1-shart I guruh uchun sharlar ichidagi savollar: 1. Musiqiy asarni cholg‘u asboblarida birgalikda ijro etilishi nima deb
ataladi?
2. Kuyni bir qo‘shiqchi yoki sozanda ijro etishi nima deb ataladi?
3. Kompozitor Shermat Yormatovning qanday qo‘shiqlarini bilasiz?
II guruh uchun sharlar ichidagi savollar: 1. Kuy nima?
2. Cholg‘uchilar dastasi qanday milliy cholg‘u asboblardan tuziladi?
3. Kompozitor Dilorom Omonullayevaning qanday qo‘shiqlarini bilasiz?
III guruh uchun sharlar ichidagi savollar: 1. Kuyda nimalar ifodalanadi?
2. «Tonika» deb nimaga ataladi?
3. Kompozitor Nadim Norxo‘jayevning qanday qo‘shiqlarini bilasiz?
2-shart O‘yinimizning ikkinchi shartiga o‘tamiz.
“Tarozu” texnologiyasi. Bunda qaysi guruh asar nomini va mualliflarini
topib, qo‘shiqni chiroyli ijro etib bersa, o‘sha guruh ko‘proq ball to‘playdi. Bunda
men pianinoda yoki rubobda o‘rgangan qo‘shiqlarimizdan har bir guruh uchun
alohida parcha ijro etib beraman. O‘quvchilar qo‘shiq nomi va mualliflarini topib,
qo‘shiqni
birinchi kupletini ijro etib beradilar.
74
I guruh uchun – «Nevaralar» qo‘shig‘i, N. Norxo‘jayev musiqasi, S.
Bamoyev she’ri;
II guruh uchun – «Buvijonim» qo‘shig‘i, D. Omonullayeva musiqasi, Yu.
Suyunova she’ri;
III guruh uchun – «G‘ildiragim» qo‘shig‘i, Sh. Yormatov musiqasi,
P. Mo‘min she’ri.
Endi o‘yinimizni 3-shartiga o‘tamiz. (Test savollari).
3-shart Test savollari 1. T onika qanday tovush? A) uchinchi tovush
B) beqaror tovush
C) tayanch tovush
2. Yakkaxon qo‘shiqni kim aytadi? A) yozuvchi
B) solist
C) dirijor
3. Pauza nima? A) tinish belgisi
B) takrorlash belgisi
C) ohang
Ya’ni har bir guruhdagi ishtirokchi uchun test kartochkalari tarqataman.
Qaysi guruh savollarga ko‘proq javob bersa, o‘sha guruh ko‘proq ball to‘playdi.
Har bir shartdan keyin guruh ishtirokchilarini rag‘batlantirib, kartochkalardagi
ballar bilan baholab turaman. Eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib bo‘lib, olqishga
va rag‘batga sazovor bo‘ladi. Qolgan guruhlar ham shu tarzda e’tibor qozonib
baholanadilar.
Darsdga yakun yasab, uyga vazifa beraman.
75
Darsga yakun yasab, o‘quvchlarga hozirjavob bo‘lish kerakligini, ko‘proq
kitoblar o‘qib, darsga e’tiborli bo‘lib, xotirani charxlab, mustahkamlab, o‘z ustida
ishlash lozimligini eslatib o‘taman.