Innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Buxoro qog’ozining tarixi va o’ziga xos uslubi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix22.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#134078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XISRAVXON AKMALOV DIPLOM ISHI qayta tahrir 2(4)

2.2 Buxoro qog’ozining tarixi va o’ziga xos uslubi 
“Buxoro
16
qog‘ozi Samarqand qog‘ozi bilan bir vaqtda kashf etilgan. Buxoroda 
Kobdin arig‘i bo‘yida 200 dan tegirmonlar bo‘lgan, ana shu tegirmonlardagi 
ustaxonalarda bu qog‘oz ishlab chiqarila boshlagan. Samarqand qog‘ozidan farqi 
Buxoro qog‘ozi juda yupqa holda bo‘lib, paxta, eski matolar hamda zig‘ir poyasidan 
tayyorlanadi”. Ma’lumki, har bir davlat tarixini yoritishda arxiv hujjatlari alohida 
ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tadqiqotlarning manbaviy asosini shakllantirish va 
milliy-madaniy boylik hisoblangan yozma va tasviriy hujjatlarni muntazam ravishda 
jamlab borish va ularni but saqlanishini ta’minlashda davlat arxivlarining oʻrni 
muhimdir. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud boʻlgan davlatlar va ularning 
davlatchilik tarixini oʻrganish bugungi kun tarixchilari oldida turgan muhim 
masalalardan biridir. Mintaqada tashkil topgan qadimgi davlatlarning boshquv 
tizimi va xoʻjalik hayotini oʻrganish uchun oʻsha davrda yuritilgan hujjat va 
manbalarning ahamiyati beqiyos. Markaziy Osiyoning oʻrta asrlar va yangi davr 
15
Axmadaliyeva , N. Q. qizi. (2023). QOG‘OZNING O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISHI VA SAMARQAND QOG‘OZI.
16
Petr Yevgenevich Kornilov (1896-1981) tarixchi-san`atshunos olim 1927-1928- yillarda Termiz arxeologik 
ekspeditsiyasi ishtirokchisi. U 1930-yilda Buxoroga keladi va 1932-yilgacha Buxoro o`lkashunoslik muzeyida 
direktor o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi. 


24 
tarixi “Xonliklar davri tarixi” deb qayd etilgan. Xiva va Qoʻqon xonligi, shu bilan 
birga Buxoro amirligi oʻzbek davlatchiligi tarixida alohida ahamiyatga ega boʻlib, 
ushbu davlatlar va ulardagi boshqaruv an’analari xususidagi ma’lumotlar mazkur 
davr hujjatlarda oʻz aksini topgan. Xonliklardagi markaziy va mahalliy boshqaruv 
tizimlarida rasmiy idoraviy hujjatlarni yuritish, saqlash, tartiblash kabi 
xususiyatlarni oʻrganish muhimdir. Xon, devonbegi, qo’shbegi, mingboshi, 
yasovulboshi, qozikalon, bek, munshiy, mirzaboshi, muftiy kabi lavozimlar va 
ularning faoliyat doiralarida koʻrib chiqilgan masalalar va ularning yechimlari bilan 
bogʻliq ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning jamlanmasi arxiv muassasalari 
tarixini oʻrganishda ham ahamiyatga molikdir.Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva 
xonligining XIX asr soʻnggi choragida harbiy harakatlar asnosida egallanishidan 
keyin xonlik siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini oʻzida aks etgan hujjatlar imperiya 
hukumati ma’murlari ixtiyoriga oʻtdi. Ular bu kabi ma’lumotlarni qoʻlga kiritish 
maqsadida harbiy harakatlarni amalga oshirishdan oldin maxsus ekspeditsiyalar 
uyushtirgan va bu yoʻnalishda dasturlar ishlab chiqqan. Dasturlarda
17
tarixiy 
geografiyaning 
alohida 
boʻlimlari 
va 
yozma 
manbalar 
majmuasi 
mujassamlashtirilgan. Ular oʻz navbatida xonlikda mavjud va ilmiy ahamiyatga 
molik sharq qoʻlyozmalarini (kitob rastalari, bozorlar, mansabdor shaxslar) qoʻlga 
kitirish, shu bilan birga rasmiy hujjatlarni jamlash, toʻplash naqadar muhimligini 
ta’kidlagan edi. Dasturning 4-bandida shunday deyilgan: “Shak-shubhasiz, hujjatlar 
faqat rasmiy shaxslar xonadonida emas, balki oddiy odamlar xonadonida ham 
topiladi, chunki qachonlardir oʻsha oddiy odamlarning ajdodi mansabdor shaxs 
boʻlganlar. Ularda yorliqlar, shartnomalar yoxud ularning nusxalarini uchratish 
mumkin. Masalan, oqsoqollar soliq tushumlarini qayd etib borishgan. Bu kabi 
hujjatlarning hammasi ilmiy ahamiyat kasb etadi1. Mazkur dastur bandlarining 
ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman Xiva 
xonligiga uyushtirgan harbiy yurishlari davrida sharqshunos A.L.Kunning ishtirok 
etishi xususida tegishli koʻrsatma bergan. A.Kun 1873-yil 5-oktabrda Turkiston 
17
Ёдгоров У. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Арк қўрғонига ташрифи //Buxoronoma. 2017 йил 12 март. 


25 
general-gubernatori nomiga yoʻllagan hisobot xatida ekspeditsiya va oʻz oldiga 
qoʻyilgan vazifalar ijrosi xususida atroflicha ma’lumotlarni taqdim etib:
1) xonlik haqidagi statistik-etnografik materiallar;
2) Xiva saroyini egallanishidan soʻng sharq qoʻlyozmalari, tanga va hujjatlar 
musodara qilinishi;
3) ayollarning kumush taqinchoqlari, ularning bir qismi tijorat, bir qismi kontributiv 
mol-mulklar ekanligi, turkman va turkmanlar ayolining kostyum kolleksiyalari 
(jamlanmalari);
4) Xiva xoni taxti musodara qilingan;
5) chaqa tanga soʻqish uchun moʻljallangan xon muhrlari,Buxoro muzeyshunosligi 
va arxivshunosligi shtamplari;
6) Koʻhna Urganchda chiqarilgan tamgʻalar qoʻlga kiritilganligini ta’kidlagan. 
Sharq qoʻlyozmalari kolleksiyalarning bir qismi va Xiva xoni taxti Osiyo muzeyiga, 
kitoblar, hujjatlar, kumush buyumlar, kiyim-kechaklar, qadimiy tangalar, muhrlar 
Imperator ommaviy kutubxonasiga yuborildi. A.Kun ta’rifiga koʻra saroyni 
musodara qilishning ikkinchi kunida 300 tagacha qoʻlyozma yigʻib olindi. Ular 
orasida 140 tomlik 129 tarixiy insholar, 30 tomli 20 dan ortiq sharq shoirlarining 
ijodiy majmuasi 40 huquqiy - sha’riy insholar (50 tom), Qur’oni Karimning 18 
nusxasi, hamda 50 dan ortiq darsliklar bor edi. A.Kun
18
fikricha, Yunus Mirabning 
“Xiva xonlari tarixi” risolasi qoʻlga kiritilgan barcha qoʻlyozmalar ichida eng 
bebahosi edi. Yunus Mirab xon saroyida rasmiy tarixnavis boʻlib faoliyat yuritgan. 
Ushbu qoʻlyozmada Rossiya imperiyasi bosqinidan ancha oldin hukmronlik qilgan 
Qoʻngʻirotlar sulolasi asoschisi, Eltuzarxondan boshlangan xonlik shajarasi tarixi 
oʻz aksini topgan edi. Bu qoʻlyozma oʻz navbatida Xiva xonligi davlat an’anasiga 
binoan avloddan avlodga meros boʻlib qoluvchi lavozim-rasmiy tarixnavislar 
tomonidan yozilgan. Osiyo muzeyi 1818-yil noyabr oyida Rossiya imperatori Pyotr 
18
Aдам Мец. Мусулманский ренессанс. М.; 1973-г. c-372 


26 
I davridan boshlab oʻz faoliyati boshlagan. Muzey
19
asosan Rossiyadagi eng yirik 
sharq qoʻlyozmalar, kitoblar va tangalar fondiga ega boʻlgan. 1917-yilda eng yirik 
kutubxonali muzeyga aylangan. 1921-yildan muzey huzurida sharqshunos olimlar 
Kollegiyasi ta’sis etiladi. 1926-yilga kelib uning fondlarida 200 mingdan ziyoda turli 
sharq tillardagi kitoblar, jurnalar va qoʻlyozmalar toʻplangan. 1930 -yilga kelib esa 
muzeyning sharqshunoslar Kollegiyasi SSSR FA Sharqshunoslik insitutini tashkil 
etishda asosiy rol oʻynagan. Muzeyda X.D.Fren (birinchi direktor), B.A.Dorn, 
S.F.Oldenburg, V.V.Bartold, I.Yu.Krachkovskiylar
20
faoliyat yuritganlar. 1992 -
yildan mazkur muzey Rossiya davlat sharq muzeyi maqomida faoliyat olib 
bormoqda. Imperator ommaviy kutubxonasiga 1795 -yilda quricha Yekaterina II 
tomonidan Sankt-Peterburg shahrida asos solindi. 1925-yildan boshlab Rossiya 
jamoat kutubxonasi deb nomlangan.1932-yildan boshlab kutubxona M.Ye.Saltikov-
Shedrin nomi bilan yuritila boshlangan.1992-yil 27 mart sanasidan boshlab bu 
muassasa Davlat jamoat kutubxonasi deb oʻzgartirlgan Xivaga yurish vaqtida 
mazmuniga koʻra quyida aks ettirilgan arxiv ma’lumotlari ham toʻplangan: 1) 
moliyaviy masalalar (xonlik daromadi va xarajatlari) ; 2) vaqf va mulk shakldagi yer 
hujjatlari; 3) rasmiy nomalar ( turli xil diplomatik yozishmalar, iltimosnomalar). 
Birinchi (guruhda) oʻrinda salgʻut soligʻi qaydnomalar kitobiga e’tibor qaratilgan. 
Ikkinchi xonlik xarajatlari haqidagi devonbegi Matmurod hisobotlari turgan. 
Uchinchi Buxoro, Kralinsk, Konstantinopolda yashovchi xivalik savdogarlarining 
Xiva xoniga yuborgan iltimosnomalari. Ma’lum yerga ega boʻlish uchun yer 
masalalarini kengaytirishga nisbatan aytilgan fikrlar kiradi. Diplomatik yozishmalar 
orasida Ost-Indiya kompaniyasi general-gubernatori Nors Bruk nomasi, turk 
sultonlari nomalari, ruxsatnomalar bor boʻlib ular rus elchisi Danilevskiy, Xiva xoni 
hamda Turkiston general-gubernatori bilan olib borgan yozishmalari ham oʻrin 
egallagan. A.Kunning yuqorida keltirgan muhim arxiv materiallarining tarkibi 
mukammal emas degan fikri asosli boʻlib, ushbu arxiv hujjatlarni tadqiq etganida 
19
Альмеев Р.В. Бухара город-музей. –Ташкент: Фан, 1999. –С.20; Курбанов Г.Н. Бухарскому краеведческому 
музею-60 лет //Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент: 1983. № 1. – С.64-65; Корнилов П.Е. 
Государственный Бухарский музей //“Советский музей”. –Москва: 1931. №4. -С. 92-96. 
20
Технология целлюлозно-бумажного производства том 2 (Часть 1). – СПб.: Политехника. 2005. – 423 с 


27 
ikki muhim vaziyatni qayd etgan. Birinchidan, Rossiya imperiyasining bosqinchilik 
siyosati va siyosiy vaziyatlari bilan boʻgliq chigalliklar. Ikkinchidan, Markaziy 
Osiyo xonliklarida davlat arxivlari va yozma hujjatlarni saqlash an’analari 
shakllanmaganligi hamda bu kabi hujjatlarni saqlash maqsadida maxsus joylar 
ajratilmaganligini ham alohida ta’kidlaydi. Biroq shuni ta’kidlash lozimki, A.Kun 
tomonidan sharq qoʻlyozmalari toʻplangan boʻlsa-da, ular orasida Xiva xonligining 
hujjatlari achinarli ahvolda boʻlgan. N.P.Ostroumovning kundalik qaydlarida 
yozilishicha, 1891-yili 5- sentabr kuni Xiva xonligi bosh kotibi Mirza Boshi Polvon 
bilan uchrashganida u Kunning Xiva xonligidan 1500 turli xil mazmundagi 
hujjatlarni olib ketib, qayiqda qaytayotganini bildiradi. Shu paytda hujjatlarni 
ma’lum qismi suvda namlanib qolganidan madrasadan 150 mulla soʻraganini, 
mullalar yordamida hujjatlarni quritishga harakat qilganini aytib beradi. Shunda 
ayrim hujjatlar mullalar tomonidan Buxoro
21
muzeyshunosligi va arxivshunosligi
olib qoʻyilib yashirilganligini va Mirzaboshi ushbu hujjatlarning ma’lum qismi 
Buxoroda ekanligini ham qayd etgan1. Xiva xonlari arxivi asosan qoʻshbegi, 
devonbegi, mehtar devonxonalari hujjatlarining yigʻindisidan tashkil topgan.1948- 
yilning iyul oyida Xorazm viloyati davlat arxivi “Xiva xonligi konselyariyasi” 
fondida saqlangan hamda 1874-1917-yillar voqealarini qamrab olgan 98 
jamlanmadan iborat arxiv hujjatlari Oʻzbekiston Markaziy davlat arxiviga 
topshirildi. Bular asosan Amudaryo boʻlimi boshligʻining Xiva xoni devonxonasi 
bilan soliq yigʻimi, jinoiy va fuqaro ishlari xususida olib borgan yozishmalaridan 
iborat boʻlgan. Bir yildan soʻng mazkur fond Qoraqalpogʻiston hududidan olingan 
turli xildagi qozilik, vaqf mulklari hujjatlari, xonlik aholisining murojaati, 
devonxona kitoblari (soliq tushumlari, muayyan yer egalarining yer hajmlari, suv 
inshootlarini tozalashda ishtirok etgan ishchilar xususidagi statistik ma’lumotdan 
iborat hujjatlar bilan toʻldirilgan. 1960-yillarda respublika Arxivi ishi boshqarmasi 
rahbarligida Xiva xoni arxiviga tegishli hujjatlarning aholi orasida izlashi, sotib olish 
ishlari olib borish maqsadida ekspeditsiya tashkil qilinadi. Xorazm viloyati davlat 
21
2Альмеев Р.В. Музей Узбекистана и социально-культурные перспективы их развития. –Ташкент: 
Издательско-полиграфический творческий дом имени Г.Гуляма, 2007. –С.49 


28 
arxivi ishchilaridan iborat ekspeditsiya tarkibiga MDA xodimi S.Davletshina 
boshliq etib tayinlangan. Bu ekspeditsiya 1961-yilning iyun oyida amalga oshirilgan 
tadbirlari natijasida mahalliy aholidan 111 ta hujjat sotib oldi va 120 tasini bepul 
qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga Qaraqalpogʻiston mintaqasida yashovchi aholidan 35 
ta hujjat sotib olindi, 15 ta hujjat esa bepul qoʻlga kiritildi2. Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy davlat arxivi(hozirda esa ushbu muasssasa Oʻzbekiston 
Milliy arxivi deb nomlanadi)ning Xiva xonligi konselyariyasi fondi 1962-yilga 
kelib. M.E.Saltikov Shedrin nomidagi Davlat ommaviy kutubxonasi, (avvalgi 
Imperatorlik jamoat kutubxonasi hozirgi paytda Rossiya Milliy Kutubxonasi deb 
nomlangan) – tomonidan 10158 varaqdan iborat arxiv hujjatlari bilan toʻldirildi. 
Keyingi yillarda hujjatlarga ilmiy texnikaviy ishlov berildi, hujjatlarning izohi 
tuzilib, ish hujjatlari tartibga keltirildi. 1988-yil 20-aprelda fond toʻliqligicha 
qimmatli ekanligi ekspertlar tomonidan belgilandi. Hozirgi kunda arxiv fondida 
1269 birlikdagi hujjatlar saqlanmoqda. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin