59
tarmoqlarining ko‘p qismi shu yerda joylashgan. Shu jumladan og‘ir sanoatning katta
qismi to‘plangan. Rurdagi shaharlarning sanoat tarmoqlari majmuasi bir-biriga
o‘xshab ketadi, faqat ayrim xususiyatlari bilangina farq qiladi. Masalan, Essenda
mashitnasozlik va harbiy korxonalar ko‘proq, Desburg
xorijiy Yevropada eng katta
metallurgiya markazi va daryo portidir. Rur havzasidan tashqarida Reyning yuqori
oqimi bo‘ylab joylashgan shaharlar o‘z funksiyalariga ko‘ra ancha xilma-xildir.
Masalan, Dyusseldorfda ko‘p tarmoqli sanoat mavjud u madaniy markazi
hisoblanadi.
Germaniyaning janubiy qismida ko‘mir (Sarda) va uran rudasi konlari mavjud.
Aholining ko‘pligi, Reyn va uning tarmoqlari vodiysidagi karvon yo‘llari ustida
joylashganligi, nihoyat qishloq xo‘jaligi xomashyolarining mavjudligi bu yerda
ishlov beruvchi turli xil sanoatning ko‘plab markazlari
vujudga kelishiga sabab
bo‘lgan. Bu yerda metall sarflanadigan mashinasozlik-elektrotexnika, aniq mexanika
va optika, elektron asbobsozlik, Shuningdek Kimyo, to‘qimachilik va oziq-ovqat
sanoati ajralib turadi.
Germaniya dunyodagi tashqi savdo hajmi bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Tashqi savdoning tovar va geografik tuzilishi
mamlakatning xalqaro
mehnat taqsimotidagi ishtirokini aks ettiradi. GFR avvalo sanoati rivojlangan
davlatlarga, birinchi o‘rinda Yevropa Kengashi bo‘yicha sheriklariga qarab ish tutadi.
Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Germaniya
chetga asosan avtomobillar, stanoklar,
mashinalar, Kimyo mahsulotlari va elektr
texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xomashyo, elektr texnika va to‘qimachilik
mahsulotlari oladi.
Germaniya – jahondagi eng yirik investorlardan biri. U o‘z sarmoyalarini
ko‘pgina davlatlarning sanaoati va xizmat sohasiga sarflamoqda. Germaniya bilan
O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida rasmiy munosat 1992-yildan boshlangan.
O‘zbekiston respublikasining jami tovar aylanmasining deyarli 1/8
qismi hamda
importning 1/7 qismi EFR ga to‘g‘ri keladi. 1997-yil mamlakatimizning dunyo
mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmlari bo‘yicha Germaniya 4-o‘rinni (Rossiya,
Koreya, SHveysariyadan keyin) egallaydi. 2000-yilda o‘zaro savdo hajmi 291,9 mln.
60
AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistondan Germaniyaga paxta tolasi, miss va
undan yasalgan buyumlar, boshqa rangli metallar yetkazib beriladi va turli xizmatlar
ko‘rsatiladi. Gemaniyadan O‘zbekiston Respublikasiga asbob-uskuna,
baliq
mahsulotlari, qand-shakar va qandolat mahsulotlari, bug‘doy uni, kimyoviy
mahsulotlar, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, transport vositalari,
saryog‘ va o‘simlik yog‘i,
optik asbob va apparatlar,sut mahsulotlari, qog‘oz va
karton, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, uchish apparatlari va boshqalar
yetkazib beriladi va turli xizmatlar ko‘rsatiladi. Yengil sanoat,
paxta va uning
chiqitlarini qayta ishlash, tibbiyot va farmotsevtika priaparatlari ishlab chiqarish,
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, yuk va yo‘lovchi tashish, avtoservis,
ilmiy
ishlanmalar, savdo-sotiq va boshqa sohalarda bir nechta qo‘shma korxona
faoliyat yuritayotir. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
huzurida
Germaniyaning
40
ta
firma
va
kompaniyasi
vakolatxonalari
rasmiylashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: