"Mikrokreditbank" atb hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish tartibi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix19.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#132490
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
888Bank xisob varag i shartnomasi

IX.
FORS-MAJOR HOLATLAR 
9.1. Shartnoma tuzilganidan soʻng yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv toshqini, yongʻin, 
zilzila va tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar, embargo, harbiy harakatlar kabi sabablar tufayli ushbu 
shartnoma boʻyicha har qanday majburiyatlar toʻliq yoki qisman bajarilmagan hollarda tomonlar 
javobgarlikdan toʻliq yoki qisman ozod etiladi. 
9.2. Yuzaga kelgan Fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi 
haqida taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan vaqtdan boshlab, uch bank kuni 
ichida bu haqda ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor qilishi lozim. 


9.3. Yuzaga kelgan Fors-
major holatlari toʻgʻrisida bir taraf boshqa tarafni oʻz vaqtida yohud 
umuman xabardor qilinmasligi ularni majburiyatlarni bajarilmasligi yoki lozim darajada 
bajarilmasligi oqibatida kelib chiqadigan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
9.4. Fors-
major holatlari oʻttiz kun mobaynida bartaraf etilmagan taqdirda taraflar ushbu 
shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga ha
qli boʻladilar. 
X.
SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI OʻZGARTIRISH VA BEKOR
QILISH TARTIBI 
10.1. Mazkur shartnoma tomonlar oʻrtasida imzolangan kundan e’tiboran tuzilgan 
hisoblanadi va amal qilish muddati cheklanmaydi. 
10.2. Mazkur shartnomaga 
kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar bankning 
veb-sayti va bank filial stendlari orq
ali mijozlarga ma’lum qilinadi. 
10.3. Mazkur shartnoma Mijoz talabiga koʻra u xohlagan paytda, agar uning bank oldida 
qondirilmagan majburiyatlari mavjud boʻlmasa, bu haqda Bankni oʻn kun oldin yozma ravishda 
xabardor qilish sharti bilan bekor qilinadi. 
10.4. Shartnoma bekor qilingan sanadan boshlab etti kun davomida Bank Mijozning 
hisobvaragʻini yopadi va Mijozning yozma arizasiga muvofiq mablagʻ qoldigʻini boshqa 
hisobvaraqqa oʻtkazadi. Shartnoma bekor qilingan sanadan e’tiboran etti kun davomida Mijoz 
mablagʻlarini boshqa hisobvaraqqa oʻtkazish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma bermasa, Bank bir 
tomonlama tartibda Mijozning hisob-kitob hujjatlarini va cheklarini ijro uchun qabul qilishni 
toʻxtatib qoʻyadi. 
10.5. Ushbu shartnoma Bankning talabiga koʻra sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi 
mumkin: 
10.5.1 mijozning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlari summasi bank qoidalarida 
nazarda tutilgan eng kam 
miqdordan oz boʻlsa, agar bunday summa bank bu haqida 
ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa; 
10.5.2 ushbu hisobvaraq boʻyicha bir yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan 
boʻlsa. 
10.6. Ushbu shartnomaning bekor qilinishi Mijoz hisobvaragʻini yopish uchun asos 
hisoblanadi. 
XI. MAXFIYLIK 
11.1. Taraflar ushbu shartnomani bajarilishi munosabati bilan oʻzlariga ma’lum boʻlgan 
maxfiy ma’lumotlarni, shu jumladan bank sirini oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar va ushbu 
ma’lumotlardan faqat maxfiylik maqsadida foydalanadilar. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli organlarga maxfiy axborotni taqdim etish bundan istisno. 
11.2. Taraflar shartnoma bekor boʻlgandan keyin ushbu shartnomani bajarish bilan bogʻliq 
boʻlgan barcha maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka majburdirlar. 
11.3. Maxfiylik majburiyatlari buzilgan taqdirda, aybdor taraf jabrlanuvchiga / Taraflar / 
maxfiylikning buzilishi natijasida etkazilgan zararni toʻliq qoplaydi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin