111
Pedagogik kollejning bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa o‘qitish
metodikasi fanidan maxsus bilim va malakalarga ega bo‘lishi, axloqiy pok, halol
va sofdil, yuksak fazilatli, o‘z kasbining jonkuyari, talabalarga va o‘smir yoshlarga
nisbatan o‘ta mehribon, o‘ta talabchan va o‘zbek xalqining urf-odatlarini,
qadriyatlari va an’analarini mukammal biladigan hamda o‘z kasbiga talabalarni
qiziqtira oladigan shaxs bo‘lmog‘i lozim.
Bugungi talaba – bo‘lajak pedagog o‘tmishi bor o‘zbek xalqining musiqa
san’atini noyob namunalarini o‘zlashtirgan bo‘lib, o‘quvchiyoshlarga ulashmog‘i
davr talabidir. Shu sababli bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchisi oldiga quyidagi
talablar qo‘yiladi:
1. O‘zlari ta’lim berishi lozim bo‘lgan talaba-yoshlarga musiqa san’ati
sirlarini o‘rgatish borasida doimo izlanish.
2. Talaba-yoshlarga pedagogika, psixologiya, musiqa o‘qitish metodikasi
fanlarini mukammal o‘rgatish.
3. O‘quvchi-yoshlarni musiqa san’ati bo‘yicha ijodkorlikka yetaklash.
Iqtidorli talabalarni to‘garaklarga jalb qilish.
4. Zamon talablariga mos dars va mashg‘ulotlarni noan’anaviy dars rejalari
asosida o‘tkazish.
5. Jahon andozalariga xos yangi pedagogik texnologiyalarni darslarda
qo‘llash.
Yuqorida qayd etilgan talablarni o‘zida mujassam etgan har qanday talaba
kelajakda yetuk barkamol pedagog bo‘lib voyaga yetishi mumkin.
Talabalarga musiqiy ta’lim berishning asosiy shakllari ma’ruza, amaliy
mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ish yo‘nalishlarida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: