29
va mahalliy aholiga yer soligʻi toʻgʻrisida yuborilgan bildirishnomalardir. Bunday
bildirishnomalar soliq yigʻuvchilar tomonidan tuzilib
ular tomonidan saqlangan,
ba’zida “daftar” hisobot qaydnomalariga ilova sifatida yopishtirilgan1. Yer mulklari
qaydnomalari ulardan farqli yuritilgan. Har uch yilda xon tomonidan tayinlangan
“komissiya” tashkil etilgan. Komissiya boshida muftiy va a’lamlar turgan. Tanob
roʻyxati maxsus yuborilgan yozib oluvchi tomonidan tuzilgan. Ularning haqiqiyligi
muftiy va a’lamlar tomonidan tasdiqlangan va hujjatga tasdiqlovchi imzo va muhrlar
qoʻyilgan. Bu roʻyxatda yer egalari Buxoro muzeyshunosligi va arxivshunosligi va
ularning yer miqdori koʻrsatilgan. Ular adabiy tilida “parcha”, “boʻlak” deb
nomlangan. Bir-biriga ketma-ket ulangan oʻramlar shaklida rasmiylashtirilgan. Xon
devonxonasida xatlar, yozishmalar guruhlanib birbiriga ketma-ket ulangan ustun
shakldagi hujjatlar ham yuritilgan. Boshqa Oʻrta Osiyo xonliklari kabi bu xonlikda
ham hujjatlar rasmiylashtirilayotganda xon nomiga yuborilgan xat va murojaatlarga
shaxs ism-sharifi koʻrsatilmagan, faqat xatning orqa tomonida yuboruvchi ismi
koʻrsatilgan. XIX asr 60-yillarida hujjatlar 2 xil qogʻozda mahalliy Qo’qon va rus
qogʻozlarida yozilgan. Xonlik va bek devonxonalarining
vakolatli hujjatlari,
shikoyat yorliqlari, ga’zna koʻrsatmalari rus qogʻozida, qolgan hujjatlar mahalliy
qogʻozda amalga oshirilgan. Yettisuv viloyati ilmiy muassasasi yetakchi rahbari
N.Pantusov xonlik devonxonasi hujjatlarini birinchilar qatorida oʻrganib shunday
degan edi: rus harbiylari Qoʻqon shahridagi faoliyati natijasida xonlik saroyida arxiv
qoldiqlari topilgan. Ular qipchoqlar hujumidan omon qolgan edi.
Arxiv
qogʻozlarining koʻpchilik qismi oʻram shaklida saqlangan. Bu hujjatlar xiroj, tanob,
zakot kabi soliqlarning sobiq xonlik aholisidan yigʻilganligi, soliqlar miqdori va
ularning oʻzgarishi kabi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan. Bu daftarlarning mingdan
ortiq nusxasi saqlangan; ular orasida eng eskisi 10 yil oldinroq yaratilgan boʻlsa
kerak. (oʻsha davrga nisbatan). Hujjatlar bir-biriga qoʻshilgan, ba’zi hujjatlarning
boshi, oxirgi qismlari yoʻqolgan. Xonlikning sobiq mansabdor shaxslari tomonidan
siyosiy gʻalayonlar davrida rasmiylashtirilgan hujjatlar oʻgʻirlangan. Arxiv oʻzida
oʻlka tashkilotlari uchun oʻta muhim boʻlgan hujjatlarni saqlagan. Jumladan, aholi
statistika ma’lumotlari, armiya, yer egaligi boshqaruvi, turli xil in’omlar jamlanmasi
30
va hokazolar1. Quyidagi hujjatlar ham saqlangan
23
: 1.Xonlik yerlarining miqdori va
oʻlchami. 2. Mansabdor shaxslar soni (soliq toʻlovidan ozod qilinganlar). 3.Soliq
imtiyozlariga ega boʻlgan diniy tashkilot mansabdor shaxslari. 4.Qoʻshimcha xiroj
va tanob in’omlari. 5.Xonlik lashkari soni. 6.Lashkar saqlash xarajatlari.
7.Mahsulotdan undiriladigan xiroj miqdori. 8.Hosildan xiroj yigʻimi (paxta,
bugʻdoy, tamaki). 9.Xon xonadoni, saroy qurilishlarida boʻladigan xarajatlar.
10.Qurol-yarogʻ tayyorlash xarajatlari. 11.Chorvadan olinadigan zakot yigʻimi
miqdori. 12.Paxtadan xiroj toʻlashda kamomadlik. 13.Tanob yigʻimi miqdori.
14.Ma’lum mahalliy yerlarga egalik qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar. 15.Harbiy
qochoqlar soni. 16.Xon xazinasiga kelib tushgan sovgʻa va in’omlar. 17.Vaqf
mulklari haqida. 18.Qoʻqon hududi aholisidan yigʻilgan tushumlar1.
Xiva xonligi
arxivi kabi Qoʻqon xonligi devonxona materiallari ham Rossiya imperiyasi
tomonidan xonlikning bosib olinishi natijasida musodara qilingan. Hujjatlarni
yigʻish va ularni mamlakatdan olib chiqish ishlariga A.Kun ishtirok etgan edi. Unga
Sharq qoʻlyozmalarini yigʻuvchi va barcha ilmiy ishlarni nazoratchisi sifatida
K.P.Kaufman bilan birgalikda Qoʻqonda harbiy harakat olib borayotgan bosh
qarorgoh harbiylari tarkibida boʻlish vakolati berilgan. Sharq qoʻlyozmalari va
hujjatlarini yigʻish xonlik bosib olingandan keyin ham davom etdi. 1876-yil 5-fevral
kuni K.P.Kaufman general-leytenant Gerasim Kalpakov (1819-1896-y.)
nomiga
telegramma yuboradi. Unga koʻra Qoʻqon, Andijon, Margʻilondan sharq
qoʻlyozmalari va soliq tushumlari yozib boriluvchi qaydnomalar, turkcha atalgan
daftarlarni talab qilib olish vakolati general-leytenantga taqdim etish kerakligini
ta’kidlaydi. Oʻz navbatida, G. Kalpakov bunday vazifani Fargʻona viloyati
harbiy
gubernatori M.Skobelevga yuklaydi. Buning oqibatida huquqshunoslik, tibbiyot,
geografiya, boshqa sohalarga tegishli boʻlgan sharq qoʻlyozmalari va hujjatlarining
ma’lum bir qismi yigʻilgan. Ular dastlab Toshkent xalq kutubxonasiga yuborilgan.
Keyinchalik 1876-yil noyabr oyida K.P.Kaufman rahbarligida sharqshunos A.Kun
tomonidan Qoʻqon xonlari arxiv hujjatlari va sharq qoʻlyozmalari Peterburgdagi
23
Oʻz MA, I-126-fond,1-roʻyxat,kirish soʻzi, 4-varaq.
31
Imperator xalq kutubxonasiga taqdim etilgan. Qoʻqon xonlari arxiv hujjatlari Xiva
xonlari arxiv hujjatlari kabi Peterburgga yuborilgandan soʻng, 80 yil mobaynida.
Buxoro muzeyshunosligi va arxivshunosligi oʻrganilmagan, unga noaniq tadqiqot
obyekti sifatida qaralgan, kutubxonaga qanday holda kelgan boʻlsa shunday holda
qoplar ichida oʻramlar shaklida saqlangan. 1939-yilda
24
Sank-Peterburgda
sharqshunos P.P.Ivanov Xivadan yuborilgan hujjatlar
bilan ishlayotganida ular
orasida tojik tilida yozilgan Fargʻona hujjatlarini topib oladi. Keyinchalik
M.Yu.Yoʻldoshev ham Imperator xalq kutubxonasi fondida Qoʻqon xonlarining
arxiviga mansub hujjatlar mavjudligini ta’kidlaydi. 1962-yilda Qoʻqon xonligi
arxiviga aloqador 5026 varaqdan iborat 3 800 jamlanma hujjatlar va oʻrama
hujjatlar Sankt-Peterburg kutubxonasidan hozirgi Oʻzbekiston Milliy arxiviga
topshirildi. Imperiya hukumatining Markaziy Osiyoda
mavjud xonliklar xususida
ma’lumotlar yigʻishi xonliklar arxiviga daxl qilish orqali amalga oshirildi. Sharq
olamidagi boshqaruv tizimi, davlatlararo va mamlakat ichida hujjat yuritish
an’analari alohida va oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan. Xonliklardagi markaziy
va mahalliy ma’muriyatlarda olib borilgan ish yuritish hujjatlari markazlashmagan
holda edi. Shundan boʻlsa kerak xon va beklar, devonbegi
kabi yuqori martabali
kishilarga mansub hujjatlar alohida-alohida kotibiyatlarda saqlangan.
Dostları ilə paylaş: