qaytarishning oʻrnatilgan muddatlarini buzishni istisno etgan holda, Bank har bir holat uchun bank
ustav kapitali eng kam miqdorining 0,001 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
8.5. Bankka haqiqiy boʻlmagan hujjatlar yoki ma’lumotlar
taqdim qilganligi, shuningdek
mazkur shartnomaning boshqa shartlarini bajarmaganligi uchun (Bank tomonidan Mijozning aybi
hujjatlar asosida tasdiqlangan holda) Mijoz Bankka bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari
miqdorida jarima toʻlaydi.
8.6. Mijoz Bankka hisobotlarning oʻz vaqtida va ishonchli taqdim qilinishi uchun javobgar.
8.7. Mijoz operatsiyalarning qonuniyligi va pul mablagʻlarining qonunga muvofiq qat’iy
belgilangan maqsadda ishlatilishi uchun javobgar. Mijoz operatsiyalari yuzasidan bankka
nisbatan qoʻllanilgan jarimalar (penyalar) mijoz tomonidan bankka qoplab beriladi.
8.8. Bank Mijozning shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagani
yoki tegishli ravishda
bajarmagani uchun kreditorlarga toʻlashi lozim boʻlgan penyani hisoblashga va undirishga
javobgar emas.
8.9. Toʻlov topshiriqnomalarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning toʻgʻriligi
uchun mijoz javobgar hisoblanadi.
8.10. Internet-
bank orqali yuborilgan elektron talabnomalarni toʻgʻri aktseplanganligiga yoki
rad etilganligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
8.11. Bank quyidagi hollarda jarima toʻlashdan ozod qilinadi:
a) banklararo elektron tizimi ishdan chiqqanda (boshqa turdagi elektron toʻlovlar tizimiga
oʻtish, yangi dasturlarni
sinash va joriy etish, Bank faoliyatiga taalluqli boʻlmagan boshqa
vaziyatlarda);
b) elektroenergiya boʻlmagan hollarda hamda Bank faoliyatiga taalluqli boʻlmagan boshqa
vaziyatlarda;
v) Mijoz tomonidan amaldagi qonunchilik asosida belgilangan talablarga mos kelmaydigan
toʻlov hujjatlari taqdim qilinganda;
g) qonunchilikda
belgilangan tartibda Bank yoki Mijoz hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar
toʻxtatib qoʻyilganda.
8.12. Bank quyidagilar uchun javobgarlikka ega boʻlmaydi:
a) fors-
major
holatlarda, shu jumladan, banklararo elektron toʻlovlar tizimida yuz berishi
mumkin bo
ʻlgan majburiy toʻxtab qolishlarda ham.
b) mijoz tomonidan
taqdim etilgan, amaldagi qonunchilik orqali oʻrnatilgan talablarga javob
bermaydigan toʻlov hujjatlari uchun;
v) mijozning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan toʻlovlar uchun;
g) Bank yoki mijozning hisob raqamidagi operatsiyalarning qonunchilikda belgilangan
tartibda toʻxtatib qoʻyilganligi uchun;
d) mijozning oʻrnatilgan texnik talablarga rioya etmaganligi uchun;
e) joʻnatuvchining elektron hujjatlarida yoʻl qoʻyilgan xatolar va
noaniqliklar uchun;
j) mobil telefon yoki planshet orqali mobil ilovadan foydalangan holda “Mobil-bank” tizimi
orqali joʻnatilgan elektron hujjatlar uchun.
8.13. Bankka nisbatan ushbu shartnomada nazarda tutilgan jarima jazo choralarini qoʻllash
sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: