12.3. Mijozning boshqa shaxslar bilan hisob-
kitoblariga oid oʻzaro nizolari ular tomonidan
Bankning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
12.4. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan barcha masalalar amaldagi qonunchilik
asosida hal etiladi.
XIII. BOSHQA SHARTLAR
13.1. Mijozning hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish
tartibi tomonlar uchun
majburiy hisoblanuvchi Markaziy bank normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
13.2.
Mazkur shartnoma
Bank tomonidan oferta qilingan. Bank hisobvaragʻi boʻyicha
munosabatlarni belgilovchi har qanday Bank tomonidan oferta qilinmagan bitim haqiqiy emas.
13.3. Ushbu shartnoma qoidalari tomonlar oʻrtasidagi bank hisobvaragʻi qoidalarini tartibga
soluvchi bo
shqa har qanday bitim qoidalaridan ustun turadi. Bank va Mijoz oʻrtasida
ushbu
shartnoma qoidalaridan jiddiy farq qiluvchi har qanday bitim haqiqiy emas hisoblanadi.
13.4. Ushbu shartnoma boʻyicha Bank Mijozni bevosita xabardor qilishni oʻz
zimmasiga
olgan har qanday xat-
xabarlarni (talabnomalar, ogohlantirish xatlari, informatsion ma’lumotlar va
boshqalar) Bank Mijoz tomonidan bank hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq Bankka
taqdim qilgan xabarnomada koʻrsatilgan aloqa vositalaridan biriga (pochta, telefon,
elektron
pochta va boshqalar) oʻz ixtiyoriga koʻra qogʻoz, sms yoki elektron xat koʻrinishida
yuborishga
haqli.
13.5. Mijoz tomonidan toʻlov qaydnomasi adashib joʻnatilganligi aniqlanganida, Mijoz zudlik
bilan bu haqda yozma ravishda Bankni xabardor qiladi.
“Mikrokreditbank” ATB hisobvaraqlarni
ochish, yuritish va
yopish tartibi
toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnoma
6-ilova
Dostları ilə paylaş: