Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Bu kuyni qanday cholg‘u asboblarida ijro etsa bo‘ladi?
80
2. Bu kuyga kimlar raqsga tushsa bo‘ladi?
3. Bu asar qanday ladda yozilgan, alteratsiya belgilari bormi?
4. Kim bu kuyni biror parchasini kuylab bera oladi?
5. Endi musiqaga mos milliy raqs harakatlarni bajaramiz.
6. O‘quvchilarni darsda faol qatnashganliklarini hisobga olib, ularni reyting
ball asosida baholayman va ovozimni chiqarib baholarni o‘quvchilarga e’lon
qilaman.
7. Darsni yakunlab, uyga vazifa beraman va bolalar bilan xayrlashaman.
2.5. TO ‘RTINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING
MAZMUNI VA METODIKASI
To‘rtinchi sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga
ko‘ra hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo‘ladilar. Diqqat-e’tibori
turg‘unlashgan bo‘ladi. Jiddiy bo‘lgan masalalar ustida fikrlash, hajm jihatdan
kattaroq bo‘lgan musiqa asarlarini eshitishga qodir bo‘ladilar, izlanish, mushohada
qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu xususiyatlarni barchasini o‘qituvchi
nihoyatda o‘ylab, oqilona ish tutishi lozim. Har bir darsdan unumli foydalanishi
lozim. Bundan maqsad bolalarni tezroq dasturdagi musiqa asarlariga, dars
uslubiga, musiqa san’atiga qiziqishidan iboratdir. 4-sinf o‘quvchilarining vokal –
xor malakalari bir xilda rivojlangan bo‘lmaydi. Chunki, ba’zi boshlangich sinflarda
musiqa fanidan mutaxassislar dars berishmaydi. Mutaxassis ish olib borgan joyda
esa o‘quvchilar sof unisonda kuylash, ansambl va qo‘shiqlarni me’yoriga yetkazib,
ikki ovozda kuylash darajasiga ega bo‘ladilar. 4-sinf o‘quvchilarining ovoz
diapazoni (do
1
- mi
2
). 4-sinfda ham o‘qituvchilarni diffirensial guruhlarga bo‘lib
o‘tkazish lozim bo‘ladi. Chunki, ularning bu davrda ovozlari jarangdor, yoqimtoy,
kuliminatsion rivojlangan davri hisoblanadi. Shuning uchun, darsda ko‘proq
kuylatish maqsadga muvofiqdir. Bunga misol qilib, kompozitor N.Norxo‘jayev va
shoir P.Mo‘minni «Yaxshi bola»,
81
«Oq paxta terdik», kompozitor Sh.Yormatov va shoir S.Barmoyevni «Sog‘lom
avlod qo‘shig‘i», kompozitor M.Nasimov va shoir Ya.Qurbonovni «Bizdan sizga
kim kerak?» qo‘shig‘ini keltirishimiz mumkin.
Kalendar – mavzuli reja tuzganda yuqorida aytilgan xususiyatlarni hisobga
olgan holda yil chorak mavzulari hisobga olinib, reja tuziladi. O‘qitish davomida
quyidagi bosqichlarga e’tibor berish kerak. Birinchidan,, fanlararo aloqa metodi.
Boshqa fanlardan olingan bilim va malakalardan foydalanish.
Masalan, ona tili va adabiyot, tasviriy san’at, O‘zbekiston tarixi,
tabiatshunos, matematika va boshqalar.
Ikkinchidan, o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatini o‘stirish, sof unisonga
erishish, jumla boshida nafas olib, jumla oxirigacha rejalab yetkazish, lad haqida
ma’lumot, o‘lchovlarni bilish, notalarga qarab quylay olish.
Uchinchidan: musiqa savodiga qiziqtira olish; musiqa savodining eng
muhim ahamiyati – qo‘shiqlarni notalar nomlari bilan kuylatish, tinglash uchun
berilgan asarlarni tahlil qila olishdir.
Qo‘shiq o‘rgatishda dirijorlik uslubida fortepiano cholg‘u asbobidan unumli
foydalanish lozim. Ovozlarni maromiga tushirib kuylash uchun qo‘shiq
parchalaridan mashqlar tanlab kuylash lozim. Mashqlarni ma’lum tizimga solib
kuylash kerak. 4-sinfda musiqa tinglashni ahamiyati katta, chunki bunda
o‘quvchilar xalq musiqa ijodi o‘zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari bilan
tanishadilar. Musiqa tinglash uchun 4-sinfda o‘zbek xalqining ommaviy
qo‘shiqlaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, «Alla», «Omonyor»,
«Boychechak», «Dilxiroj», «Tanovor», «Lolacha», «Kovushim», «Chorgoh» va
boshqalar.
O‘quvchilarda shuningdek, xalq musiqa ijodining ommaviy janrlari, kasbiy
musiqa, mehnat va mavsum qo‘shiqlari haqida ma’lumot berish lozim. Xalq
musiqasining ommaviy janrlari xalqimiz orasida keng tarqalgan bo‘lib, og‘izdan-
og‘izga, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda, bu asarlar mazmunida orombaxsh,
yoqimli, mayin allalar, pandu nasihat, axloq-odob haqida qo‘shiqlar, yalla, laparlar
kiradi. Bularga misol qilib «Olmacha anor», «Oyijon», «Qizgina», «Hey, lola»,
82
«Ishga chiqing kelinoyi» kabi asarlarni tinglash mumkin. 4-sinf o‘quvchilarini
ayniqsa, to‘garak va ommaviy ishlarga jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |