Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Mazkur mavzuning jahon xalqlari
tarixidagi ahamiyati, uning ba`zi qirralari xusisda ko’plab olimlar, xususan, Dong
Suocheneng, Li zehong, Li Yu, Shi Guangyi, Yu Huilu, Wan Juanle, Li Jun , Lea
Shan , Chu Yin , Jia Qingguo , Lyu Syaoin. Bundan tashqari, jahon miqyosida bir
qancha iqtisodchi olimlar: Kemel Toktomushev
2
, Christian Nunlist
3
, Gina Sorice
and Rhonda Taylorlar o`zlarining qator ilmiy ishlari hamda asarlarida ushbu mavzu
bo’yicha ustuvor yo`nalishlari hamda kelajakdagi istiqbollarini tadqiq etgan.
Bundan tashqari, ushbu sohaning nazariy jihatlariga turlicha yondashuvlar orqali
2
Central Asia and the Silk Road economic belt
K Toktomushev - The Belt And Road Initiative In The Global Context, 2019
3
2016 Publications Journal contributions: 72 Monographs and contribution to Monographs: 24 Edited volumes: 34 Other
publications: 42
8
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar ham o‘zlarining bir qator ilmiy monografiya va
maqolarida yoritganlar: iqtisod fanlar nomzodi E.A.Mahmudov, dotsent
B.D.Sadibekova, dotsent G.A.Melibayeva, o‘qituvchi A.U.Nig‘monovlarni kiritish
mumkin.
Bitiruv-malakaviy ishining predmeti – Samarqand qog’ozining kelib
chiqishi va rivojlanish tarixi, qog’ozlarining turlari va xususiyatlari.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi – Samarqqand qog’ozining kelib
chiqish va rivojlanish tarixi, istiqbollari va qog’ozlarning turlarini yaqindan
o’rganish.
Bitiruv-malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 3 ta bob, 7 ta
paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgandir.
I BOB. SAMARQAND QOG’OZI TARIXI VA RIVOJLANISHI
1.1. Manbalarda Samarqand qog’ozi haqidagi ma’lumotlar
Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri yozuv asrlar davomida
tasavvurga sig‘mas darajada insoniyat tamadduniga keskin burilish yasadi, mislsiz
kashfiyotlarga sababchi bo‘ldi. U nafaqat uzoq manzillar va elatlarni bir-biriga
yaqinlashtirdi, balki turli g‘oya va madaniyatlar o‘chog‘i va chorrahasiga aylandi.
Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi. Ushbu savdo yo‘llarida Xitoy chinni va
shoyisi hamda hind ziravorlari qanchalik shuhrat qozongan bo‘lsa, moziyning yaqin
ming yilligiga qadar Samarqand qog‘ozi ham Buyuk Ipak Yo‘lida eng ko‘p xarid
qilinadigan noyob tovarga aylandi.
751 yilning iyul oyida Jambul shahri yaqinida joylashgan Talas daryosi
bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari Markaziy Osiyoga
4
bostirib kirdi.
4
Миркамилов T .M . Технология хлопковой целлю лозы . Ташкент, « Фан » , 1996 г., стр . 266. 2. Б .Г .
Кадыров , Ю .Т . Ташпулатов , М .Т .Примкулов . Технология хлопковоголинта , целлюлозы и бумаги.
Ташкент,Фан.2005
9
O‘sha davrdagi Samarqand hokimi Abu Muslim bosqinchilarga qarshi o‘z
qo‘shnini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan
ortiq xitoylik askarlarni asir sifatida olib keldi. O‘z hayotlarini saqlash niyatida
hunarmandlikdan xabardor xitoylik asir jangchilar mahalliy hunarmandlarga qog‘oz
ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar.
Shu vaqtdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
IX asrga kelib, ushbu tarmoq shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan
biriga aylandi. Asta-sekinlik bilan Samarqand qog‘ozi butun sharq va g‘arb
bozorlarini ham egalladi. Ushbu mahsulotning turli xil navlari VIII asrdan XIX asrga
qadar nafaqat O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqda, balki Yevropaning ko‘pgina
davlatlariga dong‘i ketdi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi
keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. Bunga ayniqsa
IX-X asrlarga kelib,
ko‘pgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qo‘lyozmalar aynan Samarqand
qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi.
Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan
samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni
ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish
texnologiyasini yaratishdi. Jumladan oq rangli “Samarqand sulton qog‘ozi” o‘zining
yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan alohida ajralib
tursa, “Samarqand shoyi qog‘ozi” sifat jihatdan undan qolishmasa-da, rangi och
sariq - novvot rangda bo‘ladi. “Mir Ibragimi” qog‘oz turi yuzida oq rangdagi
dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. «Nimkanop» turi esa ipak
qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun, u dolchin
rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va
tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi.
Asrlar davomida shaharning Siyob anhori bo‘yida ikki mingga yaqin suv
tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi
yo‘lga qo‘yilgan.
10
Shaharga tashrif buyurgan barcha olimu fuzalolar, tarixchilar va sayohatchi
mehmonlar bu qog‘ozning sifati va chidamliligidan hayratga tushishgan. Bunga
isbot sifatida turli asrlarda yashab ijod etgan ba’zi tarixchi va yozuvchilarning
Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd
etib o‘tishni lozim deb topdik.
Arab tarixchisi Al-Maqdisiyning (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda
ishlab chiqarilgan kamonlar, Shoshning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari
Buyuk Ipak Yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi
bo‘lgan.
Sharqning mashhur fors kalligrafi Sultonali Mashhadiy (XV - XVI asrlar) faqatgina
Samarqand qog‘ozida ijod qilishni tavsiya etgan: “Samarqand qog‘ozi juda ham
11
yaxshi! Agarda sen oqil inson bo‘lsang, uni rad etma: unga yozilgan xat juda ravon
va go‘zal chiqadi…”.
O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan vengriyalik buyuk sharqshunos va tilshunos
olim sayohatchi A. Vemberi 1863 yilda Samarqandga tashrif buyurganida,
Samarqand qog‘ozi haqida o‘z asarlaridan birida shunday deb yozadi: “Buxoro va
Samarqandda ishlab chiqariladigan ushbu qog‘oz butun Turkiston va unga qo‘shni
mamlakatlarda ulkan shuhrat qozongan”.
XX asr boshida O‘zbekistonda yashagan va tarixiy obidalarni topish yo‘lida
qazilma ishlarini olib borgan arxeolog V.Vyatkinning ta’kidlashicha: “Samarqand
dunyoning turli davlatlariga ko‘p miqdorda yetkazib beradigan noyob qog‘ozi bilan
mashhurdir”.
Amir Temur hukmronligi davrida (XIV-XV asrlar) qog‘oz ishlab chiqarish
hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. XVIII asrning boshiga
qadar Samarqand va uning atrofida 42 ga yaqin qog‘ozgar kosiblar faoliyat
ko‘rsatishgan va keyinchalik mamlakatning boshqa hududlari: Qo‘qon, Buxoro va
12
Toshkent viloyatlarida ham ushbu hunarmandchilik turi keng tarqalgan. Temuriylar
hukmronligi
qulagach,
mahalliy
hukmdorlararo
jangu-jadallar
va
turli
bosqinchilarining tinimsiz hujumlari natijasida yurt iqtisodiy inqirozga yuz tutdi,
ko‘pgina hunarmandlik turlari Samarqandda yo‘qolib, aksariyat hunarmandlar tinch
vohalarga, jumladan Qo‘qon shahriga (Qog‘ozgar va Chorku qishloqlari) ko‘chib
ketishdi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahri asosiy qog‘oz ishlab chiqarish markazlaridan
biriga aylandi va bu an’ana 1930 yilgacha davom etdi.
1995 yilda Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘tkazilgan “Tarixiy
yodgorliklarni
saqlash”
mavzusi
bo‘yicha
YUNESKOning
xalqaro
konferentsiyasida
asosiy
e’tibor
yo‘qolib
borayotgan
qadimiy
xalq
hunarmandchiligi amaliy san’atini rivojlanishiga qaratildi. Tadbirda turli viloyat va
shaharlardan ishtirok etgan usta hunarmandlar qatorida samarqandlik Zarif
Muxtorov ham olamga dong taratgan va asrlar davomida yo‘qolib ketgan
Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan
qatnashdi.
Tarixiy qo‘lyozma va kutubxonalardagi qadimiy manbalardan uzoq
izlanishlar olib borganidan so‘ng, turli rivojlangan mamlakatlarda qog‘oz ishlab
chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqqan hunarmandlar
sulolasining davomchisi Zarif Muxtorov bu amaliy san’at turini o‘z xonadonida
qayta tiklash harakatiga tushdi.1995 yildan 2002 yilga qadar o‘tkazilgan sinov-
tajribalardan so‘ng Zarif Muxtorov Samarqand qog‘ozi yaratilishi sir-sinoatlarini
to‘la o‘zlashtirib, “Konigil” qishlog‘ining Siyob anhori oqib o‘tadigan eng so‘lim
go‘shasida hukumatimiz, YUNESKO va Yaponiyaning “JEIKA” xalqaro agentligi
ko‘magida “Konigil-Meros” qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markaziga
asos soldi. Hozirgi kunga qadar mazkur markazda Markaziy Osiyo hududlarida keng
tarqalgan, mevasi iste’molga yaroqli bo‘lgan, aholi orasida “balx tuti” deb
ataladigan tut navi po‘stlog‘idan turli xildagi Samarqand qog‘ozlari ishlab
chiqarilmoqda. Albatta, har bir hunarning o‘ziga yarasha mashaqqatlari va
quvonchli damlari bor.
13
Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonida balxtut novdalari bir necha kun
suvda ivitib qo‘yiladi. Undan keyin po‘sti shilinib, po‘stloq ustidagi qo‘pol jigarrang
qismi pichoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarg‘ish rangli po‘stloqlar qozonda 5-6
soat qaynatiladi va shundan so‘ng ular yog‘ochdan yasalgan o‘g‘irlarda 7-8 soat
davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali tuyib maydalanadi.
Keyingi bosqichda mayin tolasimon po‘stloqlar katta idishga solinib, Siyob
suvida aralashtiriladi va to‘rtburchak shakldagi suzg‘ichlardan o‘tkaziladi. Ho‘l
qog‘ozlar 8-10 soat davomida taxtakachga bostirib qo‘yiladi, so‘ngra ular birma-bir
silliq joyga yopishtiriladi. Yakunlov jarayonida har bir qog‘oz silliq marmar tosh
ustiga qo‘yiladi va chig‘anoq yoki aqiq toshi bilan silliqlanadi. Shu tarzda
Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi.
Mashaqqatli qo‘l mehnatini talab qiladigan bunday qog‘oz ishlab chiqarish
fan-texnika rivojlangan hozirgi davrida kerakmi, degan savol o‘z-o‘zidan tug‘ilishi
tabiiy. Lekin bundan ming yillar avval, Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab dong‘i ketgan va
14
dunyoning turli mamlakatlariga karvonlar orqali yetkazib turilgan Samarqand
qog‘ozi bugungi kundagi fan-texnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan, uning
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Samarqand qog‘ozidan noyob mahsulot sifatida bugungi kunda nafaqat
O‘zbekistonlik miniatyurachi rassom va kalligraflar uchun qo‘l kelmoqda, balki
undan mamlakatimizdagi va hatto Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir
asarlarni qayta ta’mirlashda keng foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda “Konigil-Meros” hunarmandchilik dargohida Zarif Muxtorov
boshchiligida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shaharning bir chetida joylashgan bu hunarmandlik markazi milliy qadriyatlarimiz
e’zozi sifatida qadimiy Samarqand qog‘ozlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib,
ajdodlarimizning bundan ming yillar ilgari ham o‘z hunar va san’atlarini dunyoga
ko‘z-ko‘z qilganliklarini isbotladilar. Bu esa maqtovga arzigulik sa’yi-harakatlardir
va Samarqandga keladigan har bir chet ellik mehmonlarda katta qiziqish
uyg‘otmoqda.
Dostları ilə paylaş: |