"Mikrokreditbank" atb hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish tartibi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix19.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#132490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
888Bank xisob varag i shartnomasi

“internet-bank” xizmati – avtomatlashtirilgan elektron tizim boʻlib, mijozga internet 
axborot-
telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalangan holda uning bankdagi hisobvaragʻiga 
masofadan turib xizmat koʻrsatish imkonini beruvchi xizmat turi hisoblanadi. 

“mobil-bank” xizmati – avtomatlashtirilgan elektron tizim boʻlib, mijozga internet axborot-
telekommunikatsiya tarmogʻi orqali “IOS”, “Android” yoki “JAVA” operatsion tizimlarida 
ishlaydigan mobil telefoni yoki planshetidan foydalangan holda bankdagi hisobvaragʻiga 
masofadan turi
b xizmat koʻrsatish imkonini beruvchi xizmat turi hisoblanadi. 

“SMS-bank” xizmati – avtomatlashtirilgan elektron tizim boʻlib, mijozga uyali aloqa 
operatorlari xizmatidan foydalangan holda mobil telefoni yoki planshetiga hisobvaragʻidagi 
amaliyotlar haq
ida ma’lumotlarni SMS koʻrinishida taqdim etib turuvchi xizmat turi hisoblanadi. 
elektron hujjat 
– elektron shaklda qayd etilgan, ya’ni fayl koʻrinishidagi yoki ma’lumotlar 
bazasidagi bir yoki bir necha yozuvlar koʻrinishidagi baytlarning yigʻindisi boʻlgan, Tizim dasturiy 
ta’minoti yordamida tayyorlangan, toʻlov topshiriqnomasi yoki Mijozning boshqa axborotlarini 
oʻzida jam qiluvchi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat hisoblanadi. 


elektron raqamli imzo (ERI) 
– elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil 
qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda 
xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron hujjatni autentifikatsiya qilish (mualliflikni va yaxlitlikni 
tasdiqlovchi) imkoniyatini beradigan imzo. 
shubhali operatsiya 
— tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, 
mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida tijorat bankida uni jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi 
toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya. 
mijozning xodimlari 
– Mijoz bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar. 
karta hisobvaraqlari 
– Bank tomonidan chiqariladigan plastik kartalardan foydalangan 
holda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan amaliyotlar. 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin