7.5.3 mijozning xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan naqd pulsiz
hisob-kitoblarni amalga
oshirish;
7.5.4 Oʻzbekiston Respublikasi xududida vakillik xarajatlarini naqd pulsiz toʻlash uchun.
Yuqorida keltirilgan amaliyotlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligiga,
Markaziy Bank normativ xujjatlariga, ushbu shartnoma shartlariga xamda koʻrsatilgan
turdagi
hisobvaragʻlar boʻyicha amaliyotlarni amalga oshirish uchun bank tomonidan belgilangan
qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
7.6. Karta yordamida ish xaqi va ijtimoiy toʻlovlarni amalga oshirish mumkin emas.
7.7. Karta yoʻqotilgan taqdirda Mijoz darxol belgilangan tartibda Kartaning amal qilishini
toʻxtatib turish toʻgʻrisida Bankni xabardor qiladi.
7.8. Kartaning amal qilish muddati tugaganida yoki Bank
tomonidan Kartani qaytarish
yozma ravishda talab qilinganida, Mijoz etti kalendar kuni ichida Kartani Bankka qaytarishni
ta’minlashi lozim.
7.9. Karta egasi boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda, Mijoz xodim
bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan sanadan kechiktirmasdan
Karta Bankka
qaytarilishini ta’minlashi lozim.
7.10. Ilgari yoʻqolgan deb ma’lumot berilgan Karta topilgan taqdirda, darxol bu xaqda Bank
xabardor qilinishi va Kartani uch ish kuni ichida Bankka kaytarilishi kerak.
7.11. Mijoz Karta egasini kartaga tushadigan mablagʻ miqdori toʻgʻrisida xabardor qiladi.
7.12. Mijoz Karta egasi tomonidan Karta yordamida amalga oshirilgan operatsiyalar
toʻgʻrisidagi hisobotlarni Mijozning buxgalteriga saqlash uchun topshirishini nazorat qilib boradi.
7.13. Texnik nosozliklar (aloqa uzilishi, karta bloklanib qolishi, kartaning amal qilish muddati
tugashi va boshqalar) tufayli Kartaga oʻtkazilayotgan pul mablagʻlari Kartaga ikki marotaba kirim
qilingan taqdirda, ortiqcha kirim qilingan pul mablagʻlari hisobdan chiqarish uchun Mijoz darxol
Bankni xabardor qilishi shart.
7.14.
Bank Karta orqali hisob-
kitoblarni amalga oshirish boʻyicha quyidagi hollarda Mijoz
oldida javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi:
-
Mijoz Karta orqali amaliyotlarni amalga oshirishda ushbu shartnomada oʻrnatilgan qoida
va tartibni buzganda;
-
Mijoz tomonidan oʻtkazilgan toʻlov amaliyot toʻgʻrisida hujjat yoki axborotlar yoʻqligida;
- Mijoz tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilganda.
Dostları ilə paylaş: