Xulosa………………………………………………………………………...…57
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..…...60
4
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Qog‘oz qadim zamonlardan buyon insoniyatni
o‘ziga maftun qilib kelgan. Qog‘oz (bumaga) – ital. Bambagia, grekcha babakion –
paxta demakdir. Birinchi bo‘lib qog‘oz ishlab chiqarish Xitoyda, eramizdan biroz
oldin o‘zlashtirilgan. Xomashyo sifatida avval ipak tolalari, keyinchalik tut
daraxtidan olingan lub, kanop tolalari, bambuk va boshqa tabiiy tolalar ishlatilgan.
Tabiat va inson qo‘li bilan yaratilgan bu qog‘oz o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan
bizning zamonamizda ham bebaho material sifatida insoniyatga xizmat qilib
kelmoqda. Bizning hududimizda esa birinchi bo‘lib qog‘oz ishlab chiqarish
Samarqand shahrida, 751-yildan boshlangan. Mazkur hunarmandchilik sohasining
rivojlanishiga mamlakatimiz hududida yetishib chiqqan qog‘ozgir (qog‘ozchi,
qog‘ozrez) ustalar katta hissa qo‘shganlar. Bionabarin, bu sohani atroflicha
o‘rganish tariximiz va madaniyatimizning ko‘pgina muammolarini hal etishda
asqotadi. Darvoqe, qog‘ozgirlikning yuzaga kelishi uchun muayyan shart-sharoitlar,
amaliy bilim hamda tajriba bo‘lishi lozim. Eng avval o‘sha makonda qog‘oz ishlash
uchun zaruriy xomashyo, maxsus qozonlar bo‘lmog‘i kerak. Bunday imkoniyatlar
hamma joyda ham muhayyo bo‘lgan emas, albatta. Shuning uchun qog‘oz ishlab
chiqarish turli mamlakatlarda, turli davrlarda va ko‘lamlarda yuzaga keldi. Mashxur
ajdodlarimiz Moti Chandr, Mustafo Ali Chalabiy, Sodiqbek Afshorlarning
yozishicha, ko‘hna Samarqandda VIII asr o‘rtalariga kelib, qog‘oz tayyorlash keng
rivoj topgan edi. Bu davrda Samarqandda qog‘oz kitob tayyorlangan. Shaharning
qog‘ozchilik ustaxonasida ishlangan qog‘oz sifati xususida Sulton Ali Mashhadiy,
Ibn al-Faqiq, alHamadoniy, Abu Mansur Saolibiylarning yozma manbalarida ham
munosabat bildirilgan. Jumladan, Abu Mansur Saolibiy hazratlari: “Sa- 3 marqandga
xos narsalardan biri uning qog‘ozi bo‘lib, bu qog‘oz Misr qog‘ozidan ustun turadi.
Bu qog‘oz juda chiroyli, nozik, nafis va yozish uchun juda qulaydir”, deb yozadilar.
Qog‘ozning kashf etilishi kitob va kitobatchilik san’ati tarixida, savodxonlik
borasida yangi davrni ochdi. Arablarning Markaziy Osiyodagi istilosiga qadar ko‘p
5
nodir kitoblar saqlangan kutubxonalar bo‘lgan. Qog‘ozning sharofati bilan tarixchi,
kotib, qog‘ozchi, muqovasoz (sahhof), kitob varaqlariga jilo beruvchi (lavvoh va shu
kabi) kasb sohiblari yetishdi. Ayniqsa, nafis kitob yaratish o‘ta murakkab, u
qog‘ozrez (qog‘oz tayyorlovchi, qog‘ozgir)ning mehnati, mahorati va malakasi
bilan chambarchas bog‘liq edi. Mashhur Samarqand qog‘ozlari silsilasida Ali
Afandi “Manoqibi hunarvoron” asar
1
ida “xatma”, “sultoniy” va “nuhar” degan
nomlarni keltiradi. Bu nomlar qog‘oz tayyorlash texnologiyasi bilan bog‘liq.
Moziyda qo‘li gul qog‘ozchi ustalar mos paxta tolasi va paxta momig‘idan
xomashyo tariqasida foydalanib, xatma qog‘oz tolasidan esa haririy qog‘oz ishlagan.
Kitobchilarga yana suvbelgili sultoniy va nuhayar qog‘ozlar ham maxsus tayyorlab
berilgan. Har bir kitob qog‘ozidan muqovasiga, siyohidan to bo‘yoqlari-yu
zarhalligicha ma’lum me’yorda modda, reja, tartibot asosida tayyorlangan, hatto,
kitobning qog‘oz varaqlaridan hidi kelib turish uchun ba’zan siyohga gulob yoki
anbar qo‘shilar edi. Shunday qilib, qog‘ozgirlik o‘ziga xos san’at darajasiga
yetkazilgan. Xomashyo begona aralashmalardan tozalangach, maxsus ishlangan
parraklarda maydalangach, objuvoz bilan harakatga keltirilib bo‘tqa hosil etilgan.
Suyuq bo‘tqa maromiga yetkazilgach, boshqa idishga quyib olinib, sariq tusdagi
bo‘yoq bilan aralashtirilgan. So‘ngra kunni tunga ulab kamida 5000 marta tepkilab,
chiya o‘simligi va ot qilidan yasalgan to‘rda suzilib olingach, yapasqi og‘ir yuk
ostiga bostirib qo‘yilgan. Nihoyat, qog‘oz ashyosi (selluloza) qog‘oz shakliga
keltirilgach, nam holda yoyib tekis sathda quritilgan. Bir qog‘ozgir usta o‘z
ustaxonasida tunu kun ishlab atigi 300 varaq qog‘oz tayyorlagan. Yil davomida ular
7 oy mehnat qilib, shu vaqt mobaynida buyurtmachilarga jami 25000 varaq atrofida
qog‘oz tayyorlab berishgan. Temuriylar hukmronligi davrida, shunday usulda
qog‘oz ishlab 4 chiqarish alohida o‘rin tutgan. Shahar yaqinidagi Qorasuv arig‘i
sohilida qog‘oz ishlab chiqariladigan maxsus objuvoz va korxona bo‘lganligi
ma’lum. Bu yerda eskirgan bo‘z kiyim, latta va paxtalardan qog‘ozbop bo‘tqa
xomashyosi tayyorlab, varaqlar qo‘yilgan, so‘ngra ularga qo‘lda mohirona sayqal
1
Ali Afandi “Manoqibi hunarvoron” asar
6
berilgan.
Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri Buyuk Ipak Yo‘li asrlar
davomida tasavvurga sig‘mas darajada insoniyat tamadduniga keskin burilish
yasadi, mislsiz kashfiyotlarga sababchi bo‘ldi. U nafaqat uzoq manzillar va elatlarni
bir-biriga yaqinlashtirdi, balki turli g‘oya va madaniyatlar o‘chog‘i va chorrahasiga
aylandi. Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi.
Yozuv keng omma orasida muloqot vositasi sifatida yoyilishi uchun qog’oz
o’rni beqiyos bo’ldi.Savdo yo‘llarida Xitoy chinni va shoyisi hamda hind ziravorlari
qanchalik shuhrat qozongan bo‘lsa, moziyning yaqin ming yilligiga qadar
Samarqand qog‘ozi Markaziy Osiyodagi rivoji uchun ham Buyuk Ipak Yo‘lida eng
ko‘p xarid qilinadigan noyob tovarga aylana oldi.
751 yilning iyul oyida Jambul shahri yaqinida joylashgan Talas daryosi
bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari Markaziy Osiyoga bostirib kirdi.
O‘sha davrdagi Samarqand hokimi Abu Muslim bosqinchilarga qarshi o‘z
qo‘shinini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan
ortiq xitoylik askarlarni asir sifatida olib keldi. O‘z hayotlarini saqlash niyatida
hunarmandlikdan xabardor xitoylik asir jangchilar Samarqandlik mahalliy
hunarmandlarga Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar.
Shu vaqtdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
IX asrga kelib, ushbu tarmoq shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan
biriga aylandi. Asta-sekinlik bilan Samarqand qog‘ozi butun sharq va g‘arb
bozorlarini ham egalladi. Ushbu mahsulotning turli xil navlari VIII asrdan XIX asrga
qadar nafaqat Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda, balki Yevropaning ko‘pgina
davlatlariga dong‘i ketdi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi
keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. Bunga ayniqsa IX-X asrlarga kelib,
ko‘pgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qo‘lyozmalar aynan Samarqand
qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi.
Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan
samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni
ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish
texnologiyasini yaratishdi. Jumladan oq rangli “Samarqand sulton qog‘ozi” o‘zining
7
yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan alohida ajralib
tursa, “Samarqand shoyi qog‘ozi” sifat jihatdan undan qolishmasa-da, rangi och
sariq - novvot rangda bo‘ladi. “Mir Ibragimi” qog‘oz turi yuzida oq rangdagi
dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. “Nimkanop” turi esa ipak
qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun, u dolchin
rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va
tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi. Asrlar davomida shaharning Siyob
anhori bo‘yida ikki mingga yaqin suv tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan
ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shaharga tashrif buyurgan barcha olimu fuzalolar, tarixchilar va sayohatchi
mehmonlar bu qog‘ozning sifati va chidamliligidan hayratga tushishgan. Bunga
isbot sifatida turli asrlarda yashab ijod etgan ba’zi tarixchi va yozuvchilarning
Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd
etib o‘tishni lozim deb topdik.
Arab tarixchisi Al-Maqdisiyning (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda
ishlab chiqarilgan kamonlar, Shoshning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari
Buyuk Ipak Yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi
bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |