27
“Xodimlarni tanlash va ular bilan ishlashda axborot xavfsizligi” hujjati.
Tashkilotda xodimlarni tanlashda va ular bilan ishlashda axborot xavfsizligini
ta’minlash chora-tadbirlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma. Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan
shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan
tasdiqlanadi. Zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqiladi va
yangilanadi.
Hujjat tarkibi.
• Xodimni ishga qabul qilishda
tekshirish;
• Tavsifnomalarni tekshirish;
• Rezyumedagi ma’lumotlarni tekshirish;
• Ma’lumoti va ilmiy darajalarini tekshirish;
• Shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish;
• Tashkilotdagi axborot xavfsizligi rejimiga
rioya qilinishi va amal
qilinishiga kelishuv.
Xodim bilan mehnat kelishuvining shartlari. Lavozim majburiyatlarining
yozma formulirovkasi. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni
barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kiritish.
Tashkilot resurslariga
(jumladan, axborot resurslariga) kirish va foydalanish vakolatlarining yozma
formulirovkasi. Maxfiylikni ta’minlashga, sir saqlashga kelishuv. Maxsus
kelishuvlar
(tizim
ma’lumotlarini,
telefondagi
so‘zlashuvlarni, faksalar
monitoringi).
«Axborot xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklar hamda turli nosozliklar,
xatoliklar
sodir bo‘lgan taqdirda ko‘riladigan choralar» hujjati. Axborot xavfsizligi sohasida
qoidabuzarliklar sodir bo‘lgan taqdirda, axborot tizimlarida nosozliklar, xatoliklar
yuzaga kelganda ko‘riladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tartibini
belgilaydi.
Hujjat turi – Yo‘riqnoma. Tashkilotning xavfsizlik masalalari bilan
shug‘ullanuvchi bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi. Tashkilot rahbari tomonidan
28
tasdiqlanadi. Yuzaga kelgan qoidabuzarlik, hatolik va nosozliklardan so‘ng hamda
zaruriyatdan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin.
Hujjat tarkibi. Qoidabuzarliklar bo‘yicha hisobotlar.
Xavfsizlik tizimidagi
kamchiliklar bo‘yicha hisobotlar. Kompyuter tizimlarida yuzaga kelgan nosozliklar
va hatoliklar bo‘yicha hisobotlar. Shu jumladan, nostandart va noma’lum
vaziyatlar yuzaga kelgan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar.
Bundan tashqari, ko‘riladigan
choralar, jazolar (intizomiy, ma’muriy vaziyatdan
kelib chiqqan holda (hatto jinoiy).
Axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha xodimlar malakasini doimiy ravishda
oshirib borish.
Dostları ilə paylaş: