Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 


100 
 
3.3. YETTINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISH 
MAZMUNI VA METODIKASI 
Yettinchi sinflarda musiqa o‘qitish jarayoni yakunlanadi. Unda quyi 
sinflarda olingan bilim va malakalar chuqurlashadi, takomillashib umumlashadi. 
Ayniqsa, musiqani tinglab, badiiy jihatdan mustaqil tahlil qilish, qo‘shiq o‘rgatish, 
musiqa savodi kabi dars faoliyatlarini tatbiq etish ishi nihoyasiga yetadi.
7-sinf o‘quvchilari psixologik-fiziologik xarakteriga ko‘ra diqqate’tiborlari 
turg‘un, dunyoqarashi rivojlangan bo‘ladi. Ular mustaqil fikr yuritish, hikoya 
tuzish, musiqaga doir albom, referatlar, sinf burchaklari va ko‘rgazmali qurollar 
tayyorlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning bu ijodiy 
xususiyatlaridan 
foydalanib, musiqa san’atiga, musiqa savodiga doir ko‘rgazmali qurollar 
tayyorlash vazifasini topshirishi mumkin. Shuningdek, mashhur bastakorlarga doir 
albomlar tayyorlashni ham topshirishi mumkin. Vokal – xor ishlari qo‘shiq 
o‘rgatish jarayonida ularni ovozlarini asrab tarbiyalash ishi murakkablashadi. Ovoz 
shakllanishi notekis bo‘ladi, chunki bu yoshda mutatsiya davri kuchayadi. Ayniqsa 
o‘g‘il bolalarda ovoz boylamlari yo‘g‘onlashib, ovoz registri bir oktavaga 
pasayadi. Natijada o‘quv va ovoz o‘rtasidagi koordinatsiya buzilib, ba’zan bolalar 
sof intonatsiyada aniq kuylay olmaydilar. Bunday paytda o‘qituvchi kuylash uchun 
qulay yo‘llarni izlashi lozim. Ovozni toliqtirmasdan erkin, ravon kuylashga 
o‘rgatishi kerak. Mutatsiya davrida bolalar ovozida kun sayin o‘zgarish ro‘y 
beradi. Buni hisobga olib, qo‘shiqni ovoz partiyasini ikki ovozga bo‘lish lozim. 
Yoki ovozlarni transportirovka qilib pastki tovushlarga tushirish lozim. 
Yettinchi sinf o‘quvchilarining ovoz diapazoni birinchi ovozlarda (Do1 - 
Mi2) 2-ovozlarda esa (Sikich-Re2) gacha bo‘ladi. Tajribalar mutatsiya davrida 
ovozlarni to‘g‘ri taqsimlash, ovozlarni tekis chiqishi va qiyinchiliklarga duch 
kelmaslikka olib keladi. Tanlangan qo‘shiqlar qahramona, link, estrada, o‘zbek 
xalq qo‘shiqlaridan bo‘lib, o‘quvchilarda o‘rganishga qiziqish uyg‘otishi lozim. 


101 
Ba’zi bir qo‘shiqlarni solist yordamida ham o‘rgatish mumkin. Ashula ayt ganda 
dinamik belgilari, tempi, badiiy ijrosiga erishish zarur. Yettinchi sinflarda musiqa 
savodini oldingi bilimlarga tayanib, notaga qarab kuylash, intervallar, o‘lchovlar, 
dinamik belgilar, parallel major va minor ladlari kabi mavzularda alohida to‘xtab 
o‘tib, musiqali misollar keltirishimiz mumkin. Musiqali misollarni kuylaydigan 
qo‘shiqlardan tinglangan musiqiy asarlar asosida va o‘zbek xalq qo‘shiqlari 
misolida keltirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ular musiqiy asarning 
shaklini ham bilishlari kerak. Musiqa tinglash birmuncha murakkablashadi. Chunki 
darsning asosiy qismi tinglash jarayonida o‘tadi. Xalq qo‘shiqlari, maqomlar, 
mumtoz xalq musiqasi haqida fikr yurita olishlari kerak. Musiqani badiiy jihatdan 
mustaqil tinglab, uni mukammal idrok etish, musiqaning tuzilishi, yangi 
qo‘shiqlar, musiqa adabiyoti, musiqa savodi bilan tanishtirish ishlari nihoyasiga 
yetadi. Lekin vokal xor ishlarida qo‘shiq o‘rgatish, ovoz sozlash jarayonida ularni 
ovozlarini ehtiyot qilish, metodik to‘g‘ri yo‘llanma berish kerak. Ba’zi paytlarda, 
bolalar bilan suhbatlashish, ota-onalarni taklif etib, doktorga farzandining sog‘lig‘i 
haqida murojaat qilishni taklif qilish lozim. Chunki 7-sinfda bolalarda mutatsiya 
davri boshlanadi. Mutatsiya davrigacha 
o‘g‘il va qiz bolalarda ovoz apparatining tuzilishi o‘xshash bo‘lib, ular bir-biridan 
uncha farq qilmaydi. Mutatsiya davrida esa ularning ovozlari o‘zgarib, o‘g‘il 
bolalarda ovoz registri jihatdan bir oktava pasayib yo‘g‘onlashadi. Qiz bolalarda 
esa registr o‘z o‘rnida qolib, ovoz kuchi, tembning mayinligi deyarli saqlanib 
qoladi. Shu boisdan, o‘g‘il bolalarda mutatsiya aktiv va sezilarli darajada, qiz 
bolalarda esa osoyishta va tekis o‘tadi. Natijada ba’zi o‘g‘il bolalar ashula 
aytganda sozga tusholmay qiynaladilar. Ba’zilari esa kuchanib kuylaydilar. 
Bu davrda o‘g‘il bolalar ovozi shartli ravishda erkakcha ovozga, qiz bolalar 
ovozi esa balog‘atli xotin-qizlar ovoziga asta-sekin o‘ta boshlaydi. O‘g‘il bolalar 
tomog‘ida ovoz boylamlari yo‘g‘onlashadi, qizlarda shishlar paydo bo‘lishi 
mumkin. Natijada diapazon qisqarib, yuqori pardalarda kuylash og‘irlashadi. Tez 
charchash holatlari paydo bo‘ladi. Mutatsiya davrida o‘g‘il va qiz bolalarga ashula 
o‘rgatish mas’uliyat talab etiladi. Qo‘shiqlarni bolalarning ovoz imkoniyatlariga 


102 
moslashtirib, dars davomida ularning ovozlarini asrab-avaylab o‘rgatish lozim. 
Ovoz partiyalarini aniq ajratib, ikki ovozda ashula ayttirish, ovoz tarbiyasining 
muhim vositasidir. Bolalarning intizomida ham o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. 
Emotsional uyg‘onishlar, organizmdagi garmonik o‘zgarishlar darsga nisbatan 
qiziqishini pasayishiga sabab bo‘ladi. Bu davrda o‘qituvchi mohirlik bilan musiqiy 
asarlar mazmunini hayotimiz bilan bog‘liq o‘tishi, uning vositasida axloqiy 
go‘zallik tarbiyasini berish, dars mazmunini boshqa fanlar bilan bog‘lab olib 
borishi lozim.
Vokal-xor ishlari va musiqa tinglash ishlarini amalga oshirishda quyi 
sinflarda olingan bilim na malakalarga va hayotiy tajribalarga suyanib ish tutish 
yaxshi natija beradi. Musiqa tanlashda esa mazmun jihatdan ancha murakkab 
bo‘lgan asarlar o‘tiladi. O‘quvchilar o‘zbek xalq qo‘shiqlari, maqomlari, mumtoz 
ashulalari, yalla va laparlar, xalq musiqasining mahalliy uslublari bilan tanishib, 
tuzilish mazmunini, 
tarixini o‘rganadilar. Mumtoz ashulalar, maqomlar kuylab, o‘zbek xalq musiqasini 
durdona asarlaridan zavq oladilar.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin