Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Mavzuning o`rganilganlik darajasi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

 Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Mazkur mavzuning jahon xalqlari 
tarixidagi ahamiyati, uning ba`zi qirralari xusisda ko’plab olimlar, xususan, Dong 
Suocheneng, Li zehong, Li Yu, Shi Guangyi, Yu Huilu, Wan Juanle, Li Jun , Lea 
Shan , Chu Yin , Jia Qingguo , Lyu Syaoin. Bundan tashqari, jahon miqyosida bir 
qancha iqtisodchi olimlar: Kemel Toktomushev
2
, Christian Nunlist
3
, Gina Sorice 
and Rhonda Taylorlar o`zlarining qator ilmiy ishlari hamda asarlarida ushbu mavzu 
bo’yicha ustuvor yo`nalishlari hamda kelajakdagi istiqbollarini tadqiq etgan. 
Bundan tashqari, ushbu sohaning nazariy jihatlariga turlicha yondashuvlar orqali 
2

Central Asia and the Silk Road economic belt


 
K Toktomushev - The Belt And Road Initiative In The Global Context, 2019 
3
2016 Publications Journal contributions: 72 Monographs and contribution to Monographs: 24 Edited volumes: 34 Other 
publications: 42 



O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar ham o‘zlarining bir qator ilmiy monografiya va 
maqolarida yoritganlar: iqtisod fanlar nomzodi E.A.Mahmudov, dotsent 
B.D.Sadibekova, dotsent G.A.Melibayeva, o‘qituvchi A.U.Nig‘monovlarni kiritish 
mumkin.
Bitiruv-malakaviy ishining predmeti – Samarqand qog’ozining kelib 
chiqishi va rivojlanish tarixi, qog’ozlarining turlari va xususiyatlari. 
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi – Samarqqand qog’ozining kelib 
chiqish va rivojlanish tarixi, istiqbollari va qog’ozlarning turlarini yaqindan 
o’rganish. 
Bitiruv-malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 3 ta bob, 7 ta 
paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgandir.  
I BOB. SAMARQAND QOG’OZI TARIXI VA RIVOJLANISHI 
1.1. Manbalarda Samarqand qog’ozi haqidagi ma’lumotlar 
Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri yozuv asrlar davomida 
tasavvurga sig‘mas darajada insoniyat tamadduniga keskin burilish yasadi, mislsiz 
kashfiyotlarga sababchi bo‘ldi. U nafaqat uzoq manzillar va elatlarni bir-biriga 
yaqinlashtirdi, balki turli g‘oya va madaniyatlar o‘chog‘i va chorrahasiga aylandi. 
Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi. Ushbu savdo yo‘llarida Xitoy chinni va 
shoyisi hamda hind ziravorlari qanchalik shuhrat qozongan bo‘lsa, moziyning yaqin 
ming yilligiga qadar Samarqand qog‘ozi ham Buyuk Ipak Yo‘lida eng ko‘p xarid 
qilinadigan noyob tovarga aylandi. 
751 yilning iyul oyida Jambul shahri yaqinida joylashgan Talas daryosi 
bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari Markaziy Osiyoga
4
bostirib kirdi.
4
Миркамилов T .M . Технология хлопковой целлю лозы . Ташкент, « Фан » , 1996 г., стр . 266. 2. Б .Г . 
Кадыров , Ю .Т . Ташпулатов , М .Т .Примкулов . Технология хлопковоголинта , целлюлозы и бумаги. 
Ташкент,Фан.2005 



O‘sha davrdagi Samarqand hokimi Abu Muslim bosqinchilarga qarshi o‘z 
qo‘shnini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan 
ortiq xitoylik askarlarni asir sifatida olib keldi. O‘z hayotlarini saqlash niyatida 
hunarmandlikdan xabardor xitoylik asir jangchilar mahalliy hunarmandlarga qog‘oz 
ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar. 
Shu vaqtdan boshlab Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
IX asrga kelib, ushbu tarmoq shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan 
biriga aylandi. Asta-sekinlik bilan Samarqand qog‘ozi butun sharq va g‘arb 
bozorlarini ham egalladi. Ushbu mahsulotning turli xil navlari VIII asrdan XIX asrga 
qadar nafaqat O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqda, balki Yevropaning ko‘pgina 
davlatlariga dong‘i ketdi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi 
keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. Bunga ayniqsa
IX-X asrlarga kelib, 
ko‘pgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qo‘lyozmalar aynan Samarqand 
qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi. 
Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan 
samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni 
ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish 
texnologiyasini yaratishdi. Jumladan oq rangli “Samarqand sulton qog‘ozi” o‘zining 
yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan alohida ajralib 
tursa, “Samarqand shoyi qog‘ozi” sifat jihatdan undan qolishmasa-da, rangi och 
sariq - novvot rangda bo‘ladi. “Mir Ibragimi” qog‘oz turi yuzida oq rangdagi 
dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. «Nimkanop» turi esa ipak 
qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun, u dolchin 
rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va 
tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi. 
Asrlar davomida shaharning Siyob anhori bo‘yida ikki mingga yaqin suv 
tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi 
yo‘lga qo‘yilgan. 


10 
Shaharga tashrif buyurgan barcha olimu fuzalolar, tarixchilar va sayohatchi 
mehmonlar bu qog‘ozning sifati va chidamliligidan hayratga tushishgan. Bunga 
isbot sifatida turli asrlarda yashab ijod etgan ba’zi tarixchi va yozuvchilarning 
Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd 
etib o‘tishni lozim deb topdik. 
Arab tarixchisi Al-Maqdisiyning (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda 
ishlab chiqarilgan kamonlar, Shoshning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari 
Buyuk Ipak Yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi 
bo‘lgan. 
 
Sharqning mashhur fors kalligrafi Sultonali Mashhadiy (XV - XVI asrlar) faqatgina 
Samarqand qog‘ozida ijod qilishni tavsiya etgan: “Samarqand qog‘ozi juda ham 


11 
yaxshi! Agarda sen oqil inson bo‘lsang, uni rad etma: unga yozilgan xat juda ravon 
va go‘zal chiqadi…”. 
O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan vengriyalik buyuk sharqshunos va tilshunos 
olim sayohatchi A. Vemberi 1863 yilda Samarqandga tashrif buyurganida, 
Samarqand qog‘ozi haqida o‘z asarlaridan birida shunday deb yozadi: “Buxoro va 
Samarqandda ishlab chiqariladigan ushbu qog‘oz butun Turkiston va unga qo‘shni 
mamlakatlarda ulkan shuhrat qozongan”. 
XX asr boshida O‘zbekistonda yashagan va tarixiy obidalarni topish yo‘lida 
qazilma ishlarini olib borgan arxeolog V.Vyatkinning ta’kidlashicha: “Samarqand 
dunyoning turli davlatlariga ko‘p miqdorda yetkazib beradigan noyob qog‘ozi bilan 
mashhurdir”.
Amir Temur hukmronligi davrida (XIV-XV asrlar) qog‘oz ishlab chiqarish 
hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. XVIII asrning boshiga 
qadar Samarqand va uning atrofida 42 ga yaqin qog‘ozgar kosiblar faoliyat 
ko‘rsatishgan va keyinchalik mamlakatning boshqa hududlari: Qo‘qon, Buxoro va 


12 
Toshkent viloyatlarida ham ushbu hunarmandchilik turi keng tarqalgan. Temuriylar 
hukmronligi 
qulagach, 
mahalliy 
hukmdorlararo 
jangu-jadallar 
va 
turli 
bosqinchilarining tinimsiz hujumlari natijasida yurt iqtisodiy inqirozga yuz tutdi, 
ko‘pgina hunarmandlik turlari Samarqandda yo‘qolib, aksariyat hunarmandlar tinch 
vohalarga, jumladan Qo‘qon shahriga (Qog‘ozgar va Chorku qishloqlari) ko‘chib 
ketishdi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahri asosiy qog‘oz ishlab chiqarish markazlaridan 
biriga aylandi va bu an’ana 1930 yilgacha davom etdi. 
1995 yilda Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘tkazilgan “Tarixiy 
yodgorliklarni 
saqlash” 
mavzusi 
bo‘yicha 
YUNESKOning 
xalqaro 
konferentsiyasida 
asosiy 
e’tibor 
yo‘qolib 
borayotgan 
qadimiy 
xalq 
hunarmandchiligi amaliy san’atini rivojlanishiga qaratildi. Tadbirda turli viloyat va 
shaharlardan ishtirok etgan usta hunarmandlar qatorida samarqandlik Zarif 
Muxtorov ham olamga dong taratgan va asrlar davomida yo‘qolib ketgan 
Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan 
qatnashdi. 
Tarixiy qo‘lyozma va kutubxonalardagi qadimiy manbalardan uzoq 
izlanishlar olib borganidan so‘ng, turli rivojlangan mamlakatlarda qog‘oz ishlab 
chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqqan hunarmandlar 
sulolasining davomchisi Zarif Muxtorov bu amaliy san’at turini o‘z xonadonida 
qayta tiklash harakatiga tushdi.1995 yildan 2002 yilga qadar o‘tkazilgan sinov-
tajribalardan so‘ng Zarif Muxtorov Samarqand qog‘ozi yaratilishi sir-sinoatlarini 
to‘la o‘zlashtirib, “Konigil” qishlog‘ining Siyob anhori oqib o‘tadigan eng so‘lim 
go‘shasida hukumatimiz, YUNESKO va Yaponiyaning “JEIKA” xalqaro agentligi 
ko‘magida “Konigil-Meros” qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markaziga 
asos soldi. Hozirgi kunga qadar mazkur markazda Markaziy Osiyo hududlarida keng 
tarqalgan, mevasi iste’molga yaroqli bo‘lgan, aholi orasida “balx tuti” deb 
ataladigan tut navi po‘stlog‘idan turli xildagi Samarqand qog‘ozlari ishlab 
chiqarilmoqda. Albatta, har bir hunarning o‘ziga yarasha mashaqqatlari va 
quvonchli damlari bor. 


13 
Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonida balxtut novdalari bir necha kun 
suvda ivitib qo‘yiladi. Undan keyin po‘sti shilinib, po‘stloq ustidagi qo‘pol jigarrang 
qismi pichoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarg‘ish rangli po‘stloqlar qozonda 5-6 
soat qaynatiladi va shundan so‘ng ular yog‘ochdan yasalgan o‘g‘irlarda 7-8 soat 
davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali tuyib maydalanadi. 
Keyingi bosqichda mayin tolasimon po‘stloqlar katta idishga solinib, Siyob 
suvida aralashtiriladi va to‘rtburchak shakldagi suzg‘ichlardan o‘tkaziladi. Ho‘l 
qog‘ozlar 8-10 soat davomida taxtakachga bostirib qo‘yiladi, so‘ngra ular birma-bir 
silliq joyga yopishtiriladi. Yakunlov jarayonida har bir qog‘oz silliq marmar tosh 
ustiga qo‘yiladi va chig‘anoq yoki aqiq toshi bilan silliqlanadi. Shu tarzda 
Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi. 
Mashaqqatli qo‘l mehnatini talab qiladigan bunday qog‘oz ishlab chiqarish 
fan-texnika rivojlangan hozirgi davrida kerakmi, degan savol o‘z-o‘zidan tug‘ilishi 
tabiiy. Lekin bundan ming yillar avval, Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab dong‘i ketgan va 


14 
dunyoning turli mamlakatlariga karvonlar orqali yetkazib turilgan Samarqand 
qog‘ozi bugungi kundagi fan-texnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan, uning 
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. 
Samarqand qog‘ozidan noyob mahsulot sifatida bugungi kunda nafaqat 
O‘zbekistonlik miniatyurachi rassom va kalligraflar uchun qo‘l kelmoqda, balki 
undan mamlakatimizdagi va hatto Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir 
asarlarni qayta ta’mirlashda keng foydalanilmoqda. 
Hozirgi kunda “Konigil-Meros” hunarmandchilik dargohida Zarif Muxtorov 
boshchiligida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Shaharning bir chetida joylashgan bu hunarmandlik markazi milliy qadriyatlarimiz 
e’zozi sifatida qadimiy Samarqand qog‘ozlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, 
ajdodlarimizning bundan ming yillar ilgari ham o‘z hunar va san’atlarini dunyoga 
ko‘z-ko‘z qilganliklarini isbotladilar. Bu esa maqtovga arzigulik sa’yi-harakatlardir 
va Samarqandga keladigan har bir chet ellik mehmonlarda katta qiziqish 
uyg‘otmoqda.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin