III.
SHARTNOMANI IMZOLASH TARTIBI VA JOYI
3.1. Mijoz tomonidan ommaviy oferta shartnomasini aktseptlashi, jumladan oferta shartlari
bilan tanishganligi va roziligi yuzasidan oʻz arizasida ma’lum qilgan hamda mijozga tegishli bank
hisobvaragʻi ochilgan paytdan boshlab Bank va Mijoz oʻrtasidagi shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
3.2. Mijoz tomonidan mazkur Shartnomani aktseptlash bankka hisobvaraq ochish
toʻgʻrisidagi (Bank mijozi boʻlgan sub’ektlar “Mijozning mobil telefon qurilmasiga masofadan turib
(distantsion) elektron SMS-
Bank xizmati koʻrsatish uchun”, “Mijozning hisobvaragʻiga masofadan
turib (distantsion) elektron Internet-
Bank xizmati koʻrsatish uchun”, “Yuridik shaxslarga hamda
yakka tartibdagi tadbirkorlarga korporativ bank kartalarini ochish uchun”) arizani taqdim etish
orqali amalga oshiriladi.
3.3.
Shartnoma Mijozga bank hisobvaragʻi ochilgan bank joylashgan erda tuzilgan
hisoblanadi.
3.4.
Mazkur Shartnomada koʻrsatilgan amallarni bajarish:
- ushbu Shartnomani aktseptlaganligi va Mijozning mazkur Shartnomada bayon etilgan
shartlarda, tartibda va hajmda shartnomani imzolashga roziligini tasdiqlash sifatida e’tirof etiladi;
- mijoz Shartnomaning barcha shartlarini hech qanday istisnosiz yoki cheklovlarsiz ularning
shartlariga qoʻshilish orqali qabul qilganligini anglatadi;
-
mazkur Shartnomaning barcha shartlari bilan Mijozning tanishib chiqqanligini soʻzsiz
tasdiqlaydi.
IV.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
4.1. Bank majburiyatlari:
4.1.1.
Mijozning arizasi va topshirigʻiga muvofiq milliy valyuta va/yoki xorijiy valyutada
hisobvaraq ochish, tushumlar maqsadi boʻyicha boshqa kerakli (oylik ish xaqi uchun, terminal
uchun, korporativ karta uchun, pensiya va boshqa maxsus) hisobvaraqlar ochish shuningdek
qonunchilikda koʻzda tutilgan barcha hisob-kitob–kassa xizmatlarini koʻrsatish va hisob-kitob va
kassa operatsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga
oshirishning amaldagi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish, jumladan:
а) Mijoz hisobvaragʻiga oid toʻlov hujjati Bankka soat 16.00 gacha kelib tushgan holda,
barcha rekvizitlar toʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa shu kunning oʻzida, soat 16.00 dan keyin tushgan
holda keyingi bank kunida hisobga kiritish;
б) Mijozning pul mablagʻlarini unga tegishli boʻlgan bir hisobvaragʻidan boshqasiga oʻtkazish
hamda boshqa shaxslarning hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshirigʻini бажариш,
shuningdek hisobvaraqda mablagʻ mavjud boʻlganda tegishli toʻlov hujjati Bankka kelib tushgan
kundan keyingi kundan kechiktirmay ijro etish;
в) Mijozning taqdim etgan toʻlov talabnomalariga koʻra, boshqa yuridik shaxs va yakka
tartibdagi tadbirkorlardan unga tegishli boʻlgan pul mablagʻlarini undirib olishga doir topshirigʻini
qonunchilik doirasida bajarish;
г) amaldagi qonunchilikka muvofiq Mijozdan naqd pul mablagʻini qabul qilish va berish yoki
alohida shartnoma asosida plastik kartaga kirim qilish;
4.1.2. Mijoz bilan tuzilgan alohida shartnomaga asosan hisob-kitob
–kassa xizmati
koʻrsatishga bevosita taalluqli boʻlmagan boshqa xizmatlarni (kreditlash, faktoring, lizing,
qimmatbaho qogʻozlarni joylashtirish va saqlash hamda boshqa xizmatlar) koʻrsatish;
4.1.3.
Mijozga bank ish kunlarida belgilangan ish tartibi rejimiga muvofiq xizmat koʻrsatish;
4.1.4. Bankka hisob-
kitob hujjatlari (toʻlov talabnomalari) kelib tushgan kuni Mijoz
hisobvaragʻidan mablagʻlarni faqat uning topshirigʻi yoki roziligi asosida (aktseptsiz toʻlanadigan
toʻlov talabnomalari bundan mustasno) hisobdan chiqarish. Bank Mijozning hisobvaragʻida
mab
lagʻ mavjud boʻlmagan yoki etarli mablagʻ boʻlmagan holda, byudjet va davlat maqsadli
jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, sud ijro hujjatlari, xodimlarga ish haqi va
unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun asos boʻluvchi toʻlov hujjatlari, shuningdek
aktseptsiz toʻlanadigan hamda Mijoz tomonidan aktseptlangan toʻlov talabnomalarini 2-sonli
kartotekaga joylashtiradi.
Internet-
bank tizimiga ulangan mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini undirish
uchun bankka kelib tushgan
qogʻoz shakldagi toʻlov talabnomalarni avtomatlashtirilgan bank
tizimiga 1-sonli kartotekaga kiritgan holda mijozning internet-bank tizimiga tanishishi uchun
yuboradi.
Mijoz tomonidan internet-bank tizimi orqali aktseptlangan yoki qisman rad etilgan elektron
toʻlov talabnomalar banklararo toʻlovlar vaqti tugamagan boʻlsa shu kunning oʻzida, toʻlovlar vaqti
tugagan boʻlsa keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda toʻlovni amalga oshiradi yoki 2-sonli
kartotekaga joylashtiradi.
Mijoz tomonidan belgilangan
muddatda oʻzining roziligi yoki toʻlovdan toʻlaligicha yoxud
qisman bosh tortishi toʻgʻrisida ma’lum qilinmagan taqdirda, toʻlov talabnomasi bank tomonidan
umumiy tartibda aktseptlanadi hamda toʻlov amalga oshiriladi.
4.1.5
Toʻlov asosida Mijozni hisob-kitob, kassa hujjatlari va boshqa blankalari bilan
ta’minlash;
4.1.6.
Mijoz talabiga koʻra, uning oʻziga yoki ishonchli vakiliga (ishonchnoma asosida) bank
tariflarida belgilangan haq evaziga mijozning kredit aylanmasi boʻyicha hisobvaragʻidan
koʻchirmani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda berish;
4.1.7.
Mijozning hisobvaragʻi boʻyicha bajarilayotgan amaliyotlarni sir saqlash, mijoz
roziligisiz bank hisobvaragʻiga oid amaliyotlar boʻyicha ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga faqat
amaldagi qonunchilikda
koʻzda tutilgan hollardagina berish;
4.1.8. Mijozga hisob-kitob, hujjat aylanmasi tartibi va bevosita hisob-kitob-kassa xizmati
koʻrsatishga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha maslahatlar berish;
4.1.9.
Mijoz hisobvaragʻida pul mablagʻlarining saqlanishini ta’minlash;
4.1.10.
Hisobvaraqda mablagʻ mavjud boʻlganda, ish haqi, pensiya va nafaqa toʻlovi uchun
pul mablagʻlari berilishini ta’minlash yoki alohida shartnoma asosida jismoniy shaxslarning plastik
kartalariga oʻtkazish;
4.1.11.
Belgilangan joyga kelib tushmagan pul mablagʻlarini Mijozning yozma murojaatiga
koʻra qidirish, aniqlash va qaytarishda tarif asosida koʻmaklashish;
4.1.12.
Mijozni “Internet-bank” tizimida roʻyxatdan oʻtkazish va uni ushbu xizmat turiga
ulash;
4.1.13.
Mijozga uning elektron raqamli imzosi bilan birga elektron kalit(lar)ni (yoʻq olgan
taqdirda) vaqtinchalik foydalanish uchun berish;
4.1.14. Mijozga masofadan turib hisob-
kitob xizmatlarini koʻrsatish va uning topshirigʻiga
muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan bank tizimiga oid
barcha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
4.1.15.
Bankda oʻrnatilgan toʻliq operatsion ish kuni mobaynida Mijozga xizmat koʻrsatish,
dam olish va bayram kunlari bundan mustasno:
а) mijozning topshirigʻiga koʻra elektron toʻlovlar tegishli elektron hujjat, agar u bank
operatsion kuni mobaynida kelib tushgan boʻlsa, shu kunning oʻzida amalga oshirilishi kerak.
Toʻlov bank operatsion kuni tugagandan soʻng kelib tushganda, bank elektron toʻlovni keyingi
bank kunidan kechiktirmasdan amalga oshirishi shart.
4.1.16.
Mijozga Bank ish rejimiga muvofiq oʻz vaqtida xizmat koʻrsatish
(24/7 rejimidagi onlayn toʻlovlar bundan mustano):
• Banklararo elektron hujjatlar soat 9:00 dan 16:00 ga qadar;
• Bank ichidagi hujjatlar soat 9:00 dan 17:00 ga qadar;
• Mijoz soʻrovlari boʻyicha axborotlar soat 9:00 dan 17:30 ga qadar.
4.1.17. Kelib tushgan elektron qaydnomalarga, ularda dasturiy ta’minot ishida rad etishlar
natijasida kelib chiqadigan xatoliklar b
oʻlmaganda, bir ish kuni mobaynida ishlov berish.
4.1.18. Mijoz arizasiga asosan 3 bank ish kunidan kechiktirmasdan korporativ bank kartasini
Mijozga foydalanish uchun berish;
4.1.19. Mijoz yozma murojaatiga asosan karta hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi hisobotni bank
tarifiga muvofiq haq evaziga taqdim etish;
4.1.20. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq banklar zimmasiga yuklatilgan boshqa
majburiyatlarni bajarish.
4.2. Mijoz majburiyatlari:
4.2.1. Hisobvaraq ochish va operatsiyalarni amalga oshirish uc
hun zarur boʻlgan hujjatlarni
Bankka taqdim etish;
4.2.2. Milliy valyuta va/yoki xorijiy valyutada ochiladigan hisobvaraqlar uchun maqsadli
tushumlar boʻyicha boshqa kerakli (oylik ish xaqi uchun, terminal uchun, korporativ karta uchun,
pensiya va boshqa
maxsus) hisobvaraqlar ochilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
Bankining “Banklarda ochiladigan bank hisobvaraqlari” toʻgʻrisidagi 1948-sonli yoʻriqnomasining
(roʻyxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel) 18-bandiga asosan ushbu shartnoma orqali oʻz roziligini
bildiradi;
4.2.3. Mazkur shartnoma shartlariga rioya qilish, bankda belgilab qoʻyilgan ish tartibi, toʻlov
hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibiga rioya qilish. Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy bankining amaldagi normativ hujjatlari talablarini bajarish;
4.2.4. Bankning rasmiy axborotlari bilan, shu jumladan, bank xizmatlari koʻrsatish tariflariga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan mustaqil равишда танишиб бориш
(банкнинг расмий веб-сайти www.mkbank.uz, банкнинг ахборот стендларида ва ҳоказо);
4.2.5. Hisobvaraqda mablagʻ mavjud boʻlganda ish xaqi, pensiya va nafaqalar olishning
kalendar jadvaliga muvofiq naqd pul olish uchun pul chekini yoki bunday toʻlovlarni alohida
shartnoma asosida xodimlarning plastik
kartalariga oʻtkazib berish boʻyicha (DSI va boshqa
fondlarga oylik ish xaqqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi yoʻqligi koʻrsatilgan
xolda) topshiriqnoma va reestr (xodimlar roʻyxati)ni taqdim etish;
4.2.6. Naqd pul tushumlarini amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq bankka topshirish;
4.2.7. Asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida toʻlovlarni amalga oshirishda
toʻlovlarni oʻtkazishdagi bank komissiyasi uchun etarli pul mablagʻlariga ega bulish;
4.2.8. Oʻz hisobvaragʻi boʻyicha koʻchirmani yoki hisobvaragʻi haqidagi ma’lumotni olgan
kundan e’tiboran ikki ish kuni davomida oʻz hisobvaragʻiga begona mablagʻ kelib tushganligi
haqida xabar berish;
4.2.9. Majburiy toʻlovlar uchun oʻzining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida
pul mablagʻlariga ega boʻlish. Asosiy depozit hisobvaragʻida muddati oʻtgan pul majburiyatlari (2-
sonli kartoteka) mavjud boʻlgan hollarda oʻzining barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit
hisobvaraqlaridagi barcha pul mablagʻlarini asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish;
4.2.10. Bank xizmatlari uchun xizmat haqi toʻlovini mazkur shartnomaning
6-
boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshirish;
4.2.11. Xorijiy davlat sub’ektlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha amalga oshirilgan
eksport-import operatsiyalari yuzasidan barcha hujjatlarni, shuningdek, zarur hollarda qonunchilik
bilan nazorati Bank zimmasiga yuklatilgan boshqa amaliyotlar yuzasidan ma’lumotlar va barcha
hujjatlarni Bankka taqdim etish;
4.2.12. Oʻz nomi, manzili, telefon raqamlari, elektron manzili (hokazo aloqa vositalari),
yuqori tashkiloti va mijozning holatini belgilovchi boshqa tafsilotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida besh
ish kunida Bankka yozma tarzda xabar berish;
4.2.13. Oʻz kassasida kassa operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka qat’iy rioya
etish, bank kassasidan olingan naqd pul mablagʻlarini faqat maqsadga muvofiq ishlatilishini
ta’minlash, deponentlangan ish haqi, pensiya va nafaqalarni ushbu maqsadlar uchun bankdan
naqd pul olingan kunni
ng toʻrtinchi kunidan kechiktirmagan holda bank kassasiga topshirish;
4.2.14.
Mijoz
amalga
oshirayotgan
operatsiyaning
boshqa
ishtirokchilarini
identifikatsiyalash imkonini beruvchi hujjatlarni taqdim etish;
4.2.15. Hisobvaraqdan erkin foydalanishiga uch
inchi shaxslar tomonidan cheklov oʻrnatilishi
bilan bogʻliq nizolarni bankning ishtirokisiz hal qilish;
4.2.16. Mijoz internet-
bank tizimi orqali kelib tushgan elektron toʻlov talabnomalari bilan
tizimga ulangan vaqtda tanishishi va elektron talabnomalarni uch ish kuni davomida aktseptlash,
aktseptlashdan toʻla yoki qisman bosh tortishi va bu xaqida internet-bank tizimi orqali bankka
xabar berish;
4.2.17. Mijoz nomidan masofaviy xizmatlardan foydalanuvchi va uning nomiga elektron kalit
uchun javobgar doim
iy mas’ul shaxsni tayinlash;
4.2.18. “Internet-bank” tizimida roʻyxatdan oʻtkazish va elektron kalit olish uchun Mijozning
mas’ul shaxsi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Bank tomonidan koʻrsatilgan ilovalarga muvofiq taqdim
etish;
4.2.19. Банкда ўрнатилган иш режимига ва “Интернет-банк” тизими иш тартибига риоя
этиш;
4.2.20. Bank talabiga koʻra “Internet-banking” tizimi orqali oʻtkazilgan toʻlovlarga taalluqli oʻz
moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq zarur ma’lumotlarni taqdim etish;
4.2.21. Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va ushbu shartnomaning barcha
talablariga rioya etish;
4.2.22. “Internet-bank” tizimidan foydalanish uchun minimal texnik talablarning bajarilishini
ta’minlash, ya’ni:
• USB portiga ega va Windows XP SP2 operatsion tizimi oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterga
ega boʻlish, jumladan:
• internetga chiqish kanaliga ega boʻlish;
• hujjatlarni chop etish uskunasi boʻlishi
• Internet Explorer v6.0 dasturiy ta’minotini shaxsiy kompyuterda mavjud boʻlishi.
4.2.23. Bank tomonidan berilgan elektron kalit(lar)dan faqatgina “Internet-bank” tizimida
ishlash uchun foydalanish;
4.2.24. Elektron hujjatlarning barcha rekvizitlarini toʻgʻri va aniq koʻrsatish;
4.2.25. Bank tomonidan berilgan elektron kalit(lar) yordamida Mijozning raqamli elektron
imzosi bilan imzolangan barcha elektron toʻlov hujjatlari uchun toʻliq javobgarlikka ega boʻlish;
4.2.26. Elektron kalit(lar) yoʻqotilgan yoki ishdan chiqqanda bu haqda shu kunning oʻzida
Bank mas’ul xodimi va “Internet-bank” tizimi administratorini yozma ravishda xabardor qilish.
Olingan elektron kalit(lar) yoʻqotilgan yoki ishdan chiqqanda (jismonan yoki dasturiy jihatdan),
shuningdek, Mijoz tomonidan qoʻshimcha kalit talab qilinganda, yangi kalit(lar) Mijoz bank tarifida
belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshirgandan soʻng taqdim qilinadi;
4.2.27. Olingan elektron kalit (elektron raqamli imzo bilan), “Internet-bank” va “Mobil-bank”
tizimlariga kirish parollarini, shuningdek, “Mobil-bank” tizimi oʻrnatilgan mobil qurilmani va ushbu
qurulmaga yuborilgan SMS-xabarlardagi kodlarni uchinchi shaxslarga bermaslik;
4.2.28. Bank hisobvaragʻi va/yoki telefon raqami oʻzgaradigan boʻlsa ma’lum qilish;
4.2.29. Hisobvaragʻ aylanmalari boʻyicha keladigan SMS xabar ma’lumotlarni telefon
qurilmadan uchinchi shaxslarga tarqalish tavakkalchilik xatarini oʻz zimmasiga olish;
4.2.30. Telefon qurilma va/yoki telefon operatori nosozligi sababli SMS xabarlar olinmasa
bankka e’tiroz bildirmaslik
4.2.31. Mijozning m
as’ul shaxsi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoki uning
xizmat vazifalari oʻzgarganda yoxud boshqa biror-bir oʻzgarishlar sodir boʻlganda, bu haqda
oʻzgarish sodir boʻlgan kundan keyingi bank ish kunidan kech boʻlmagan xolda yozma ravishda
xabard
or qilish. Mijoz tomonidan mas’ul shaxs oʻzgargan va bu oʻzgarish haqida Mijoz Bankni
mazkur shartnomaning ushbu bandida nazarda tutilgan muddatda xabardor qilmagan holatda,
Bank elektron kalitni boshqa shaxsga (oʻzgargan mas’ul shaxsga) qayta rasmiylashtirilmaganligi
uchun javobgar boʻlmaydi;
4.2.32. Mijoz “Internet-bank” va “Mobil-bank” tizimlaridan 6 oy mobaynida sababsiz
foydalanmaganda, unga biriktirilgan elektron raqamli imzo bilan birga elektron kalit(lar)ni butun
va ish holatida Bankka 3 ish kunida qaytarish;
4.2.33. Ushbu shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab, “Internet-bank” tizimidan
oʻchirish uchun elektron raqamli imzo bilan birga elektron kalit(lar)ni butun va ish holatida Bankka
qaytarish;
4.2.34. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
4.2.35. Mijoz yoki uning operatsiyasi sanktsiya ta’sir doirasiga tushganda yoki tushish xavfi
mavjud boʻlganda, operatsiyani oʻrganish maqsadida bank tomonidan soʻralgan qoʻshimcha
ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etish.
V.TOMONLARNING HUQUQLARI
5.1. Bankning huquqlari:
5.1.1. Mustaqil ravishda bank xizmati koʻrsatish tariflariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
kiritish;
5.1.2. Mijozning amaldagi qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki normativ
hujjatlari talablariga, shuningdek hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va Bankka taqdim etish
muddatlariga rioya etmaganligini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʻlganda, hisob-kitob-kassa
operatsiyalarini amalga oshirishni rad etish;
5.1.3. Mablagʻlarning saqlanganligi va egasiga hisobvaraqdagi mablagʻ miqdorida
toʻsiqlarsiz tasarruf etish huquqining berilishini kafolatlagan holda Mijozning bank
hisobvaragʻidagi boʻsh mablagʻlaridan moliya resurslari manbai sifatida foydalanish;
5.1.4. Mijozning pul mablagʻlarini uning roziligisiz hisobvaragʻidan chiqarishga, ya’ni byudjet
daromadiga, byudjetdan tashqari fondlarga va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa holatlarda,
faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollardagina koʻchirish;
5.1.5. Mij
oz hisobvaragʻiga toʻlovchi tomonidan xato oʻtkazilgan pul mablagʻni, mijozni
xabardor qilgan holda tuzatish buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirish yoʻli bilan orqaga
qaytarish;
5.1.6. Hisob-kitob-
kassa hujjatlarining haqiqiyligiga aniq shubha tugʻilgan hollarda, bu
xaqida Mijozning birinchi yoki ikkinchi imzoni quyish xuquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslariga
xabar kilib, operatsiyani bajarishni rad etish;
5.1.7. Mijozning asosiy depozit hisobvaragʻida 2-sonli kartoteka mavjud boʻlgan taqdirda
uning
pul majburiyatlari toʻliq bajarilgunga qadar mijozning ikkilamchi hisobvaraqlaridan
mablagʻlarni “Xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan
chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) talablariga asosan
depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish;
5.1.8. Zarur hollarda Mijoz faoliyati va rahbarlari/ta’sischilari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni
“Bank siri toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq belgilangan tartibda tegishli
organlarga taqdim etish;
5.1.9. Mijoz hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari surishtiruvchi, tergovchi qarori boʻyicha yoki
sud ajrimiga koʻra xatlanganda, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa holatlarda
hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish;
5.1.10. M
ijoz tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim
etilmaganida mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha topshiriqlarni va boshqa operatsiyalarni bajarishni
rad etish. Mijoz hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish operatsiyalari
bundan mustasno;
5.1.11. Mijozdan olingan axborotlar (hujjatlar) ishonchliligiga shubha mavjud boʻlganda,
mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini
(ҳақиқийлигини) аниқлаштириш
(верификациялаш) бўйича тегишли ташкилотларга мурожаат қилиш;
5.1.12. Mijoz tomonidan taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga shubha
tugʻilganda yoki boshqa zarurat paydo boʻlgan taqdirda, ushbu hujjatlarning asl nusxalarini va
boshqa ma’lumotlarni taqdim qilinishini talab qilish;
5.1.13. shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlanganda,
oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar yuzasidan Mijozga murojaat qilish;
5.1.14. Quyidagi hollarda Mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etish:
- yuridik shaxsning boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat
koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan manzili (pochta manzili) boʻyicha
mavjud boʻlmaganida;
-
atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq
soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
5.1.15. Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi buzgan holda rasmiylashtirilgan
Mijozning elektron hujjatlarini bajarish uchun qabul qilmaslik;
5.1.16. Mijozning bajarish uchun qabul qilingan elektron hujjatlarining qogʻozdagi
nusxalarini rasmiylashtirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasining hisob-kitob amaliyotlarini
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq tasdiqlash;
5.1.17. Bank va Mijoz oʻrtasida texnik nizolar yuzaga kelganda, Mijozning “Internet-bank”
tizimiga ulangan jihozini koʻrikdan oʻtkazish;
5.1.18. Mijoz tomonidan ushbu shartnomaning boshqa shartlari buzilganda, Mijozga
masofa
viy xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish;
5.1.19. Mijoz tomonidan shubhali operatsiya oʻtkazilganligi aniqlanganda, Mijoz tomonidan
oʻtkazilgan operatsiyaning qonuniyligi toʻgʻrisida yozma tushuntirish xati olinguniga qadar Mijozga
masofaviy xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatib turish;
5.1.20. Masofaviy xizmatlardan foydalangan holda shubhali operatsiyalar oʻtkazilganligi
shubha tugʻilganda Mijozning joylashgan manzili (pochta manzili) boʻyicha Mijozni oʻrganish, shu
jumladan, bevosita shartnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan operatsiyaning oʻtkazilishi
jarayonini oʻrganish;
5.1.21. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni
moliyalashtirish maqsadida Mijozning masofaviy bank xizmatlaridan foydalanilganligi haqida
asosli shubh
a boʻlganda, Mijozga masofaviy bank xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatish va ushbu
shartnomani bir tomonlama bekor qilish.
5.1.22. Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.
5.1.23. Mijoz yoki uning operatsiyasi
sanktsiya ta’sir doirasiga tushganda yoki tushish xavfi
mavjud boʻlganda, operatsiyani oʻrganish maqsadida qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrash,
operatsiya miqdorini chegaralash, operatsiyani cheklash (rad etish) yoki amalga oshirayotgan
operatsiyalari uning a
nketasidagi profiliga nomuvofiq boʻlgan hollarda xizmat koʻrsatishni rad
etish, shuningdek eksporti (reeksporti) taqiqlangan tovar eksportidan yoki sanktsiyaga tushgan
bank va tashkilotlardan kelib tushgan valyuta mablagʻlarini aniqlashtirgunga qadar tegishli
hisobraqamlarga kirim qilgan holda muzlatib qoʻyish va mijozni ogoxlantirgan holda
shartnomalarni bir tomonlama bekor qilish huquqlariga ega.
5.2. Mijozning huquqlari:
5.2.1. Mijoz mazkur oferta shartnomasi bilan tanishib chiqish;
5.2.2. Agar amalda
gi qonunchilikda boshqa hollar koʻzda tutilmagan boʻlsa, oʻz
hisobvaragʻida mavjud boʻlgan pul mablagʻlarini mustaqil tasarruf etish. Mijozning топшириғига
биноан банк ҳисобварағи бўйича бажарилган барча операцияларнинг қонунийлигига
мижознинг ўзи жавобгар ҳисобланади;
5.2.3. Hisob-
kitobkassa xizmati koʻrsatish boʻyicha Bankka topshiriq berish, inkasso
boʻyicha soʻrovga javob olish, topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish;
5.2.4. Ish haqi, pensiya va nafaqalar olishning kalendar jadvaliga
muvofiq ish haqi toʻlovi va
amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar uchun hisobvaraqdagi mablagʻlar
doirasida naqd pul mablagʻlari olish yoki alohida shartnoma asosida plastik kartaga oʻtkazish;
5.2.5. Bank aybi bilan koʻrilgan zararlarning qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
5.2.6. Zarur hollarda Bankdan naqd pulsiz hisob-kitoblarga doir qoidalar va ushbu
qoidalarga kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni olish;
5.2.7. Банк хизматлари ва тарифлари ҳақида маълумотлар олиш.
Dostları ilə paylaş: |