Yoshlarda axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 319,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix20.06.2023
ölçüsü319,79 Kb.
#133290
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Delhi, India 
httpseconferencezone.org 23
rd 
Dec. 2022 
45 | 
P a g e
Shuningdek, asarda inson hayotida bilimning o‘rni beqiyosligi, aqlan etuklilik har qanday 
moddiy boylikdan ustunligi ta’kidlanadi: «Agar mol mulking kamayib qolsa, aql bilan boyib 
ketishga harakat qil, zero aqliy kamolot, mol-mulk boyligidan yaxshiroqdir. Chunki aql bilan 
boylikka erishish mumkin, boylik bilan esa aql qozonish mumkin emas, savodsiz johil, 
qashshoq bo‘lib qolaveradi, aqlni esa o‘g‘ri ololmaydi, suv olib ketmaydi, olov yutmaydi».
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida ilm olishning qadri, bilim eng bebaho 
boylik bo‘lib, uning negizida insonning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi, odobaxloqi, go‘zal 
insoniy fazilatlari shakllanishi, bilim va kasb-hunar insonning butun xatti-harakatlarini 
belgilashi ta’kidlab o‘tilgan.
Shuningdek, alloma mol-dunyoga intilish va hirs qo‘yishni xuddi tog‘dan kelayotgan selga 
o‘xshatadi. Mol-mulk hirsiga berilib ketgan kishi shu sel ostida qolgan toshdek chilparchin 
bo‘ladi, deydi.
Abdurahmon Jomiy asarda bilimning inson hayotidagi ahamiyati hamda ijtimoiy jamiyat 
taraqqiyotini belgilashdagi o‘rni va rolini ochib berish bilan birga har bir kishi tomonidan 
ma’lum hunar sirlarini o‘zlashtirish foydadan holi bo‘lmasligini uqtiradi. Ayni o‘rinda 
insonning qadr-qimmati uning molu mulki bilan emas, aksincha, u tomonidan egallangan 
hunarning kishilar maishiy hayoti farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishiga 
urg‘u berib o‘tadi.
Yusuf Xos Xojib «Qutadg‘u bilig»da inson qadri bilimdonligida ekanligi haqida hikmat 
borligini quyidagicha ta’riflaydi: «Odamzod naslining ulug‘ligi - bilimdon. U aql idrok tufayli 
ne-ne tugunlarni echishga qodir. O‘quv-idrok va bilim egasi bo‘lgan har qanday odam 
sharaflidir. Bilimni buyuk bil, o‘quvni ulug‘, shu ikkov ulug‘lar kishini tulug‘» deya uqtirib, 
har bir kishi tug‘ilgan kundan boshlab zarur ta’lim-tarbiyani olmog‘i lozimligini uqtiradi. 
«Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti-
harakatlariga berilishining oldi olinadi», deydi alloma.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari Qutadg‘u bilig – baxt va saodatga eltuvchi bilim, 
ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pandnasihatlar, ta’lim-
tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan etuk didaktik asar ekanligi yaqqol 
ko‘rinib turibdi.
Abu Homid G‘azzoliy o‘zining “Ihyou ulumid-din” kitobida to‘rtta katta mavzuni jamlagan:
a) ibodatlar haqidagi qism, b) urf-odatlar haqidagi qism, v) halok qiluvchi va g) najot beruvchi 
narsalar haqidagi qismlar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan. 
Ta’kidlash joiz, Abu Homid G‘azzoliy biror mavzuni yoritar ekan, islomiy odob va an’anaga 
ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradi, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga 
murojaat etadi, keyin esa sahobalar va boshqa ulug‘larning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar 
keltiradi, shundan so‘ng fikr-mulohazalarini bayon etadi, lozim o‘rinlarda so‘zlarini hujjat 
bilan quvvatlaydi. Biz Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarining 



Yüklə 319,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin