Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Darsga yakun yasab, uyga vazifa beraman



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Darsga yakun yasab, uyga vazifa beraman. 
Bugun sizlar bilan «Oltin kuz» qo‘shig‘ini o‘rgandik, lad haqida ma’lumotga 
ega bo‘ldik. O‘zbek xalq cholg‘u asboblari bilan tanishdik.
Uyga vazifa «Oltin kuz» qo‘shig‘iga mos rasm chizib, qo‘shiq so‘zlarini 
yodlab keling. O‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan dutor asbobini ham rasmini 
chizib keling. Shu bilan darsimiz tamom. 
 
 
2.3. IKKINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING 
MAZMUNI VA METODIKASI 
Ikkinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xarakteri 1-sinf 
o‘quvchilariga o‘xshash bo‘ladi. Ularning diqqat-e’tibori hali to‘liq shakllanmagan 
bo‘ladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar diqqati bir narsadan boshqa bir narsaga tez-tez 
almashib turadi. Chunki, ular o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga ko‘proq 


69 
moyildirlar. Shu nuqtai nazardan musiqa madaniyati darslarida dars faoliyatlarini 
tez-tez almashtirib turish, ularni musiqaga qiziqtirib turish dars unumining garovi 
hisoblanadi.
Ovoz apparatlarining nozikligi, mo‘rtligi, ovoz pardalarining to‘la 
shakllanganligi sababli ovozlari faltet tizimida yangraydi. Ovoz diapazoni (DO, - 
RE2) gacha bo‘ladi. Birinchi sinfda olingan bilim va malakalari ikkinchi sinfda 
chuqurlashib, takomillashib konkretlashadi. Masalan, birinchi sinfda o‘quvchilar 
marsh musiqalarini jadal, shaxdam, tantanavor xarakterini musiqa ohangiga mos 
qadam tashlash bilan ajralsalar, ikkinchi sinfda esa bu musiqalarning janr ekanligi, 
ularni turlari (sport, bayram, harbiy) haqida konkret bilimga ega bo‘ladilar. Shu 
tarzda qo‘shiq va raqs janri ham o‘rganiladi. Ikkinchi sinfda vokal – xor ishlari, 
birinchi sinfda olingan bilim va malakalarini mustahkamlash va qo‘shiq 
kuylashdagi nuqsonlarni tuzatib borishdan iboratdir. Birinchi sinfda xor bo‘lib 
ashula aytishga doir bo‘lgan bilimlarni ikkinchi sinfda yanada shakllantirish lozim. 
Fiziologik o‘sish munosabati bilan ovoz kuchi, diapazoni, tembri o‘zgarib boradi, 
ma’lum tizim asosida avaylab tarbiyalash ikki ovozlikda kuylash uslubini 
shakllantiradi. Ikki ovozlikni hosil etishda bolalarni mayin ovozda kuylashi lozim, 
aks holda ikkinchi ovoz eshitilmay qoladi, o‘qituvchi darsda bolalarga qo‘shiq 
o‘rgatishda bolalar ovozini o‘ziga xos xususiyatlarini puxta bilishi lozim. 
O‘quvchilarni muttasil qo‘l harakatlariga o‘rgatib borishi «Diqqat», «Auf», «Ijroni 
boshlash», «Ijroni tugatish» kabi dirijorlik ishoralariga amal qilgan holda 
o‘quvchilarni kuylashga tayyorlash lozim. Ikkinchi sinfda ham o‘quvchilar sevgan 
kuy va qo‘shiqlar doirasini kengaytirish lozim. O‘quvchilarni hayotiy tajribalariga, 
birinchi sinfda olgan bilimlariga tayanib, musiqa asarlari tanlash kerak. Ularni 
milliy musiqamizni idrok etish, mumtoz musiqa namunalari bilan o‘zbek xalq 
musiqasi namunalari, o‘zbek xalq cholg‘u sozlari bilan musiqa tinglash va qo‘shiq 
kuylash orqali tanishtirib borish lozim. Bu o‘quvchilarimizni o‘z tarixini bilishga, 
fanlararo aloqa, o‘z Vatanini sevishga, milliy qadriyatlar, urf-odatlar bilan 
yaqindan tanishishga yordam beradi.


70 
Ikkinchi sinfda vokal – xor ishlariga e’tibor kuchayadi, o‘quvchilar ovoziga 
va cholg‘uga tayanib jo‘r bo‘lib, musiqali ritmik harakatlar bajaradilar.
Bunga «Paxtaoy» F.Nazarov, T.Ilxom she’ri; «Kichkintoymiz – 
gijingtoymiz» P.Mo‘min she’ri, K.Kenjayev musiqasi; «Yangi yilim» P.Mo‘min 
she’ri, D.Zokirov musiqasi; «G‘ildiragim» Sh.Yormatov musiqasi, T.Bahromov 
she’ri kabi qo‘shiqlar, «Chamanda gul» o‘zbek xalq kuylari misol bo‘la oladi. 
Musiqa idrokining asosiy vositasi musiqa nutqidir. Musiqa ifoda vositalari: kuy, 
lad, ritm, registr, tembr, dinamik belgilar musiqa savodiga kiradi. Ularni his 
etmasdan turib musiqa asarlarini san’at sifatida badiiy va g‘oyaviy jihatdan ongli 
ravishda to‘liq idrok etish qiyin. O‘quvchilar, shuningdek, o‘lchov, takt, takt 
chizig‘i, notalarni joylanishi, pauzalar, kuchli va kuchsiz hissalar, janrlar haqida 
bilimlarga ega bo‘lishlari, kuy-qo‘shiqlarni ongli ravishda o‘zlashtirishga musiqiy 
savodidan quyidagi bilim va malakalar shakllanib, amalda bajarilishi lozim:
1. Kuylarni ritmik sxemalarini bo‘g‘inli so‘zlar bilan kuylash (lya, du, da, 
mo, mi). 
2. Kuchli va kuchsiz hissalarini aniqlash va ularni his etib kuylash. 
3. Chapak va cholg‘u asboblarida chalib kuyga ritmik jo‘r bo‘lish. 
4. Marsh va raqs xarakterini ifodalash. 
5. Lad haqida bilimlarni mustahkamlash. 
Musiqa tinglash musiqa madaniyati darslarida yetakchi faoliyat hisoblanadi. 
Zero, darsda qo‘llanadigan barcha musiqa materiallari, asosan, musiqa tinglash 
orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi sinfda bu bilimlar chuqurlashib takomillashadi. Musiqadan ozuqa 
olish uchun o‘quvchilar musiqiy obrazlarni anglashlari, his etishlari va tasavvur 
etishlari lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi ikkinchi sinfda o‘quvchilarni musiqa 
tinglash jarayonida ishonchli dalillar: ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalari, test 
kartochkalari, didaktik o‘yinlar, noan’anaviy darslar yordamida o‘tishni talab 
etiladi. Musiqaning tabiati, undagi kayfiyat, obraz xarakterini ifodalashda lad 
hissini o‘stirishni ahamiyati katta. Bunga: «Alla», «Yallama – yorim», «O‘zbek 
xalq kuyi», «Andijon polkasi», «Gulxan» D.Zokirov qayta ishlagan, «Bahor valsi» 


71 
M.Mirzayev musiqasi misol bo‘la oladi. Har bir darsda asar xarakteri, mazmuni va 
ifoda vositalarini aniqlashda ko‘proq bolalarga mustaqil fikr yuritish uchun 
imkoniyat berish lozim. Shu tarzda tinglanadigan va kuylanadigan qo‘shiqlar dars 
davomida oddiy tahlil etilib o‘rgatiladi. O‘rgatiladigan kuy va qo‘shiqlar 
unutilmaslik uchun uyga vazifa berib, rasmlar solib kelish, ko‘rgazmali qurollar 
tayyorlash orqali mustahkamlash kerak. Musiqa madaniyati darslari beshta faoliyat 
asosida olib boriladi. Dars mavzulari bir-biri bilan uzviylik, ilmiylik, sistemalilik 
tamoyillari yordamida bog‘lanadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin