan, nutqi ravon, vokal-xor malakalariga, musiqa
haqida bilimga ega bo‘ladilar. Uchinchi sinf o‘quvchilari ovoz diapazoni do1 –
mi2. Shunga qaramasdan, darsning har bir elementi tajribalarga asoslanib
tushuntirish lozim.
Uchinchi sinf dars rejasini tuzganda ayniqsa, ijodiy yondashish, uning
strukturasini mantiqan bog‘lab turish, asarlar tartibini sinf imkoniyatiga muvofiq
belgilash, bolalarni musiqaga qiziqish uyg‘otib, badiiy emotsional kechinmalarini
vujudga keltirish, ularni ovoz diapazoniga moslab reja tuzish kerak. O‘quvchilarni
o‘quv jarayonida musiqaning hayotiyligi, soddadan murakkabga qarab uzluksiz
rivojlanishi, musiqaning nazariyasi va janrlari, tuzilishi va mohiyati, boshqa san’at
turlari bilan aloqasi haqida bilimga ega bo‘ladilar. Musiqa savodidan notaga qarab
kuylash qobiliyatlari ongli ravishda rivojlanadi. O‘qituvchini qo‘l harakatiga qarab
va ularni qo‘llarini harakatga keltirib turli mashqlar va qo‘shiqlarni kuylay oladilar.
Bu o‘rganilayotgan musiqiy asarlarning janrlarini aniqlashda, sof intonatsiyada
to‘g‘ri kuylashga va qo‘shiq mazmunini ifodali qilib badiiy jihatdan to‘g‘ri ijro
etishda muhim rol o‘ynaydi. Bunga misol qilib, kompozitor F. Nazarov va shoir P.
Mo‘minning «Qish chog‘lari» qo‘shig‘i, kompozitor Sh. Yormatov va shoira
Zulfiyaning «Qor» qo‘shigi, kompozitor N. Norxo‘jayev va shoir P. Mo‘minning
«Salom bergan bolalar», «Gul terdi gullar» kabi asarlarini keltirishimiz mumkin,
76
Uchinchi sinf o‘quvchilari nafasni to‘g‘ri olib, jumlani oxirigacha
yetkazishga asta-sekin o‘rganib borishlari kerak. Ikki ovozli asarlarning eng
oddiysini kuylay oladigan bo‘lishlari kerak. Ikki obozli kuylashga erishish uchun
avvalo sof intonatsiyaga erishish kerak. Bunga ovoz sozlash jarayonida erishiladi.
Oldin tertsiya kengligida ikki ovozli mashqlarni kuylash, so‘ngra bir ikki takt
kanon shaklida mashqlar kuylash orqali o‘quvchilarni musiqiy o‘quvini rivojlanib,
eshitish qobiliyati o‘sib boradi. Asta-sekin ikki ovozli asarlarni kuylash
o‘quvchilarni qiziqishini oshirib boradi. Kompozitor S. Boboyev va shoir P.
Mo‘minni «Dastyor qiz» qo‘shig‘i, kompozitor N. Norxo‘jayev va shoir P.
Mo‘minni «Oltin paxtam – oppog‘im», «Keng Turkiston» kabi qo‘shiqlari misol
bo‘la oladi.
O‘quvchilarni musiqa haqidagi bilim doirasini kengaytirshda va musiqa
qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa tinglash muhim rol o‘ynaydi. Har bir darsda
asar xarakteri, mazmuni va ifoda vositalarini aniqlashda bolalarga mustaqil fikr
bayon etish uchun imkoniyat bermoq lozim. Jumladan, «Yomg‘irjon» asarida (D.
Omonullayeva musiqasi) tembr, dinamika, o‘lchov kontrast asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi. Kompozitor Sh.Yormatovning «G‘ildiragim», kompozitor A.
Mansurovning «Qo‘zichog‘im – o‘yinchoq», kompozitor T. Azimovning
«Durdona» asarlarida kuy va jumlalarni o‘zgartirmay takrorlanishi «rondo»
ekanligini o‘quvchilar tezda anglab oladilar. Endi musiqaning rivojlanishidagi
kuyning qaytarilishida uning o‘zgarishi, o‘zgarganda ham yangi xarakter kasb
etib, o‘ynoqi va murakkab ritm va chaqqon temp etilishi – kontrast deyilady.
Kontrastga misol qilib kompozitor F. Nazarovning «Qo‘shiq va raqs», o‘zbek xalq
kuyi «Paxta
raqsi», kompozitor A. Mansurovning «Chumoli va Nor», kompozitor S.
Abramovaning «Buvijonim kelyapti» asarlarini keltirishimiz mumkin. Asarni 2-3
dars davomida tinglagach, hayotdagi voqelikni, murakkab voqelikni, musiqiy
ohanglarni tasvirlab olishini ko‘ramiz. Shu bilan birga 3-sinf o‘quvchilari musiqiy
ritmik harakatlarni aniq bajara olishlari, kuylayotgan qo‘shiqlarini jozibali,
quvnoq, yoqimli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qilishlari lozim. Shuningdek,
77
bolalar cholg‘u asboblarida aniq, ravon, o‘z vaqtida jo‘r bo‘lishlari lozim. 3-sinfda
ham barcha boshlang‘ich sinflarda qo‘llanadigan metodlardan: ko‘rgazmali,
amaliy, og‘zaki, taqqoslash va musiqa o‘qitishning optimal metodlaridan
foydalaniladi.
O‘qituvchi musiqa madaniyati darslarida jonli ijrosidan tashqari
gramplastinka yozuvidan, slayd, kompyuter, multimedia, magnit tasmalaridagi
yozuvlardan foydalanib, bolalar xori, professional san’atkorlar cholg‘u asboblarida
ijro etgan musiqiy asarlar, xalq qo‘shiq va kuylarini tinglab idrok etish bilan
o‘quvchilarni sehrli musiqa olamiga olib kirish, badiiy didni, qiziqishni
rivojlantirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |