ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
- zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar
infratuzilmasi rivojlantirildi;
- uzluksiz to'lov tizimlari kengaytirilib,
terminallar HUMO va UZCARD
kartalaridan o'zaro qabul qilish uchun takomillashtirildi;
- masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish kengaytirildi (masofaviy bank
xizmatlaridan foydalanuvchilar soni oxirgi 5 yilda qariyb 4,5 barobar ko'payib,
4,4 mln. dan 20,2 mln. ga yetdi);
- Raqamli banklar faoliyat yurita boshladi (TBC, Anor bank, Apelsin bank).
Shuningdek, bugingi kunda raqamli bank va fintech kompaniyalari sonini
oshirish, onlayn banking xizmatlarini takomillashtirish yo'llari bilan moliyaviy
xizmatlar sohasini yanada rivojlantirishga erishish mumkin.
Natijada
qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, bandlikni oshirish,
mamlakat iqtisodiyotini
rivojnaltirish bilan birga kambag'allikni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.
O'zbekiston bank-moliya infratuzilmasini rivojlantirishda quyidagilarni qo'llash
maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz;
-
bank
infratuzilmasini
rivojlantirishda
normativ-huquqiy
bazani
takomillashtirish lozim;
-aholining zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalanishi ko'lamini
kengaytirishda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish dolzarb hisoblanadi;
- raqamli bank va fintech kompaniyalari kirishiga yanada ko'proq imkoniyat
yaratish;
- banklarda xizmat ko'rsatish shohobchalarini kengaytirish
va bank xizmatlari
ko'rsatishning muqobil usullarini joriy etish bilan iste'molchilarga qulaylik
yaratish.
- bank xizmati tranzaktsiya vaqti va narxini kamaytirish hamda mijozlar uchun
firibgarlik xavfini kamaytirish.
- bank xodimlarining samarali faoliyat yuritishida ularning malakasini oshirib,
zamonaviy moliyaviy dasturlash tizimi kadrlarini keng jalb etish lozim.
Xulosa o'rnida
aytish mumkinki, O'zbekistonda bank tizimini rivojlantirish
maqsadida amalga oshirilayotgan islohot va chora-tadbirlar kelgusida
banklarimiz rivojlangan mamlakatlar banklari reyting ko'rsatkichlari darajasiga
erishish, bank infratuzilmasi
yanada rivojlanishi, aholi omonatlari bank
depozitlariga jalb etilishi natijasida banklarning resurs bazalari kengayishi va
aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi kreditlar dinamikasi oshishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Котов А.В. Формирование и развитие банковской инфраструктуры в
России. -Саратов, 2004. С 14.
2.
Лаврушин О.И. Банковское дело: Учебник – М.: Кно Рус, 2014. – С. 192.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
3.
http://www.uzdaily.uz/uz/post/7613. Bank xizmatlari:
yutuq va
muommolar