Yoshlarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 319,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix20.06.2023
ölçüsü319,79 Kb.
#133290
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Delhi, India 
httpseconferencezone.org 23
rd 
Dec. 2022 
43 | 
P a g e
Agar Aristotel Sharqda “Muallimi avval” degan unvon olgan bo‘lsa, Forobiy Aristotel 
asarlarini targ‘ib qilgani va uning qarashlarini yanada rivojlantirgani, Aristotel kabi universal 
ilmga ega bo‘lgani uchun “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) degan nom olgan. Forobiy 
ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan “Fozil shahar aholilarining fikrlari”, “Baxt-
saodatga erishuv haqida risola”, “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari” kabi asarlarni yozgan. 
Forobiy fazilatli shaharda ilm, falsafa, axloq, ma’rifatning ahamiyati birinchi o‘rinda 
bo‘lmog‘i kerak, shundagina jamiyat yetuklikka erishadi, deya ta’kidlaydi. Uning fikricha
insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritish, axloqiy va aqliy 
mukammallikka erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir, shuningdek, bilim-ma’rifat, 
albatta, yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim, – degan so‘zlari zamirida oilada, ta’lim 
muassasalarida farzandlarga nafaqat bilim, balki tarbiya ham zarurligi ilgari surilgan. Zero, 
dono xalqimiz “Bola – odobi bilan go‘zal”, deb bejiz aytmagan.
Abu Nasr Forobiyning: “Inson o‘z baxtiga erishishda go‘zallikni ko‘rishi va his qilishining 
o‘zi etarli emas, buning uchun go‘zallikni yarata olishi muhimdir”, – degan fikrlarida olam-
olam ma’no bor. Mutafakkirning bu fikrida bugungi ota-onalarimiz o‘zlari namuna bo‘lgan 
holda oilalarida, ishlarida, ro‘zg‘orlarida, uy tutishlarida, o‘zaro munosabatlarida, yurish-
turishlarida, kiyinishlarida, salomatliklarida, farzand tarbiyasida, ular bilan bo‘ladigan 
muomalada go‘zallikni yarata olishlari zarur, degan g‘oya o‘z aksini topgan. Ajdodlarimiz 
ham o‘zlari namuna bo‘lgan holda o‘z farzandlariga pandu nasihatlar qilganlar. Jumladan, Abu 
Nasr Forobiy: “Har inson kasb-korini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi 
xulq-atvorga, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak”, – degan ekan. Arab hikmatlarining birida: 
“Uch narsa kishi aqlini peshlaydi: biri olimlar va keksalar bilan suhbat, ikkinchisi hayotiy 
tajriba, uchinchisi chidam va sabot bilan intilish. Inson ikki narsaning qadrini faqat 
yo‘qotgandagina biladi: biri yoshlik, biri sog‘liq”, – deb ta’kidlangani bejiz emas. 
Abu Abdulla Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (774- 1140) 10 yoshidan hadislarni chuqur 
o‘rganib, 16 yoshida Haj safarini o‘tagan va Makkada 4 yil yashagan. Keyinchalik arab 
mamlakatlarida safarda bo‘lib, 600 ming hadis to‘plagan va ulardan 100 mingini tanlab, 
ularning haqiqiy (sahih) ekanligini isbotlagan. Shuningdek, 200 ming g‘ayri sahih hadislarni 
yoddan bilgan. Mutafakkir o‘z Vataniga qaytgach, “Al-jome’ as-sahih” nomli 4 jildli hadislar 
to‘plamini tuzgan. Bu to‘plamga 7275 ta ishonchli hadislar kiritilgan. Bu kitob bir necha marta 
qayta ko‘chirilgan bo‘lib, u arab mamlakatlarida ham mashhurdir. Buxoriyning avlodlarga 
qoldirgan ilmiy-ma’naviy merosi, yozgan asarlarning soni – 20 dan ortiq. Jumladan, “Al-adab 
al-Mufrat”, “At-tarix as-sag‘ir”, “At-tarix al-avsat”, “At-tarix al-kabir”, “Kitab al-ilal”, 
“Birrul-volidayn”, “Asmo uz-sahoba”, “Kitab al-kuna” shular jumlasidandir. Allomaning 
muhim asari “Al-jome’ as-saxih”dir. Bu asar “Saxihi al-Buxoriy” nomi bilan mashhur bo‘lib, 
unga ishonchli, aniq hadislar kiritilgan. Hadislar sultoni Imom al-Buxoriyning asarlari ota-
onaga hurmat, qarindoshlarga nisbatan oqibatli bo‘lish, qo‘shnilarga ozor bermaslik, qo‘shni 



Yüklə 319,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin