"Mikrokreditbank" atb hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish tartibi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix19.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#132490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
888Bank xisob varag i shartnomasi

korporativ karta (“Karta”)milliy valyutadagi karta, tovar va xizmatlar hamda 
Oʻzbekiston Respublikasi xududida xizmat safari xarajatlarini toʻlash uchun moʻljallangan 
personifitsirlangan toʻlov vositasi hisoblanib, ta’minot sifatida korxona karta hisobvaragʻi 
hisoblanadi. Karta Bank tomonidan chiqariladi, Bank mulki hisoblanadi hamda vaqtincha 
foydalanish uchun bank tomonidan belgilangan muddatga beriladi. Kartadan foydalanish 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ushbu shartnoma bilan tartibga solinadi. 
karta egasi 
Mijoz xodimi hisoblanib, Bank tomonidan uning nomiga hamda uning 
foydasiga karta chiqariladi. 

karta hisobvaragʻi – karta egalari tomonidan amalga oshirilgan amaliyotlarni hisobga 
olish uchun tashkilotning bankdagi hisobvaragʻi. 

karta boʻyicha hisobot – mijoz tomonidan amalga oshirilgan karta operatsiyalarini aks 
ettiruvchi bank tomonidan tuziladigan hujjat. 
xarajat limiti 
– karta boʻyicha amaliyotlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan, tashkilot 
tomonidan belgilangan karta boʻyicha sarf limiti.
II.
SHARTNOMA PREDMETI 
2.1. Mazkur shartnoma bank tomonidan mijozning 
arizasiga koʻra amaldagi qonunchilik 
hujjatlari talablariga muvofiq, bank hisobvaraqlarini (bundan buyon «hisobvaraq» deb yuritiladi) 
ochish, uning hisobvaragʻiga kelib tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, 
mijozning hisobvaragʻidan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish va toʻlash hamda hisobvaraq 
boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish, kassa xizmatlarini koʻrsatish, masofaviy 
xizmatlar dasturiy majmualari orqali elektron bank xizmatlarini koʻrsatish, korporativ (yoki 
tadbirkor) bank kartasi orqali amalga oshirilgan hisob-
kitoblar boʻyicha Bank tomonidan 
koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. 
2.2. 
Bank tomonidan Mijozning bankda ochilgan hisobvaraqlari boʻyicha koʻrsatiladigan 
masofaviy bank xiz
matlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 

Mijozga internet tarmogʻi orqali “Internet-bank” tizimining funktsional imkoniyatlaridan 
foydalangan holda elektron toʻlov hujjatlarini uzatish va qabul qilish, soʻrovlarga muvofiq 
ma’lumotlar olish amaliyotlarini bajarish boʻyicha “Internet-bank” xizmatini koʻrsatish; 

Mijozning “Internet-bank” tizimi orqali kelib tushgan elektron toʻlov hujjatlariga Markaziy 
bankning elektron toʻlov hujjatlariga ishlov berish boʻyicha talablari va nizomlariga muvofiq ishlov 
berish; 

Mijozning xodimlariga Smart Vista toʻlov tizimi karta hisobvaragʻiga pul mablagʻini 
oʻtkazish uchun Mijoz tomonidan taqdim etilgan toʻlov qaydnomalarining elektron almashinuvi; 


- Mijozning mobil apparatlari va/yoki planshetlarida internet axborot-telekommunikatsiya 
tarmogʻidan foydalangan holda “IOS”, “Android” yoki “JAVA” operatsion tizimlarida ishlaydigan 
“Mobil-bank” xizmat turini yuklash orqali uning bankdagi hisobvaragʻiga masofadan turib “Mobil-
bank” xizmatini koʻrsatish; 
- Mijozning uyali aloqa operatorlari xizmatidan foydalangan holda uning mobil telefoni 
va/yoki planshetiga hisobvaragʻidagi amaliyotlar haqidagi ma’lumotlarni “SMS” xabarlar tarzida 
taqdim etib turish yoʻli bilan uning bankdagi hisobvaragʻiga masofadan turib “SMS-bank” xizmati 
koʻrsatish. Bunda Mijozga uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkaziladigan har bir bank 
amaliyoti unga SMS xabar orqali avtomatik tarzda ma’lum qilinib boriladi. 
2.3. 
Mijoz yuqorida keltirib oʻtilgan “Internet-bank”, “Mobil-bank” va “SMS-bank” xizmatlarini 
ixtiyoriy ravishda tanlaydi. 
2.4. 
Mijoz www.mkbank.uz saytidan “Internet-bank” tizimiga kirishi va ushbu xizmat turi
shuningdek, “Mobil-bank” va “SMS-bank” xizmat turlari haqida barcha zarur qoʻshimcha 
ma’lumotlarni olishi mumkin. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin