Yoshlarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 319,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.06.2023
ölçüsü319,79 Kb.
#133290
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Delhi, India 
httpseconferencezone.org 23
rd 
Dec. 2022 
46 | 
P a g e
“Muhliqot”(halokatga olib boruvchi ofatlar) qismini, ya’ni “Til ofatlari”ni tanladik. Ushbu 
kitobda muomala odobi, yuksak axloqiy intizom masalalari oyat, hadis asosida sahobalarning 
so‘zlari, ibratomuz rivoyatlar orqali yoritilgan. Biz qisqa bo‘lsa-da, til, til ofatlari haqida so‘z 
yuritar ekanmiz, tilning faoliyat va ta’sir doirasiga chek yo‘q: yaxshilik sari yursa, oldida keng 
maydon, ufqlar qadar cho‘zilgan, yomonlik yo‘liga kirsa, ilon-chayonlar kabi sudralib, tubsiz 
tubanlikka ketishi mumkin ekani beixtiyor, har birimizni avval o‘ylab, keyin so‘ylashga 
chorlaydi. 
Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. U ilmni 
inson, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Shunga ko‘ra, o‘z 
asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi, 
deb hisoblaydi. Chunki ilm egallashdan maqsad ham xalqning, o‘z mamlakatining baxtsaodatli, 
farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir, deydi.
Alisher Navoiy o‘z ruboiylarida insonlarni shukur qilishga chaqirib, og‘ir kundagi shukr 
umid uyg‘otadi, boshga tushgan balolarni daf qiladi, deb ta’kidlaydi. Shu o‘rinda har birimiz 
beqiyos O‘zbekistonning fuqarosi ekanimizga, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffoligiga, sog‘-
omon o‘z oilamiz bag‘rida yashayotganimizga shukr qilishimiz lozim. 
Voiz Koshifiy «Axloqi muhsiniy» asarida aql bilan faoliyatning o‘zaro aloqasi haqida gapirib, 
barcha kishilar aqlga ehtiyoj sezishi, aql esa amaliy faoliyatga ehtiyoj sezishini ta’kidlaydi. 
Harakat, faoliyat aqlning ko‘zgusi sanaladi. Aql yordamida insoniy tajribalar, ma’naviy 
qadriyatlar yig‘ilib boradi va kelgusi avlodlarga etkaziladi, deydi. 
Jaloliddin Davoniyning «Pedagogik qarashlarida aqliy tarbiya va bilimlarni egallash 
masalalari muhim o‘rinni egallaydi. Bolalarga bilim berishni yoshlikdan boshlash zarurligini 
ta’kidlaydi. Davoniy inson aqlining qudratiga, uning ijtimoiy hodisalarni bilishiga, aql ilohiy 
ulug‘ bir ne’mat, haqiqat mezoni ekanligiga ishonadi. Chunki inson aql yordamida o‘z xatti-
harakati, faoliyatini boshqaradi”.
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida Vatan ishqi, vatanparvarlik g‘oyalari etakchilik qiladi. 
Boburni dunyoga tanitgan asari uning «Boburnomasi»dir. Asarning qamrovi juda keng
mazmuni mukammal. Bobur o‘z qarashlarida oila tarbiyasi masalalariga ham e’tibor qaratadi. 
U oilada ongli holda qattiqqo‘llik bilan bolalarning tartibli, intizomli, ongli bo‘lishlarini talab 
etadi. 
Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» asarining bosh g‘oyasi ma’naviyat va ma’rifat, 
shaxs ta’lim va tarbiyasi masalasidir. Asarning «Ilm manfaati, jaholatning zarari haqida» deb 
atalgan birinchi bo‘limida «Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra ilmli bo‘l, baxt 
yo‘lini izla. Bilimli kishi (qimmat) baholik dinordir, ilmsiz, johil kishi qimmatsiz mevadir. 
Bilimli kishi bilan bilimsiz odam qachon teng bo‘ladi, bilimli xotin er kishidir, bilimsiz erkak 
xotin kishidir» deb ilm, ilm kishilarini ko‘kga ko‘taradi.



Yüklə 319,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin